Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.03.1995 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 24.03.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORVAChILIKDA XUSUSIYLAShTIRIShNI DAVOM ETTIRISh VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish hamda chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1995-yil oxirigacha, qonunchilikda belgilangan tartibda, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan xoʻjaliklar chorvachilik fermalarining xususiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chorvachilik fermalarini xususiylashtirishni amalga oshirish uchun tegishli xoʻjaliklarda tuman hokimliklari, xoʻjaliklar, qishloq xoʻjaligi organlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda maxsus komissiyalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonlarini umrbod egalik qilish uchun yangi mulkdorlarga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari va boshqa mulklar qiymatini toʻlash muddatini uzaytirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xususiylashtirilgan fermalarga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-fevraldagi 87-son qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha belgilangan normativlarga binoan ozuqa yetishtirish uchun 1-ilovaga* muvofiq yer maydonlari ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari chorvachilik fermalarini xususiylashtirishda yangi mulkdorlarning ulush qoʻshib qatnashishlari asosida mavjud kommunikatsiyalar, ozuqa sexlari, transport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi negizida shirkatlar tashkil etishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan fermalarga 1995-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi limitlari hisobiga davlat resurslaridan paxta shroti ajratish boʻyicha topshiriq 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiylashtirilgan fermalar, dehqon (fermer) xoʻjaliklari va aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklaridagi mahsuldor mollar podasini muntazam yangilab borish maqsadida naslchilik zavodlari va xoʻjaliklarining roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda, ixtisoslashtirilgan naslchilik xoʻjaliklari roʻyxatini aniqlasin va tasdiqlasin hamda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida yangi naslchilik zavodlari va xoʻjaliklari tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva naslchiligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, uni Davlat resurslaridan omixta yem bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari chorvachilikda zooveterinariya punktlari va texnik servis stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishni hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari, boshqa tayyorlov tashkilotlari fermyerlar, xoʻjaliklar va aholidan chorvachilik mahsulotlarini tuzilgan shartnomalar boʻyicha bevosita joyning oʻzida qabul qilib olishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi xususiylashtirilgan chorvachilik fermalari va dehqon (fermer) xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun 1995-yilda vazirlik fondidan yonilgʻi-moylash materiallarini 4-ilovaga* muvofiq miqdorlarda ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi mahsulot yetishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va uni yanada koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida bir oy muddatda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xususiylashtirilgan fermalar, dehqon (fermer) xoʻjaliklari va aholidan soliq olishni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki, xususiylashtirilgan fermalarni, dehqon (fermer) xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash “Oʻztadbirkorbank” va uning joylardagi muassasalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat mulki qoʻmitasi kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmadan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi xoʻjaliklari va dehqon (fermer) xoʻjaliklaridagi chorva mollarini hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni statistik hisobga olish tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-son