21.09.2019 yildagi 793-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda hududlarni diversifikatsiya qilish va jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish, aholi daromadlari va hayot sifatini oshirish, shuningdek, investitsiya jozibadorligini yaxshilashni ta’minlaydigan milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar mamlakatga xorijlik turistlar oqimini hamda mehmonxona fondini ko‘paytirish imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatining Xonobod shahardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq shahargacha yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish hamda avtomagistral yo‘llar bo‘yida turistik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishni nazarda tutuvchi “O‘zbekistonning turistik magistrali” turistik transport yo‘lagi tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, turistik infratuzilmaning joriy holati va mamlakatimizga kelayotgan chet ellik fuqarolar va aholiga ko‘rsatilayotgan turistik hamda boshqa tegishli xizmatlar sifati ularni diversifikatsiya qilish hamda yaxshilashga doir muhim qarorlarni qisqa muddatlarda qabul qilishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublikadagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish bo‘yicha mavjud 4 mingdan ortiq stansiyalarning atigi 20 foizi sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan ta’minlangan. Bu esa fuqarolar, shu jumladan turistlarning ko‘plab murojaatlari va shikoyatlariga sabab bo‘lmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va turistlar uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (keyingi o‘rinlarda AGTKS deb ataladi), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (keyingi o‘rinlarda AGQS deb ataladi) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (keyingi o‘rinlarda AYOQS deb ataladi) egalariga AGTKS, AGQS va AYOQS hududida qonunchilik talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilish tavsiya etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan (keyingi o‘rinlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari deb ataladi) jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha hududiy ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. AGTKS, AGQS va AYOQSlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar rahbarlariga Respublika ishchi guruhiga har tomonlama yordam ko‘rsatish, shuningdek, yuzaga keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar ishiga davlat boshqa organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham jalb qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlarning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari hamda talablari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan so‘zsiz bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika ishchi guruhi (Qo‘chqorov, Abduhakimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda ushbu qaror talablarini bajarish jadvali ishlab chiqilishi va Respublika va hududiy ishchi guruhlar a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha AGTKS, AGQS va AYOQSlarda 2020-yil 1-martgacha sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining faoliyat ko‘rsatishini tashkil etishni muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-martgacha bo‘lgan muddatda bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yakuniy axborot kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlarni ularning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, ularda sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda xatlov natijalariga ko‘ra, AGTKS, AGQS va AYOQS egalari bo‘lgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni ikki oy muddatda bartaraf etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nazorat uchun talablar yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-fevralgacha bo‘lgan muddatda avval qo‘yilgan talabning to‘liq bajarilganligini o‘rgansin va ushbu talab bajarilishi ta’minlanmagan holatda esa, mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tegishli organlarga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-fevralgacha bo‘lgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotni Respublika ishchi guruhiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik normalari va qoidalariga AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud bo‘lishi majburiyligini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirishlar, shuningdek, ularni qurish bo‘yicha talablarni o‘n kun muddatda kiritsin va keyinchalik bajarilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarorlari hamda talablari, shuningdek, aniqlangan kamchiliklar ikki oy muddatda bartaraf etilmasligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ hududiy bo‘linmalari tomonidan — AGTKSlarga gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftgaz” AJ hududiy neft bazalari tomonidan — aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagunicha AYOQSlarga neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan — litsenziya talablari va shartlari belgilangan tartibda bajarilmaganligi munosabati bilan AGTKS va AYOQSlar orqali siqilgan va suyultirilgan gazni sotish faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish haqida choralar ko‘rilishi uchun asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarorlari hamda talablarini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga qat’iy amal qilingan holda amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorining 4-bandi oltinchi xatboshiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQShlarni sanitariya, ekologiya, yong‘in xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qilinishini ta’minlashi va to‘liq javob berishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-noyabrgacha bo‘lgan muddatda AGTKS, AGQS va AYQShlarga, zarurat bo‘lganda, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qo‘shimcha yer uchastkalari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘z vaqtida qurilishi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalar mavjud bo‘lmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlar qurilishi va ularni foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha nazoratni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlar hududida sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash to‘liq yakunlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda hududlarda savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat ko‘rsatishi tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda servis obyektlarini tadbirkorlik subyektlariga beg‘araz asosda berish uchun “Service area” toifasiga (avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, motellar, texnik servis punktlari, avtomobillarni yuvish shoxobchalari, do‘konlar, sanitariya-gigena shoxobchalari va wi-fi nuqtalari) va “Service point” toifasiga (avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar, sanitariya-gigena shoxobchalari) ajratgan holda joylashtirishning namunaviy master-rejasini ikki oy muddatda jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda namunaviy master-rejaning O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iltimosnomasiga ko‘ra, yuridik shaxslar servis obyektlarini tashkil qilishda ularga servis obyektlaridan 3 kilometr radiusda quyidagi toifalarni 3 yil muddatga beg‘araz asosda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Service area” — tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) o‘rnatish uchun 5 ta nuqta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Service point” — tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) o‘rnatish uchun 2 ta nuqta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda AGTKS, AGQS va AYOQSlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob bermasligi masalalari bo‘yicha murojaatlarini qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining call-markazi faoliyat ko‘rsatayotgani haqidagi axborot tarqatilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi jismoniy va yuridik shaxslarning o‘rnatilgan sanitariya shoxobchalari mos kelmasligi masalalari bo‘yicha call-markaz orqali kelgan murojaatlari to‘g‘risidagi axborotni tegishli vakolatli organlarga choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda tezkor yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda AGTKS, AGQS va AYOQSlarga tutash hududlarda 6.14 yo‘l belgisi belgilangan tartibda o‘rnatilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda 2020-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turistik sohani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukofot fondi va g‘oliblarga “Quality service” sertifikati berilishini nazarda tutuvchi “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS” tanlovining o‘tkazilishini tashkil qilsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l bo‘yi va turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-martdagi 51-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
793-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Respublika ishchi guruhi hamraisi

