O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-maydagi 233-son “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish va ishlarning pirovard natijalari uchun mas’uliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-sentabrdan boshlab boshlang‘ich razryadning oyiga 600 so‘m miqdoridagi tarif stavkasi Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-son qaroriga ilova 1996-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-iyul,
262-son
Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1.000 |
| 1 | 1.450 |
| 2 | 1.595 |
| 3 | 1.755 |
| 4 | 1.930 |
| 5 | 2.115 |
| 6 | 2.308 |
| 7 | 2.510 |
| 8 | 2.716 |
| 9 | 2.926 |
| 10 | 3.140 |
| 11 | 3.358 |
| 12 | 3.581 |
| 13 | 3.808 |
| 14 | 4.038 |
| 15 | 4.271 |
| 16 | 4.508 |
| 17 | 4.746 |
| 18 | 4.991 |
| 19 | 5.238 |
| 20 | 5.488 |
| 21 | 5.741 |
| 22 | 5.998 |