Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 351-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan 1997-yil 18-iyunda (roʻyxat raqami 351, 1997-yil 1-iyul) tasdiqlangan Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
2019-55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 12-sentabrdagi 2019-55- sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1.2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari”.
2. 3.2-banddagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 3.4, 3.7, 3.8 va 6.2-bandlardagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 6.3-banddagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 7-ilovadan “MOʻ” degan qisqartmasi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/351-4/3798-son)