23.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3185
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 23.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3185
Кучга кириш санаси
24.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3185]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq I. ERGASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 30-avgustdagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulot — ekish, payvandlash, koʻpaytirish uchun moʻljallangan qayta ishlanmagan ekish materiallari, xususan koʻchatlar, ildizlar, barglar, qalamchalar, urugʻlar, tugunaklar, piyozboshlar, ildizpoyalar va boshqa ekish uchun moʻljallangan oʻsimliklar yoki ularning qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta fitosanitar xavfga ega mahsulot — isteʼmol yoki qayta ishlash uchun moʻljallangan qayta ishlanmagan mahsulot, xususan isteʼmolga moʻljallangan hoʻl meva va sabzavotlar, shuningdek kesilgan gul poyalari va boshqalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislari yoki u tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-2, 10.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 10/24/3185-2/0702-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatchi — xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassis yuborishni soʻrab Agentlikka murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakat hududidan yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahsulot olib kirilishi maʼlum boʻlganda, yangi savdo yoʻnalishlari ochilganda yoki xorijiy mamlakat hududida karantin ostidagi mahsulot bilan xavfli zararli organizmlar kirib kelishi xavfi mavjud boʻlganda yohud yuqori va oʻrta fitosanitar holat mavjud hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib kirilayotganda, mazkur xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish zarurati vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Karantin ostidagi mahsulotni xorijiy mamlakat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish maqsadida xarid qilish chogʻida, zarur boʻlgan taqdirda, bu mamlakatlardagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislar yuborilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish Agentlik mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Olib kirilishi rejalashtirilgan yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahlusotlarning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda, mutaxassislar xorijiy mamlakatga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakat hududidan olib kirilishi rejalashtirilgan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari keng tarqalganligi haqida maʼlumotlar xorijiy mamlakatlar karantin xizmati tomonidan maʼlum qilinganda yoki oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro tashkilotlar rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahlusotni baholash natijasida mahsulotning fitosanitar xavf darajasi yuqori yoki oʻrta deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaatchi Agentlikka xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborilishini soʻrab mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomasi nusxalari (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish rejasi (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yozma yoki elektron tarzda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma tarzda berilgan arizaga ilovalar mavjud boʻlsa, ilovalarning har bir beti tikilgan holda birinchi beti murojaatchining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar xorijiy mamlakat hududidagi oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha vakolatli organ mazkur hududdagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish yuzasidan murojaat qilsa, uning murojaati ushbu Nizomning ilovasida koʻrsatilgan shaklda boʻlishi talab etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaatchi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik ariza kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarga asosan xorijiy mamlakat hududida mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligini qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrganib chiqadi hamda ushbu muddat ichida murojaatchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik arizani koʻrib chiqish jarayonida xorijiy mamlakatning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha vakolatli organidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan hamda xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligi aniqlanganda, Agentlik murojaatchini yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organini xabardor qiladi va xorijiy mamlakat hududidagi fitosanitar holatni oʻrganish muddatini kelishadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda Agentlik tomonidan murojaatchining arizasi rad etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar qayd etilgani yoki toʻliq taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelinishi rejalashtirilgan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun cheklov (taqiq) oʻrnatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakat hududida oʻsimliklar karantini obyektlari, oʻsimliklarning xavfli zararli organizmlari (hasharotlar, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlar), kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklarning yalpi kasalliklari va ilgari qayd etilmagan tez tarqaluvchi kasalliklari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot olib kelinishi rejalashtirilgan xorijiy mamlakat hududida ushbu mahsulotda tarqalgan oʻsimliklar karantini obyektlari mavjudligi haqida aniq maʼlumotlarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik murojaatchini uning arizasi rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslarini koʻrsatgan holda maʼlum qilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq tomonlarning oʻzaro kelishuviga (shartnomaga) asosan murojaatchi va/yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish Agentlik tomonidan xorijiy mamlakatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatning vakolatli organi hamkorlikda karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganishda ishtirok etmagan holatda, Agentlik Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini mustaqil oʻrganishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik mutaxassislari tomonidan xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish jarayonida quyidagi fitosanitar tadbirlar amalga oshiriladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakat hududida oʻsimliklar karantini va himoyasi xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, boshqaruv tizimi va vakolatlari, karantin ostidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ularni isteʼmolga yaroqliligi boʻyicha xulosalar berish jarayonini audit qilish;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakat hududida monitoring oʻtkazish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus savolnoma asosida oʻrganilayotgan oʻsimlikning rivojlanish bosqichlari, bioekologik xususiyatlari, hududning tuproq iqlim sharoiti, oʻsimliklar karantini obyektlari, boshqa xavfli zararli organizmlar (zararkunanda hasharotlar, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlar) rivojlanishining bioekologik xususiyatlari kabi maʼlumotlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha xalqaro fitosanitariya standartlariga muvofiq tekshiruv va tahlillar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish tizimining Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni himoya qilish va oʻsimliklar karantini boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarning (biologik, kimyoviy himoya qilish usullari, ishlov berish turlari) amalga oshirilishi va ularning samaradorligini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dala nazorati tadbirlari va nazorat tariqasida oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari natijalari va ularning rasmiylashtirilgan hisobotlari mavjudligini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitar sertifikatlashtirish tizimini oʻrganish, zarur hollarda, mahsulotlardan namunalarni tanlab olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish natijasida mutaxassis tomonidan hisobot tayyorlanadi va Agentlikka taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holati oʻrganilgandan soʻng, Agentlik mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlari topilgan yoki oʻrganish natijasida respublikaga karantin obyekti kirib kelish xavfi mavjud deb xulosa qilinganda — mahsulotni olib kirishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlaridan holi ekanligi aniqlangan holda va oʻrganish natijasida respublikaga karantin obyekti kirib kelish xavfi mavjud emas deb xulosa qilinganda — mahsulotni olib kirish uchun karantin ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirib berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berish yoki olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi xulosa murojaatchiga uch ish kunida yuboriladi hamda mazkur maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb saytida joylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy mamlakat hududidagi fitosanitar holati oʻrganilgan karantin ostidagi mahsulotlar oʻsimliklar karantini chegara punktlari, tashqi iqtisodiy faoliyat chegaralarida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xorijiy mamlakat hududida oʻtkazilgan oʻrganish yakunlariga koʻra hamda mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa asosida ushbu xorijiy mamlakat hududi va undagi obyektlar (koʻchatxona nomi) boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasiga fitosanitar xavfi yuqori boʻlgan karantin ostidagi mahsulotlar olib kirish mumkin boʻlgan xorijiy mamlakat korxonalari roʻyxati” shakllantirilib, Agentlik tomonidan tasdiqlanadi va uch ish kuni davomida Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakatlardan olib kelingan yuqori fitosanitar xavfga ega ekish materiallari ekilgan maydonlarda oʻsimlikning va u bilan yashirin tarzda kirib kelishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyekti biologiyasidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan dala nazorati monitoringi amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 8-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185-1, 16.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy mamlakatlardan keltirilgan urugʻlik va ekish materiallari ekilgan maydonlarda oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida masʼul xodim ajratishi va bu haqda yozma ravishda tegishli oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini xabardor etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishi, oʻsimliklarda oʻsimliklar karantini obyektlari, va boshqa nomaʼlum hasharot, kasallik belgilari hamda begona oʻtlar aniqlangan taqdirda esa bu haqda tegishli oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini bir kun ichida xabardor qilishi, shuningdek aniqlangan zararli organizmlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishi natijasida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborilishini yuzasidan

