Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
822-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
a) 1-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Umumtaʼlim muassasalarining rahbarlari kelgusi oʻquv yilida birinchi sinfga keladigan va uyida yakka tartibda taʼlim oladigan imkoniyati cheklangan bolalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumtaʼlim muassasasining toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunuviga qarab tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga har yili 20-sentabrga qadar taqdim etadi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari ushbu maʼlumotlar asosida umumlashtirilgan buyurtmalarni tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga har yili 25-sentabrga qadar taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari yigʻilgan buyurtmalarni tahlil qilib, umumlashtirgan holda buyurtmalar tayyorlaydi hamda ularni tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga har yili 30-sentabrga qadar taqdim etadi”;
5-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
1-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 11-bandlardagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz taʼlim tizimi uchun davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarorida:
a) 1-ilovaning 6.3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari umumiy oʻrta taʼlimni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 3-ilovaning 10-bandi sakkizinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5, 31 va 32-bandlardagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 15-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchiga nomzod bolaning yashash joyi (bola turgan joy) dagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi va jinsini koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bilan birgalikda nomzodning farzandlikka oluvchi boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan berilgan xulosa taqdim etiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “tuman, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tuman, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 26-banddagi “tuman, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarida” hamda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari tegishlicha “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida” hamda “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 30-bandda:
birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” hamda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari tegishlicha “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” hamda “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorining 2-pozitsiyasidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-iyundagi 110-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 208-modda):
a) 1-banddagi “Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi” soʻzlari “Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tizimda axborot-kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan boshqa vazifalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 26-27-son, 253-modda) bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishi, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasi 1-pozitsiyasining “Axborot taqdim etish tartibi” ustunidagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda):
a) 8-band ikkinchi xatboshining davlat tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga chuqur oʻrganiladigan fanlar boʻyicha amalda oʻtkazilgan darslar uchun, shuningdek ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga”;
b) Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi Nizomda:
birinchi xatboshidagi “va tegishli fanlardan ogʻzaki va yozma sinovlar oʻtkazish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi vakili hamda umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari” soʻzlari “tegishli taʼlimni boshqarish organi vakili, umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari hamda ota-onalarning vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 4-sinf oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkazilgan test sinovi natijalari ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish mezoni hisoblanadi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami, “umumtaʼlim muassasasi sinflarining” soʻzlari “ularning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “5” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 6-sinf oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha shakllantiriladigan va oʻtkaziladigan test sinovi natijalari ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish mezoni hisoblanadi.”
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qoʻshimcha qabul kvotasi doirasida oʻquvchilar saralash test sinovlari oʻtkazilmasdan qabul qilinadi.”;
uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
11-banddagi “tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “sanʼat” soʻzi “texnologiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning sakkizinchi xatboshidagi “akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining qabul kvotasini belgilaydi”;
birinchi xatboshidagi “2 — 9” raqamlari “5 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “5 — 9” raqamlari “7 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
24-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
25-banddagi “5 — 9” raqamlari “5 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oʻquvchining reyting va akademik oʻzlashtirishida tizimli pasayish yuz berganda, ushbu oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida taqdimnomani tegishli voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalariga kiritadi”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
42-banddagi “vasiylik” soʻzi “kuzatuv” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 191-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 34-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarida” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda):
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“2018-yil 1-oktabrdan boshlab, xalq taʼlimi muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin — xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandiga:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“xalq taʼlimi muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin — xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi”;
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxati 68-pozitsiyasining “Axborotning turi” ustunidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandidagi “vasiylik” soʻzi “kuzatuv” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 9-son, 91-modda):
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 3-bandning birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilova ilova deb hisoblansin;
d) ilovaning nomidagi va “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari” ustunidagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 130-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi va 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori rus tilidagi matni 1-ilovasida 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
11. |
Ministerstvo narodnogo obrazovaniya |
436 |
545 |
23 |
113 |
409 |
— |
— |
|
|
Sentralniy apparat |
5 |
9 |
7 |
2 |
— |
— |
— |
|||
|
Oblastnie zvenya |
28 |
28 |
14 |
14 |
— |
— |
— |
|||
|
Rayonnie zvenya |
209 |
380 |
— |
28 |
352 |
— |
— |
|||
|
Podvedomstvennie organizatsii |
194 |
128 |
2 |
69 |
57 |
49 |
25 |
”. |
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizomning 76-bandidagi “vasiylik” soʻzi “kuzatuv” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning “a” kichik bandidagi, 5-bandning birinchi va oʻn beshinchi xatboshilaridagi, 6-bobning nomidagi “tuman, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 39-bandning uchinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 41-banddagi “tuman, shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlarining” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 16, 17, 18 va 23-bandlardagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil qilish boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 18-son, 193-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10 va 18-bandlardagi, 56-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 58-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 20-bandda:
uchinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartining 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qonunchilikda belgilangan holatlarda, oʻquv rejalari va dasturlari xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi mumkin”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarini tashkil etishning minimal normativlari va mezonlarining “III. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari” boʻlimidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” soʻzlari “Xalq taʼlimini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 9-bandida “Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarining faoliyatini tashkil etish” soʻzlari “Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 306-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari huzuridagi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda hududiy markazlar xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishini nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilansin”;
g) 5-bandda:
“Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)