1-ILOVA
1-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Asos |
2021-yilga |
2025-yilga |
2030-yilga |
|
1. |
Qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymatning yillik oʻsishi |
117,3 trln soʻm (14 mlrd AQSh doll.) |
3% |
5% |
5% |
|
2. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻida ish oʻrinlari sonining oʻsishi: Qishloq xoʻjaligi |
3 671 300 91 420 140 200 |
2% 3% 3% |
1% 4% 4% |
1% 5% 5% |
|
3. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi |
2,3 mlrd AQSH doll. |
3,5 mlrd AQSH doll. |
10 mlrd AQSH doll. |
20 mlrd AQSH doll. |
|
4. |
Aholi oʻrtasida toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi |
6,3% |
5% |
3% |
0 |
|
5. |
Qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish (bir nafar ishchiga bir yilda dollarda) |
3 960 AQSh doll. |
4 300 AQSh doll. |
5 200 AQSh doll. |
6 500 AQSh doll. |
|
6. |
Qishloq xoʻjaligidagi issiqhona gaz chiqindilarini kamaytirish |
15 740 gigagramm (2016-yil) |
10% |
30% |
50% |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Asos |
2021-yilga |
2025-yilga |
2030-yilga |
|
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash | |||||
|
1.1 |
Boshoqli donning oʻrtacha hosildorligini oshirish |
43 s/ga |
60 s/ga |
70 s/ga |
75 s/ga |
|
1.2 |
Sigirlarning oʻrtacha sut mahsuldorligini oshirish |
2 320 kg/ bosh |
2 700 kg/ bosh |
3 100 kg/ bosh |
3 500 kg/ bosh |
|
1.3 |
Umumiy ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari maydonlari ulushi |
7 % |
10 % |
12 % |
15 % |
|
II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish | |||||
|
2.1 |
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va birlashmalari sherikligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportdagi ulushi |
2 % |
15 % |
23 % |
30 % |
|
2.2 |
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsuloti brendini joriy etish va targʻib qilish |
Kam sonli mahsulotlarni qamrab olgan brend |
5 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi |
20 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi |
40 ta qoʻshimcha mahsulot qamrab olinadi |
|
2.3 |
Jahon bankining global logistika samaradorligi indeksi boʻyicha Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash (Logistics Performance Index) |
99-oʻrin |
96-oʻrin (3 punktga koʻtarish) |
89-oʻrin (10 punktga koʻtarish) |
79-oʻrin (20 punktga koʻtarish) |
|
2.4 |
Umumiy eksport hajmida qayta ishlangan mahsulotlar ulushining oʻsishi |
25 % |
30 % |
35 % |
40 % |
|
2.5 |
Oziq-ovqat va yengil sanoatdagi ishchilarning ulushi (qishloq xoʻjaligidagi ishchilarning umumiy soniga nisbatan foizda) |
6 % |
10 % |
15 % |
20 % |
|
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish | |||||
|
3.1 |
Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligida biznesni rivojlantirishda koʻmaklashish” (Enabling the Business of Agriculture) indeksi boʻyicha reytingni koʻtarish |
Reyting yuritilmaydi |
Reyting oʻrnatish |
Reytingni 5 ta punktga oshirish |
Reytingni 10 ta punktga oshirish |
|
3.2. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat biznesiga jalb etilgan investitsiyalarning umumiy hajmining oʻsishi |
650 mln AQSH doll. |
20 % |
40 % |
80 % |
|
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash | |||||
|
4.1 |
Davlat xaridi uchun mahsulot yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining umumiy maydoni |
2,5 mln ga |
0,9 mln ga |
yoʻq |
yoʻq |
|
4.2 |
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni qoʻllaydigan hamda xalqaro sifat menedjmenti tizimini joriy etgan fermer xoʻjaliklari soni oshishi |
2 % |
5 % |
10 % |
20 % |
|
4.3. |
Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining umumiy maydoni kengayishi |
1,7 % |
10 % |
20 % |
32 % |
|
4.4 |
Kuchli shoʻrlangan yerlarning ulushini kamaytirish |
45 % |
43 % |
41 % |
37 % |
|
4.5 |
Oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish |
3,2 mln ga |
20 % |
25 % |
30 % |
|
4.6 |
Yongʻoqmevalilar (pista, yongʻoq, bodom) maydonini kengaytirish |
11 634 ga |
10 % |
15 % |
18 % |
|
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | |||||
|
5.1 |
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish |
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish: idoralararo davlat-xususiy davlatlar va rivojlanish boʻyicha sheriklar |
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish |
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish |
Agrosanoat majmuining holati toʻgʻrisida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish |
|
5.2 |
Tarmoqda davlat boshqaruvi tuzilmalarining funksional taxlilini oʻtkazish |
— |
Qishloq xoʻjaligi; veterinariya; fitosanitariya; |
Hududiy va tuman darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tu�ilmalarning funksional tahlillari amalga oshiriladi |
Tegishli idoraviy organlarning funksional tahlillari yakunlanadi |
|
5.3 |
Tarmoqning institutsional islohot rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish |
- |
Qishloq xoʻjaligi; veterinariya; fitosanitariya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, suv xoʻjaligi boʻyicha institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi va amalga oshirish boshlanadi |
Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi hamda hududlar va tumanlar darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tuzilmalarida amalga oshiriladi |
Institutsional |
|
5.4 |
Davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini qabul qilish |
Qabul qilinmagan |
Veterinariya xizmati; fitosanitariya xizmati; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligixizmati; maslahat xizmati; irrigatsiya xizmati boʻyicha strategiyalar qabul qilinadi va amalga oshirish boshlanadi |
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash boʻyicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish |
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash boʻyicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish |
