1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼullar |
1. | “Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Malakali amaliyotchi-mutaxassislar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar |
2. Ishchi guruhi tomonidan metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish. | 15-noyabr | |||
3. Metodik tavsiyalarni nashr ettirish va joylarga yetkazilishini taʼminlash. | 20-dekabr | |||
2. | “Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari toʻplami”ni nashrga tayyorlash va chop ettirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti va xalqaro tajribani oʻrganish. | 15-noyabr | |||
3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash va chop ettirish. | 20-dekabr | |||
4. Toʻplamlarni joylarga yetkazilishini taʼminlash. | 30-dekabr | |||
3. | Mamlakatimizda keksalarning turmush darajasi hamda sifatini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribalarni chuqur oʻrganib, bugungi kunda uchrayotgan muammolarni tahlil qilgan holda keksa avlod vakillari, xususan, yolgʻiz keksalar, mehnat faxriylari va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Ishchi guruhi tomonidan amaldagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish. | 20-noyabr | |||
3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish. | 20-dekabr | |||
4. Taklifni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish. | 2020-yil yanvar | |||
4. | Keksa avlod vakillariga yaratilgan imtiyozlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida batafsil oʻrganib, toʻplam holiga keltirish, mahalla raislari uchun uslubiy qoʻllanma sifatida nashrga tayyorlash va chop ettirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Ishchi guruh tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar hamda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish. | 20-noyabr | |||
3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash va chop ettirish. | 25-dekabr | |||
4. Toʻplamlarni joylarga yetkazilishini taʼminlash. | 2020-yil yanvar | |||
5. | Barcha hududlarda keksa avlod vakillarining turmush darajasi, ijtimoiy himoyasi, ularga tibbiy xizmat koʻrsatish kabi tegishli masalalarni nazarda tutgan holda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. | 1. Ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli masalalarni oʻz ichiga olgan soʻrovlar shaklini ishlab chiqish va barcha hududlarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. | 15-oktabr — 30-noyabr | |||
3. Soʻrovlar natijalarini manfaatdor tashkilotlar bilan muhokama qilish va natijalarga koʻra zarur choralarni amalga oshirish. | 10-dekabr | |||
6. | Keksa avlod vakillari bilan manzilli ishlash boʻyicha “Keksalar ijtimoiy himoyasi” dasturini ishlab chiqish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. | 2019-yil 5-noyabr | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ishchi guruh tomonidan keksalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish. | 30-noyabr | |||
3. Oʻrganish natijalari asosida dastur loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 10-dekabr | |||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 20-dekabr | |||
7. | Keksalar orasida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni targʻib qilish, ularda salomatlik uchun masʼullik tuygʻusini yuksaltirish orqali inson umrini uzaytirishga koʻmaklashishga qaratilgan “Sogʻlom va muvaffaqiyatli qarilik” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 5-noyabr | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ishchi guruhi tomonidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish. | 30-noyabr | |||
3. Konsepsiya loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish. | 25-dekabr | |||
8. | Keksalar uchun nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, aniqlangan holatlar boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda taʼsirchan choralarni koʻrish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
2. Ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish. | 20-dekabr | |||
3. Salbiy holatlar kuzatilgan mahallalarda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilgan ishlarni har haftada sektorlarning umumiy yigʻilishida muhokama qilish. | doimiy | |||
4. Oʻrganish natijalari asosida amaldagi tizimlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish. | 2020-yil 20-yanvar | |||
5. Ishlab chiqilgan tizimni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. | 2020-yil 1-fevraldan boshlab | |||
9. | “Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksa avlod vakillari oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish hamda aholi oʻrtasida keng targʻibotini olib borish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
2. Ishchi guruhi tomonidan tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish va aholi oʻrtasida keng targʻib qilish. | 25-oktabrdan boshlab doimiy | |||
10. | Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini yanada oshirish, ularga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar (xizmat koʻrsatish) tashkil etish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 30-oktabr | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va reja asosida oʻtkazilishini tashkil etish. | 15-noyabrdan boshlab doimiy | |||
3. Aniqlangan muammo va takliflarni manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qilib, natijasi boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | reja asosida | |||
11. | Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini tashkil etish. | 1. Mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi shakllantirish. | 2019-yil 10-oktabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj keksalar?ing roʻyxati?i hududlar kesimida shaklla?tirish. | 25-oktabr | |||
3. Tibbiy koʻrik oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va masʼul tashkilotlar bilan kelishish. | 30-oktabr | |||
4. Tasdiqlangan reja-jadval asosida tibbiy koʻriklarni oʻtkazish. | reja asosida | |||
12. | Respublikadagi mavjud barcha klinikalarga har yili besh nafardan tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni har olti oyda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha biriktirish yuzasidan zarur choralarni koʻrish. | 1. Tibbiy koʻrik oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan klinikalar roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish. | 2019-yil 15-noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Tibbiy koʻrik va tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarning roʻyxatini tuzish. | 15-noyabr | |||
3. Tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni tavsiya asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish. | 30-noyabr | |||
13. | Keksa avlod vakillari, nuroniylarning boy va ibratli hayot tajribasi, amaliy bilim va koʻnikmalarini yoshlarga targʻib etish uchun umumtaʼlim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish boʻyicha reja ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish boʻyicha namunaviy reja loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil 10-oktabr | Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Keksa avlod vakillari, nuroniylarni hududlar kesimida joylardagi umumtaʼlim maktablariga biriktirish. | 25-oktabr | |||
3. Rejaga asosan joylarda tadbirlarni tashkil etish. | reja asosida | |||
14. | “Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol aʼzolarini doimiy ravishda belgilangan tartibda “Mehnat faxriysi”, “Moʻtabar ayol” va “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlariga tavsiya etib borish. | 1. “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolarining faoliyati yuzasidan monitoring ishlarini tashkil etish va eng faol aʼzolarni saralab olish. | 2019-yildan boshlab har yarim yilda | Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar |
2. Guruhlardan saralab olingan eng faol aʼzolarga koʻkrak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan tavsiya berib borish. | belgilangan muddatlarda | |||
15. | Mahallalarda keksalar va faxriylar oʻrtasida tongi jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafonlarini uyushtirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 25-oktabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar |
2. Ishchi guruhi tomonidan jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish. | 1 — 30-noyabr | |||
3. Joylardagi tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga muntazam ravishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish. | 2019-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy | |||
16. | Keksa avlod vakillarining milliy qiyofasi hamda ibratli faxriylar obrazini ifodalaydigan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va namoyish etish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi-ijodiy guruh tuzish. | 2019-yil 10-oktabr | “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
2. Ishchi-ijodiy guruh tomonidan namoyish etiladigan filmlar, teleseriallar va spektakllar rejasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlarning qoʻshma qarori asosida tasdiqlash. | 1 — 30-noyabr | |||
3. Reja asosida badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va efirga uzatish. | reja asosida | |||
17. | Keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish | 1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda teatr va muzeylarga tashriflarni tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil 25-oktabr | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Teatr va muzeylarga boruvchilarning roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish. | 5-noyabr | |||
3. Belgilangan muddatlarda teatr va muzeylarga tashriflarni amalga oshirish. | reja asosida | |||
18. | “Keksalar haftaligi” doirasida quyidagi tadbirlarni tashkil etish: “Keksalik — hayotning ajib fasli” mavzusida koʻrgazma; “Keksalar va faxriylarga eʼtibor, ularning muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar; mahallalarda “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari; mahallalarda “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga oʻrin yoʻq” mavzularida targʻibot tadbirlari; taʼlim muassasalaridagi maʼnaviyat soatlarida ibratli hayot yoʻli va mehnati bilan aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan keksalar ishtirokida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, koʻrik-tanlovlar va rasmlar koʻrgazmalarini tashkil etish; keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish. | 1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. | 2019-yil 25-sentabr | Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Bayram tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-dastur ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish. | 30-sentabr | |||
3. Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va tadbirlarga mahallalardagi barcha keksa hamda faxriylarni qamrab olish. | 1 — 7-oktabr | |||
4. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | reja asosida |
2-ILOVA