07.02.2019 yildagi 639-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbeqiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modsa) ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar (tuman Mudofaa boʻlimi, tuman Ichki ishlar boʻlimi, tumani Milliy xavfsizlik xizmatidagi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikalar bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruxi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun pul yigʻimlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash Inspeksiyaning Yuqori Chirchiq tuman boʻlimi texnika holati va agrotexnik tadbirlar ustidan nazorat qilish shoʻbasi katta inpektori v.b. Sh. Farxodov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuqori Chirchiq tuman xokimining 2018-yil 16-yanvardagi 9-son “Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2016-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman xokimining Qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Eshonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim U. ATEMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorichirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
639-son