|
5.5 |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat korxonalarini xususiylashtirish |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi davlat korxonalarini audit qilish |
Xususiylashtirish rejasi tasdiqlanadi hamda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat korxonalaridagi davlat ulushini hususiylashtirish boshlanadi |
Xususiylashtirish rejasining kamida |
Xususiylashtirish rejasi toʻliq amalga oshiriladi |
|
VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish | |||||
|
6.1 |
Irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻi xizmatlariga davlat budjeti xarajatlarini oshirish |
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning |
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 30 % |
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 35 % |
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻidagi umumiy xarajatlarning 40 % |
|
6.2 |
Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqotlari uchun davlat budjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish (yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotiga nisbatan foiz hisobida) |
0,02 % |
0,05 % |
0,5 % |
1 % |
|
6.3 |
Oʻrta muddatli budjetni rejalashtirish tizimini joriy etish |
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan budjet ishlab chiqildi |
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan budjet amalga oshiriladi |
2022 — 2024-yillarga va 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan budjetlar amalga oshiriladi |
2028 — 2030-yillarga moʻljallangan budjet amalga oshiriladi |
|
VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish | |||||
|
7.1 |
Qishloq xoʻjaligida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalashni muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning oʻrta muddatli tizimini joriy etish |
— |
Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning |
Kelgusi uch yillik |
Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning oʻrta muddatli budjeti ishlab chiqiladi |
|
7.2 |
Agrobiznes sohalarida band boʻlgan oʻquv yurtlari bitiruvchilari sonining oʻsishi |
2 180 nafar |
10 % |
30 % |
50 % |
|
7.3 |
Maslahat va qoʻshimcha xizmatlardan foydalana oladigan fermerlar sonining oʻsishi |
51,1 ming nafar |
10 % |
35 % |
50 % |
|
7.4 |
Bilim tarqatish va axborot-maslahat markazlari xizmatlaridan qanoatlantirilgan fermerlar sonining oʻsishi |
41,1 ming nafar |
20 % |
40 % |
80 % |
|
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish | |||||
|
8.1 |
Qishloq joylarda kichik ishlab chiqaruvchilar (mikrofirmalar) umumiy sonining oʻsishi |
129 221 |
10 % |
20 % |
30 % |
|
8.2 |
Qishloq joylarda ayollar tomonidan boshqariladigan ishlab chiqaruvchilar sonining oʻsishi |
5 648 ta |
10 % |
20 % |
30 % |
|
8.3 |
Qishloq joylarda yoshlar tomonidan boshqariladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonining oʻsishi |
11 543 |
10 % |
20 % |
30 % |
|
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish | |||||
|
9.1 |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasidan foydalanish imkoniyati |
Toʻliq emas/ ishonchsiz |
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi |
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi |
Maʼlumotlarni toʻplashning yangi tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi |
|
9.2 |
Narxlar va tendensiyalar toʻgʻrisida bozor maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish |
Doimiy boʻlmagan / toʻliq emas |
Haftalik bozor maʼlumotlari Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari |
Haftalik bozor maʼlumotlari chop etiladi. Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari |
Haftalik bozor maʼlumotlari chop etiladi. Bozor tendensiyalarining oylik va yillik maʼlumotlari |
|
9.3 |
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish |
Doimiy boʻlmagan / toʻliq emas |
Fermer xoʻjaliklari maqsadli oʻrganiladi, yalpi daromadi haqidagi maʼlumot chop etiladi |
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligining yillik koʻrsatkichlari chop etiladi |
Fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligining yillik koʻrsatkichlari |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash | |||
|
1. |
Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilgʻor tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish natijalarini doimiy monitoringini olib borish. |
Doimiy ravishda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida isteʼmol va daromadlarni oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish. |
2021-yil II chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
3. |
Sogʻlom isteʼmol madaniyatini targʻib qilish boʻyicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish. |
2021-yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish. |
2022-yil II chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
5. |
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda goʻshti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish. |
2022-yil IV chorak |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish | |||
|
6. |
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga koʻmaklashish. |
Doimiy ravishda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
|
7. |
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini taʼminlash. |
Doimiy ravishda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Yetakchi qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish. Bunda: yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar oʻtkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash; xalqaro bozorlarda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish; mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash; milliy sifat tizimini takomillashtirish boʻyicha batafsil reja ishlab chiqish. |
Doimiy ravishda |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi |
|
9. |