ARIZA

__________________________________

(murojaat etilayotgan tashkilot nomi)

__________________________________
__________________________________

(murojaatchining F.I.O. yashash joyi;
‎yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri)

Koʻchatxonaning toʻliq nomi, pochta manzili (ishlab chiqarish, joʻnatish joylari)

______________________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotni qabul qilib oluvchining nomi, telefon raqami va manzili

______________________________________________________________________

Karantin ostidagi mahsulotni ekish/koʻpaytirishni amalga oshiradigan yuridik shaxs, YTT, fermer xoʻjaligining nomi va manzili

______________________________________________________________________
Mahsulot turi, navi va miqdori
______________________________________________________________________
Koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish chegara posti
______________________________________________________________________
Bojxona rasmiylashtirish joyi (1*)________________________________________________________
Karantin ostidagi mahsulotni yetkazib berish shartnomasi/ xalqaro savdo kontrakti (mavjud boʻlsa ilova qilinadi) _____________________________________________________________________________
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish rejasi (maqsadi) (2*) (mavjud boʻlsa ilova qilinadi/yoki maqsad koʻrsatiladi)
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
(toʻldirilgan sanasi va vaqti)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1*. Karantin ostidagi mahsulotning erkin muomalaga chiqarishdan oldingi bojxona rasmiylashtiruvi joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2*. Mahsulot olib kirilishi rejalashtirilayotgan hajmi, muddati va yetkazib berish joyi, horij mamlakatdan mahsulot yuklash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish davri, mahsulotni respublikaga ekish joyi (manzillar aniq boʻlgan hollarda koʻrsatiladi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3185/3786-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son; 11.09.2024-y., 10/24/3185-2/0702-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)