Joriy versiya | Hujjat 09.12.2025 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Farmoni | Farmoni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xoʻjalik funksiyalarini birga qoʻshib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. | Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xoʻjalik funksiyalarini birga qoʻshib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. | Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni taʼminlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga boʻlgan talablarni belgilovchi toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir kuchiga ega qonun mavjud emas. | Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni taʼminlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga boʻlgan talablarni belgilovchi toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir kuchiga ega qonun mavjud emas. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari oʻz vaqtida egallanishiga yoʻl qoʻymayapti. | Davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari oʻz vaqtida egallanishiga yoʻl qoʻymayapti. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida koʻtarilib borishni taʼminlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan. | Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida koʻtarilib borishni taʼminlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yoʻq qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning munosib darajasini kafolatlash choralari joriy etilmagan. | Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yoʻq qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning munosib darajasini kafolatlash choralari joriy etilmagan. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: | Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Belgilansinki: | 1. Belgilansinki: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
oʻz faoliyatini Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi; | oʻz faoliyatini Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan oʻrnatilgan tartibda davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimini egallashi mumkin; | xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan oʻrnatilgan tartibda davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimini egallashi mumkin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi; | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin: | 2. Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini qoʻllash; | kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini qoʻllash; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat karyerasining lavozim pogʻonalaridan bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatining “karyera modeli”ni joriy etish; | kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat karyerasining lavozim pogʻonalaridan bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatining “karyera modeli”ni joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, shu jumladan uning maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish; | nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, shu jumladan uning maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish; | davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb etish va zamonaviy autsorsing shakllaridan foydalanish; | milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb etish va zamonaviy autsorsing shakllaridan foydalanish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; | davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni oʻz kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish. | davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni oʻz kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv samaradorligi agentligi) davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv samaradorligi agentligi) davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Belgilab qoʻyilsinki: | Belgilab qoʻyilsinki: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi; | Boshqaruv samaradorligi agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. | Boshqaruv samaradorligi agentligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Quyidagilar Boshqaruv samaradorligi agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: | 4. Quyidagilar Boshqaruv samaradorligi agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini hamda mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; | davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini hamda mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish; | davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshirish, shuningdek, mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; | davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshirish, shuningdek, mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish; | davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish; | Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etish; | davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatiga malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish; | davlat fuqarolik xizmatiga malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; | kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish; | davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish; | davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etishga koʻmaklashish; | davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etishga koʻmaklashish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish. | davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish; | davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish; | hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin. | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Quyidagilar: | Quyidagilar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
a) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: | a) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
respublika budjetidan 100 mlrd soʻm miqdorida bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam, shundan 25 mlrd soʻmi 2019-yilda; | respublika budjetidan 100 mlrd soʻm miqdorida bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam, shundan 25 mlrd soʻmi 2019-yilda; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlari va tashkilotlarining (Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno) budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar; | davlat organlari va tashkilotlarining (Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno) budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak vositalari va grantlari; | xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak vositalari va grantlari; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqa moliyaviy instrumentlar; | Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqa moliyaviy instrumentlar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar; | qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
b) Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan yoʻnalishlar etib belgilansin: | b) Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan yoʻnalishlar etib belgilansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish; | davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va boshqa tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqotchilik ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish; | davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va boshqa tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqotchilik ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etish (ularning xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalarni moliyalashtirish); | malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etish (ularning xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalarni moliyalashtirish); | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish; | davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish; | davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida oʻqitish tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish; | davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida oʻqitish tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining buyrugʻiga binoan har oylik ustamalarni toʻlash; | Boshqaruv samaradorligi agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining buyrugʻiga binoan har oylik ustamalarni toʻlash; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi tarkibida (qoshida) tashkil etiladigan yuridik shaxslarning moddiy texnik bazasini shakllantirish (qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, tegishli uskuna va jihozlar xarid qilish va boshqalar) hamda faoliyatini moliyalashtirish; | Boshqaruv samaradorligi agentligi tarkibida (qoshida) tashkil etiladigan yuridik shaxslarning moddiy texnik bazasini shakllantirish (qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, tegishli uskuna va jihozlar xarid qilish va boshqalar) hamda faoliyatini moliyalashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
belgilangan tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga; | belgilangan tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
boshqaruv samaradorligini oshirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar. | boshqaruv samaradorligini oshirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori, shuningdek, u vakolat bergan direktor oʻrinbosarlaridan biri Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi. | Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori, shuningdek, u vakolat bergan direktor oʻrinbosarlaridan biri Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Quyidagilar belgilansin: | 9. Quyidagilar belgilansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno: | a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2020-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tartibida, 2-ilovaga muvofiq butun vertikal boʻylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida; | 2020-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tartibida, 2-ilovaga muvofiq butun vertikal boʻylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2021-yil 1-yanvardan boshlab — davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida; | 2021-yil 1-yanvardan boshlab — davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
b) ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Boshqaruv samaradorligi agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas; | b) ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Boshqaruv samaradorligi agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarini tashkil etish (qayta tashkil etish), xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash, shu jumladan, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishib olinishi lozim; | v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarini tashkil etish (qayta tashkil etish), xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash, shu jumladan, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishib olinishi lozim; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi; | g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
d) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi; | d) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
e) davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining rahbarlari: | e) davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining rahbarlari: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi; | Boshqaruv samaradorligi agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
har uch yilda Boshqaruv samaradorligi agentligida attestatsiyadan oʻtadi. | har uch yilda Boshqaruv samaradorligi agentligida attestatsiyadan oʻtadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq: | 10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart; | davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamgʻarmaning grant mablagʻlari, davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi; | davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamgʻarmaning grant mablagʻlari, davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga oʻrgatishni tashkil etishga shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, ilmiy tashkilotlar, davlat, nodavlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish boʻyicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi; | davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga oʻrgatishni tashkil etishga shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, ilmiy tashkilotlar, davlat, nodavlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish boʻyicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish va tayyorlash boʻyicha respublika tanlovlarini oʻtkazish Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi; | istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish va tayyorlash boʻyicha respublika tanlovlarini oʻtkazish Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. Barcha darajalardagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat huquqlariga soʻzsiz rioya etish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish holatlariga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obroʻsizlantiradigan boshqa xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin. | 11. Barcha darajalardagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat huquqlariga soʻzsiz rioya etish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish holatlariga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obroʻsizlantiradigan boshqa xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv samaradorligi agentligi mazkur band talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin va ushbu talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyadigan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar kiritsin. | Boshqaruv samaradorligi agentligi mazkur band talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin va ushbu talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyadigan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar kiritsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin. | 12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borsin. | 13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: | 14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; | qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. | oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. | 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2019-yil 3-oktabr, | 2019-yil 3-oktabr, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
PF-5843-son | PF-5843-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5843-son Farmoniga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5843-son Farmoniga 2-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ishga qabul qilish tajriba tartibida tanlov asosida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlar | Ishga qabul qilish tajriba tartibida tanlov asosida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||