Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2025 30.09.2019 yildagi 832-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) shakllantiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga muvofiq tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli moliya yili uchun “Sog‘liqni saqlash” moddasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lari doirasida moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Ro‘yxatni ishlab chiqsin va Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida 31-dekabrgacha joylashtirsin hamda ularni kelgusi yillarda ham shu muddatlarda har yili yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida Ro‘yxatdan tegishli ko‘chirmalar (davlat tilida va rus tilida) mazkur muassasalar faoliyati ixtisosligiga muvofiq har yili 31-dekabrgacha majburiy joylashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
832-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 832-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga kiradigan tibbiy tashkilotlarda tibbiy yordam ko‘rsatishga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli moliya yili uchun “Sog‘liqni saqlash” moddasi bo‘yicha nazarda tutilgan mablag‘lari doirasida tuziladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari — aholiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordam — inson salomatligi holatini baholash va unga tibbiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan tibbiyot xodimlari tomonidan profilaktika qilish, tashhis qo‘yish, davolash, reabilitatsiya qilish va palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmat — profilaktika qilish, tashhis qo‘yish, davolash, reabilitatsiya qilishga qaratilgan, shuningdek, homiladorlik va tug‘ish vaqtida ko‘rsatiladigan, mustaqil yakunlangan ahamiyat va qiymat xususiyatiga ega bo‘lgan harakat yoki harakatlar to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam — bemor hayotiga xavf soladigan aniq belgilari bo‘lmagan to‘satdan kuchli kasalliklarda, holatlarda va surunkali kasalliklar kuchayganda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam — bemor hayotiga xavf soladigan to‘satdan kuchli kasalliklarda, holatlarda va surunkali kasalliklar kuchayganda shoshilinch ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam — kasalliklarga chalinganda, baxtsiz hodisalar yuz berganda, jarohat olganda, zaharlanganda va tez tibbiy aralashuv har qanday sharoitda ko‘rsatilishini talab qiladigan boshqa holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi. Shoshilinch tibbiy yordam kechiktirib bo‘lmaydigan va tez tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali tibbiy yordam — profilaktika tadbirlari o‘tkazishda, bemor hayotiga xavf solmaydigan, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam talab qilmaydigan kasalliklar va holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi. Bunday yordamning muayyan vaqt kech ko‘rsatilishi bemor hayotining yomonlashishiga, hayoti va sog‘lig‘i xavf ostida qolishiga sabab bo‘lmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palliativ tibbiy yordam — bedavo dardga chalingan bemorlarning hayotini yaxshilash maqsadida og‘riqdan xalos qilishga va kasallikning boshqa og‘ir ko‘rinishlarini yengillashtirishga qaratilgan tibbiy aralashuvlar kompleksini ifoda etadigan tibbiy yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami — ambulatoriya sharoitida ko‘rsatiladigan va profilaktika qilish, tashhis qo‘yish, kasalliklarni davolash, homiladorlik kechishini kuzatish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholini sanitariya-gigiyena xususida xabardor qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladigan tibbiy yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik bayonnoma — muayya sindromli aniq bir kasallikka chalinganda yoki tibbiyot tashkilotidagi muayyan klinik vaziyatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishga qo‘yilgan minimal talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordamning sifat standarti — muayyan vaqt davomida tibbiy yordam darajasiga erishishni aks ettiruvchi normalar, qoidalar va talablar to‘plamini o‘z ichiga oladigan hujjat. Tibbiy yordamning sifat standartlari tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi va ular tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatishda rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblar uchun foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tibbiy yordam — maxsus usullar va murakkab tibbiyot texnologiyalaridan foydalanishni talab qiladigan kasalliklar va holatlarni profilaktika qilish, tashhis qo‘yish va davolashni (shu jumladan homiladorlik, tug‘ish davrida va tug‘ishdan keyingi davrda), shuningdek, tibbiy reabilitatsiya qilishni o‘z ichiga oladigan tibbiy yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologik tibbiy yordam — yangi murakkab va (yoki) davolashning noyob usullarini, shuningdek, samaradorligi ilmiy isbotlangan davolashning resurs tejaydigan usullarini, shu jumladan tibbiyot fani va ilm-fan hamda texnikaning o‘zaro bog‘langan tarmoqlari yutuqlari asosida ishlab chiqilgan hujayrali texnologiyalarni, robotlashtirilgan texnikani, axborot texnologiyalarini va gen injeneriyasini o‘z ichiga olgan ixtisoslashgan tibbiy yordam turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini aniqlash prinsiplari va mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini aniqlash prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan foydalana olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordam tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan profilaktika chora-tadbirlari va tibbiy xizmatlar ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmat turlarining tibbiyot muassasalari darajalari bo‘yicha tabaqalanishi, shuningdek, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning murakkabligiga qarab ularni ko‘rsatish izchilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlardan foydalanish va ularni taqdim etish jarayoning oshkoraligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ro‘yxatga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini