Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1031-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 3-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan oʻz xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish koʻrinishida qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1031, 2001-yil 15-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 9-avgustdagi 17-25/373-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2001-yil 4-maydagi 189-V, 41-son “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan oʻz xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish koʻrinishida qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1031, 2001-yil 15-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2017-yil 19-martdagi 189-V-1, 31-son “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan oʻz xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish koʻrinishida qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1031-1, 2017-yil 13-aprel).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-oktabr,
453-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2019-y., 10/19/1031-2/3871-son)