Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun kulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va ularning sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan sopi 5 nafar bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Farg‘ona viloyati hokimligiga, zarur hollarda, Direksiya tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, Direksiyasining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarining ish haqi, transport va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Farg‘ona viloyati mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Shoximardon” mahalla fuqarolar yigini va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inida (keyingi o‘rinlarda mahalla fuqarolari yig‘inlari deb ataladi) turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
mahalla fuqarolari yig‘inlarida zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan bo‘sh turgan obyektlar negizida turizm xizmatlarini tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
mahalla fuqarolari yig‘inlarining ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
mahalla fuqarolari yig‘inlariga tashrif buyuruvchi turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash;
turistlar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mahalla fuqarolari yig‘inlarida turizm namoyishi obyektlari va turizm infratuzilmasining yagona ro‘yxatini shakllantirish va pasportlashtirish.
Direksiyani belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin va turizmni rivojlantirish sohasida yetarli tajriba va malakaga ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi bilan birgalikda mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidagi bo‘sh turgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazsin va aniqlangan obyektlarning faoliyatini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
6. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda mahalla fuqarolari yig‘inlari hududida quyidagilarni nazarda tutuvchi:
turistlar hamda doimiy yashovchi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarining yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishi choralarini ko‘rish hamda turli xil ko‘ngilsizlik va qonunbuzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kunlik tartibda ob-havo ma’lumotlarini tahlil qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlardan turistlar va mahalliy fuqarolarni xabardor qilish, Direksiya hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarini ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Direktor | |||||||
Mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, loyihalarni ishlab chiqish va turizmni rivojlantirish guruhi 2 | Yuriskonsult | Buxgalter |