Eksport bozorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish boʻyicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish. |
Doimiy ravishda |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
10. |
Eksport salohiyati yuqori boʻlgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga koʻra (dastlab koʻp yillik maʼlumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
11. |
Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy oʻzgartirish va modernizatsiya qilish. |
2021-yil I chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi |
|
12. |
Qishloq joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish. |
2021-yil III chorak |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
13. |
Hududlarning xususiyatlari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri savdo toʻplangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish. |
2021-yil II chorak |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi |
|
14. |
Barcha tarmoqlarda klasterlarni rivojlantirish va ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ |
|
15. |
Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish. Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga koʻmaklashish maqsadida mahsulotlar narxlari toʻgʻrisidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi. |
2021-yil II chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
16. |
Qoʻshimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar va imtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish. |
2021-yil I chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
17. |
Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga oʻzgartirish kiritish. |
2022-yil I chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
18. |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va oʻsimliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish. |
2022-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
19. |
Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda koʻmaklashish. |
2022-yil I chorak |
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
20. |
Urugʻchilik va meva-sabzavotchilik bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash. |
2022-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
21. |
Xarajatlarni minimallashtirish va texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada ragʻbatlantirish. |
2025-yil IV chorak |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi |
|
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish | |||
|
22. |
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻining xususiy investitsiyalar va imtiyozli kreditlarga boʻlgan talabini baholash natijalari asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini maqsadli jalb etilishini taʼminlash maqsadida investitsiyaviy dasturlarni ishlab chiqish. |
2021-yil IV chorak |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
23. |
Agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2021-yil I chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
24. |
Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish yoʻli orqali moddiy-texnika resurslari bozorida raqobatni kuchaytirish. Bunda, quyidagilar: davlat kredit mablagʻlari hisobiga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish amaliyotidan voz kechish; agrosanoat majmui subyektlari oʻrtasidagi savdo munosabatlarini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish uchun standartlashtirilgan boʻnak shartnomalarini tajriba sifatida joriy etish nazarda tutilsin. |
2021yil III chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
25. |
Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan faqatgina tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini subsidiya qilish tizimiga oʻtish. |
2021-yil III chorak |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
26. |
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni ragʻbatlantiruvchi qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash tizimiga toʻliq oʻtilishini taʼminlash. |
2022-yil III chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
27. |
Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish. |
2023-yil I chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash | |||
|
28. |
Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻgʻitdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini koʻrish. |
Doimiy ravishda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi |
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish; yerdan foydalanish huquqini himoya qilishning dastak va mexanizmlarini belgilab beradigan mavjud barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish; GAEP standarti va boshqa tegishli meʼyorlar asosida yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini bekor qilish; yer uchastkalari ijarasida dastlabki rad etish huquqini kiritish. |
2021-yil I chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
30. |
Yerlarning meliorativ holati va shoʻrlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilib borish. |
Doimiy ravishda |
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
31. |
Yer qiymatini baholashda bozor mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda kreditlar va qarz olishda yer uchastkalarining ijara huquqini garov taʼminoti sifatida foydalanish tartibini soddalashtirish. |
2020-yil IV chorak |
Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
32. |
Fermerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni integratsiyalash dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish. |
2021-yil I chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
33. |
Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sugʻorish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba sinov tariqasida joriy etish. |
2021-yil I chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi |
|
34. |
Suv resurslarini boshqarish tizimini qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil II chorak |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
