25.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-2
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 9-iyul, 27-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“351. Tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 371 va 372-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“371. Qarz oluvchi kredit (qarz) boʻyicha garovda turgan oʻzining depozitidagi (omonatidagi) mablagʻlarini kredit (qarz) shartnomasi davrining xohlagan vaqtida depozit (omonatning) amal qilish muddatidan qati nazar, mazkur kreditni (qarzni) qaytarish uchun yoʻnaltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchi kredit (qarz) boʻyicha garovda turgan oʻzining muddatli depozitidagi (omonatidagi) mablagʻlarini shartnomada koʻrsatilgan depozit (omonat) muddati tugagunga qadar kreditni (qarzni) qaytarish uchun yoʻnaltirmoqchi boʻlsa, u bu haqda bankni depozitni (omonatni) qaytarishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni (qarzni) qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushsa, u holda bank kelib tushgan mablagʻning ortiqcha qismini karz oluvchining kreditining (qarzning) asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-bob quyidagi mazmundagi 3 paragraf bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-§. Tijorat banklarining mijozlarga xizmat koʻrsatishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun sanksiyalarin qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,02 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Banklar tomonidan ish xaqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun oʻz vaqtida nakd pul bermaganlik uchun mijozlarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga ular hisobvaraqlarida mablagʻ boʻlganida bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Qonun hujjatlarida oʻrnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron toʻlovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron toʻlovlarni qaytarishning oʻrnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank har bir holat uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron toʻlovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Mazkur Nizomning 402 va 403-bandlarida tijorat banklari uchun nazarda tutilgan sanksiyalar bank va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomasida koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. Banklar quyidagi hollarda jarima toʻlashdan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida roʻy berishi mumkin boʻlgan uzilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunlarda belgilangan tartibga bank yoki mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Tijorat banklariga nisbatan mazkur paragrafda nazarda tutilgan jarima jazo choralarini qoʻllash sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda bu kabi nizolar yuzasidan mijozlarning oʻzlari tomonidan sudga daʼvo kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. Mazkur Nizomning 401 — 403-bandlariga muvofiq bank tomonidan toʻlangan jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan bank (filiali) rahbari va bosh buxgalteri tomonidan qoplanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/3030-2/3804-son)