kiritishda quyidagi mezonlarga rioya etilishini ta’minlash kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishda aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yuqori darajasiga erishishni, 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarini bajarishni ta’minlaydigan tibbiy yordam turlariga ko‘proq e’tibor beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ustuvor tartibda profilakatika, reabilitatsiya tadbirlari va palliativ yordam xizmatlarini qamrab olishi, shuningdek, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan asosiy kasalliklarning oldini olish va ularni davolashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ro‘yxatni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ro‘yxat har yili O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, tegishli moliya va rejali davr uchun Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin 15 kundan kechikmay ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ro‘yxat tibbiy yordamning quyidagi turlari bo‘yicha shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali tibbiy (shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan (shu jumladan yuqori texnologik) tibbiy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palliativ tibbiy yordam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ro‘yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini shakllantirishda shoshilinch tibbiy yordam hajmi cheklanishi mumkin emasligi hisobga olinadi. Bunda bila turib yolg‘on shoshilinch yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar va xuddi shuningdek uni ko‘rsatishni asossiz rad etgan shaxslar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ro‘yxat tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari belgilab olingan holda, tibbiyot tashkilotlari darajasi bo‘yicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik bayonnomalar, shuningdek, tibbiy yordamning sifat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ro‘yxatni shoshilinch tibbiy yordam hajmlari bo‘yicha shakllantirishda quyidagi harajat turlari hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport harajatlari, shu jumladan bemorlarni shoshilinch yordam ko‘rsatiladigan joyga, shuningdek, shoshilinch yoki kechiktirib bo‘lmaydigan ko‘rsatmalar bo‘yicha bir tibbiyot muassasasidan ikkinchisiga transportda olib borish, tashhis qo‘yish, davolash, shu jumladan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha statsionarda bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar bo‘yicha statsionarda bo‘lish davrida ovqatlanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ro‘yxatni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislari va ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan ambulatoriya sharoitlarida va kunduzgi statsionar sharoitlarda ko‘rsatiladigan rejali tibbiy yordam hajmlari bo‘yicha shakllantirishda quyidagi harajatlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) katta yoshli aholini bir yilda ikki marta, endi turmush quradiganlarni profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, davlat budjet tashkilotlarining xodimlarini birlamchi va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soladigan kasalliklardan aziyat chekayotgan fuqarolarni, shuningdek, surunkali kasalliklarga aziyat chekayotgan shaxslarni dispanserda kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yosh) shaxslarni tekshirish va davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollarni homiladorlik yoki gestatsiya davomida (kamida 7-marta) o‘tkaziladigan organizmning bo‘yida bo‘lishdan boshlab tug‘ilgunicha qorin ichida normal rivojlanshini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan kompleks tashhis qo‘yish, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutuvchi vantenatal (tug‘ishgacha) parvarish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homila anomal o‘sishining oldini olish uchun 16 — 20 haftalik muddatlarda homiladorlarning xavfli guruhini skrining tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlarga OIV-infeksiyasi xususida maslahat berish va tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘dirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqaloqlarda irsiy va tug‘ma kasalliklarni erta aniqlash hamda o‘z vaqtida davolash maqsadida ularni neonatal skrining yoki ommaviy tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqaloqlarni va 1 yoshga to‘lmagan bolalarni audiologik skrining tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilgandan keyin 42 kun davomida parvarishlash va maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy emlash taqvimiga muvofiq emlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga to‘lmagan bolalarni tekshirish va davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani rejalashtirish masalalari yuzasidan maslahat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ro‘yxat belgilangan tartibda beriladigan yo‘llanmalar bo‘yicha tuman, shahar, viloyat, respublika darajasidagi tashkilotlarda statsionar sharoitlarda ko‘rsatiladigan ixtisoslashgan (shu jumladan yuqori texnologik) tibbiy yordam bo‘yicha tasdiqlangan hajmlar doirasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish navbatini qayd etadigan elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda kvotalash orqali tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ro‘yxatni palliativ yordam hajmlari bo‘yicha shakllantirishda quyidagi harajat turlari hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur hajmlarda dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) statsionar/xospisda bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlar (koyka-o‘rinni ta’minlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) belgilangan normalarga muvofiq ovqatlanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jismoniy shaxslarning quyidagi toifalari tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan Ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/832/3842-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)