35. |
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) joriy etish natijalarini monitoring qilib borish. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi |
|
36. |
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi ustuvor vazifalarga mos ravishda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan kelgusida yerdan foydalanish rejalarini aniqlash uchun baholash ishlarini olib borish asosida ularning yer uchastkalarini maqbullashtirish. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
37. |
Biologik xavfsizlikni taʼminlash, qishloq xoʻjaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash. |
2022-yil I chorak |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
38. |
Ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining taʼsirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xoʻjalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish va joriy etish. |
2022-yil II chorak |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
39. |
Smart texnologiyalaridan (mini oʻlchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalanish orqali suv xoʻjaligi tashkilotlarining suvni yetkazib berish va uni suv isteʼmolchilari (suvdan foydalanuvchilar) oʻrtasida taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan xizmati uchun samarali toʻlov tizimini joriy etish. |
2022-yil IV chorak |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekgidrogeologiya” |
|
40. |
Yerdan foydalanish huquqining samarasiz foydalanuvchilardan erkin oʻtishini taʼminlash uchun ikkilamchi bozorni tashkil etish. |
2023-yil II chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
41. |
Davlat siyosati tadbirlarining samaradorligini oshirish va yerga egalik huquqiga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya dasturini ishlab chiqish. |
2023-yil I chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | |||
|
42. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat bozoridagi oʻzgarishlar hamda tarmoqni isloh qilish va erishilgan natijalar boʻyicha maʼlumotlarni, davlat xizmatlarini onlayn shaklida taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
43. |
Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, unda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, agrobiznes menejmenti va marketingi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda boshqa shu kabi ustuvor yoʻnalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirilishini nazarda tutish. |
2021-yil IV chorak |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
|
44. |
Quyidagi yoʻnalishlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish: veterinariya, qishloq xoʻjaligi hayvonlarining sogʻligʻini saqlash va chorvachilikni rivojlantirish; fitosanitar nazorat va oʻsimliklarni himoya qilish xizmatlari; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xizmatlari; qishloq xoʻjaligi va agrobiznes sohasida axborot xizmatlari hamda amaliy tadqiqotlar olib borish; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash; qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga koʻmaklashish xizmatlari. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi |
|
45. |
Tarmoqda muhim qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish sohasida xususiy sektor yordamida autsorsing amaliyotini joriy etish va samarali davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish. |
2025-yil III chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
VI. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish | |||
|
46. |
Oʻrta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik koʻmak mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatlarni oshirish boʻyicha dasturlarni joriy etish. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
47. |
Qishloq xoʻjaligi sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
2021-yil III chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
48. |
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilma va ichki xoʻjalik xizmatlari hamda tarkibiy oʻzgarishlarni jadallashtirishga qaratilgan imtiyozli kreditlardan boshlab qoʻllab-quvvatlashning kompleks choralarigacha boʻlgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash dastaklari nomenklaturasini kengaytirish. |
2021-yil IV chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
VII. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish | |||
|
49. |
Respublika, hududiy va mahalliy miqyosida fermer xoʻjaliklari, agrobiznes uchun bilimlarni tarqatish bilan shugʻullanadigan axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish. Bunda kuyidagilarni nazarda tutish: agrar tadbirkorlik subyektlari uchun joriy maslahat xizmatlarini baholash va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish; moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish; qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tadqiqotlar natijalarini yetkazish va innovatsiyalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2021-yil II chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
50. |
Mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini joriy etish. |
2021-yil I chorak |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish | |||
|
51. |
“2020 — 2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Konsepsiyasini” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini monitoringini olib borish. |
2020-yil I chorak |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish | |||
|
52. |
Yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar toʻgʻrisida maʼlumot va axborotlar katalogini chop etish. |
Har yili |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
53. |
Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, taqqoslash va chop etish. |
Har yili |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
54. |
Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur maʼlumotlarni qamrab olgan fermer xoʻjaligini yuritish maʼlumotnomasini (spravochnik) chop etish. |
Har ikki yildabir marotaba |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
55. |
Sohada amalga oshirilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini oʻzida qamrab olgan qishloq xoʻjaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish. |
Har yili |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
56. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun maʼlumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish. |
Doimiy ravishda |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
57. |
Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
Muvofiqlashtiruvchi kengash |
|
58. |
Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni (Agriculture census) oʻtkazish. |
2023-yil I chorak |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
59. |
Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish. |
2025-yil III chorak |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
3-ILOVA
|
1. |
A. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
|
2. |
A. Vaxabov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining oʻrinbosari |
|
3. |
J. Xodjayev |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining oʻrinbosari |
|
4. |
B. Xodjayev |
— |
iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
5. |
Sh. Xamrayev |
— |
suv xoʻjaligi vaziri |
|
6. |
S. Umurzakov |
— |
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri |
|
7. |
A. Shadmanov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
8. |
A. Kasimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri |
|
9. |
A. Ergashev |
— |
moliya vazirining oʻrinbosari |
|
10. |
B. Begalov |
— |
Davlat statistika qoʻmitasi raisi |
|
11. |
B. Norqobilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
12. |
B. Qoʻchqorov |
— |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
13. |
A. Abdullayev |
— |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
14. |
N. Bakirov |
— |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi |
|
15. |
M. Esanov |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
|
16. |
I. Ergashev |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi |
|
17. |
D. Sattarov |
— |
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori |
|
18. |
A. Ravshanov |
— |
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
4-ILOVA
|
Xarajatlar yoʻnalishlari |
2018-yilda umumiy qishloq xoʻjaligi sohasiga ajratilgan mablagʻlarga nisbatan foiz hisobida |
Xarajatlar tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yoʻnalishlari |
|
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash | ||
|
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuziladigan intervension zaxira |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish | ||
|
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilari uchun foiz stavkasini subsidiyalash |
9,2 % |
Bosqichma-bosqich qisqartirish |
|
Gʻalla yetishtiruvchilar uchun foiz stavkasini subsidiyalash |
1,9 % |
Bosqichma-bosqich qisqartirish |
|
Urugʻliklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish dasturi |
0,1 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Chorvachilikni rivojlantirish dasturi |
0,1 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Baliqchilikni rivojlantirish dasturi |
0,1 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash dasturi |
5,4 % |
Bosqichma-bosqich qisqartirish |
|
Bogʻdorchilikni rivojlantirish dasturi |
0 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Agrologistika xizmatlarini rivojlantirish dasturi |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va birlashmalarining boshqa shakllarini rivojlantirish |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish | ||
|
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Davlat-xususiy sheriklik rivojlantirish dasturi |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash | ||
|
Unumdorligi past yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash |
1,4 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotlar |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish va himoya qilish |
1 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Sugʻorish tizimlaridagi kapital xarajatlari |
10,5 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Sugʻorish tizimlarini tiklash uchun kapital qoʻyilmalar |
7,8 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Irrigatsiya tizimlarini boshqarish va ulardan foydalanish |
17,5 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Sugʻorishda elektr energiya xarajatlari |
23 % |
Bosqichma-bosqich qisqartirish |
|
Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | ||
|
Inspeksiya xizmatlari (qishloq xoʻjaligi, veterinariya, fitosanitariya nazorati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi) |
0,2 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Oʻsimliklar himoyasi xizmati |
0,3 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Veterinariya xizmati va hayvonlarning sogʻligʻini muhofaza qilish xizmati |
3,9 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi xizmati |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Tabiiy ofatlar tavakkalchiliklarini boshqarish |
1 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish | ||
|
Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va ishlanmalari |
0,5 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Qishloq xoʻjaligi taʼlimi |
5,9 % |
Bosqichma-bosqich oshirish |
|
Qishloq xoʻjaligi bilimlarini tarqatish va maslahat xizmatlari |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Qishloq hududlarini rivojlantirish | ||
|
Qishloq hududlarini rivojlantirish dasturi |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish | ||
|
Bozor maʼlumotlari va statistikasi tizimi |
0 % |
Xarajatlarning yangi yoʻnalishi |
|
Boshqa xarajatlar |
10,2 % |
Bosqichma-bosqich qisqartirish |