O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 17-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3029-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori (ro‘yxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-avgust,
21/14-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandning beshinchi xatboshisidan “norezident” degan so‘z chiqarib tashlansin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan hollarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YTTdan qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish operatsiyasi bundan mustasno) va ushbu hujjat nusxalari operatsiyalarni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bank kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi.”.
3. 2-bob nomidagi va 6-banddagi “valyuta ayirboshlash operatsiyalarini” degan so‘zlar “naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotish operatsiyasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 10-banddan “ariza hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 3-bob nomi “tomonidan” degan so‘zdan keyin “naqdsiz shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6. 32-bandning uchinchi xatboshisidan “norezident” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7. 34-band “detektor yoki tester,” degan so‘zlardan keyin “to‘lov terminallari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 41-bandning beshinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 471-band bilan to‘ldirilsin:
“471. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan, ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etilmagan holda shoxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan echib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.”.
10. 48-bandning birinchi xatboshisidan “xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Chet el valyutasi:
rezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdordagi chet el valyutasi sotilganda) va boshqa hujjatlar bilan birga;
norezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi norezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, tegishliligi bo‘yicha terminal (bankomat) cheki yoxud respublika hududida milliy valyuta mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar bilan birga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi 09010-son reyestrga ilova qilinadi va hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi.”.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
10-ILOVA
| | | | | | | | |
09007-son shakl | |
| | | |
Tijorat bankining emblemasi |
| | | |||
| | | | | | | | | | |
| ___________________________________ | | | ____________________________________ | ||||||
|
|
| |
| ||||||
| | | | | | | | | | |
| | | |
-son ma’lumotnoma |
| | | |||
| | | |
20___ yil “________” ________________ |
| | | |||
| | | | |
kun |
oy |
| | | |
| | | | | | | | | | |
| ______________________________________________________________________________________ dan* | |||||||||
| | | | |
(F.I.O.) |
| | | | |
| | | | | | | | | | |
| _____________________________________________________________________________ qabul qilindi. | |||||||||
| | |
(milliy valyutaning summasi raqam va so‘z bilan) |
| | | ||||
| | | | | | | | | | |
| __________________________________________________________________________________ beriladi. | |||||||||
| | |
(chet el valyutasining summasi raqam va so‘z bilan) |
| | | ||||
| | | | | | | | | | |
| Kassirning shtampi va imzosi _______________________ | | | | | |||||
| | | | | | | | | | |
| Nazoratchining shtampi va imzosi ________________ | | | | | |||||
| | | | | | | | | | |
| Mijozning imzosi | | | | | |||||
Izoh: chet el valyutasining ekvivalenti 100 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lganda to‘ldiriladi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)