Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING OʻQUV MARKAZINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazi sobiq SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasining (KGB) tugatilgan Oliy kurslari (Toshkent shahri) negizida tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazining tuzilmasi va shtat birligi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (t. Baqiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazini taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni respublika budjetidan ajratish topshirilsin.
4. Oʻquv markazi harbiy xizmatchilari, ishchilari va xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa normativ hujjatlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-may,
254-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-maydagi 254-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazining
TUZILMASI
Rahbariyat
Ilmiy-tadqiqot boʻlimi
Oʻquv boʻlimi
Maxsus kafedra № 1
Maxsus kafedra № 2
Maxsus kafedra № 3
Maxsus kafedra № 4
Maxsus kafedra № 5
Operativ-jangovar tayyorgarlik kafedrasi
Chet tillar kafedrasi
Umumiy madaniyat kafedrasi
Boʻlimlar: shaxsiy tarkib boʻyicha, moliyaviy-xoʻjalik va ijtimoiy masalalar boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-maydagi 254-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazining shtat
BIRLIKLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oʻquv markazining quyidagi shtat birliklari (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonini hisobga olmagan holda) belgilansin:
Jami xodimlar soni: 151 kishi
Shundan:
Ofitserlar: 64 kishi
Praporshiklar: 29 kishi
Muddatidan ortiq xizmat qiluvchilar: 6 kishi
Ishchilar va xizmatchilar: 52 kishi