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Respublika ishchi guruhi hamraisi

A.S. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri

A.K. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

B.I. Zakirov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri

M.X. Soliyev

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi

A.U. Akkulov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

N.T. Agzamov

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

B.B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

B.B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

U.X. Sayidov

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

F.U. Davrukov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

lavozimi bo‘yicha 

kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, hududiy ishchi guruhlar rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, hududiy ishchi guruhlar rahbarlarining o‘rinbosarlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, hududiy ishchi guruhlar rahbarlarining o‘rinbosarlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz yetkazib berish tashkilotlari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

“O‘zbekneftgaz” AJning hududiy neft bazalari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

“O‘ztransgaz” AJning hududiy neft bazalari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha departamentlari direktorlari (hududiy boshqarma rahbarlari), hududiy ishchi guruhlar kotiblari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGTKS, AGQS va AYOQSlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddatlar

Subyektlar

1-bosqich

Ushbu qaror talablarini bajarish jadvalini ishlab chiqish va Respublika hamda hududiy ishchi guruhlar a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash

uch kun muddatda

Respublika ishchi guruhi

2-bosqich

Shaharsozlik normalari va qoidalariga AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud bo‘lishi majburiyligini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirishlar, shuningdek, ularni qurish bo‘yicha talablarni kiritish.

o‘n kun muddatda

Qurilish vazirligi

3-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlarni ularning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, ularda sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Hududiy ishchi guruhlari

4-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob bermasligi masalalari bo‘yicha murojaatlarini qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining call-markazi faoliyat ko‘rsatayotgani haqidagi axborot tarqatilishini ta’minlash.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5-bosqich

AGTKS, AGQS va AYQShlarga, zarurat bo‘lganda, jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qo‘shimcha yer uchastkalari ajratish.

2019-yil
20-noyabrga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6-bosqich

1. Xatlov natijalariga ko‘ra, AGTKS, AGQS va AYOQSlarda aniqlangan kamchiliklarni ikki oy muddatda bartaraf etish to‘g‘risida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nazorat uchun talablar yuborish.

2. Avval qo‘yilgan talabning to‘liq bajarilganligini o‘rganish va ushbu talab bajarilishi ta’minlanmagan holatda esa, tegishli choralar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tegishli organlarga yuborish.

3. AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotni Respublika ishchi guruhiga kiritish.

2019-yil
1-dekabrga qadar


2020-yil
10-fevralga qadar


2020-yil
20-fevralga qadar

Hududiy ishchi guruhlari

7-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

2020-yil
1-martga qadar

Respublika ishchi guruhi

8-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlar hududida sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlashni to‘liq yakunlash.

2020-yil
1-martga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9-bosqich

Bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yakuniy axborot kiritish.

2020-yil
15-martga qadar

Respublika ishchi guruhi

10-bosqich

Hududlarda savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turistik sohani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukofot fondi va g‘oliblarga “Quality service” sertifikati berilishini nazarda tutuvchi “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS” tanlovining o‘tkazilishini tashkil qilish.

2020-yildan boshlab har yili

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Hududiy ishchi guruh

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorining 4-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma AYOQS egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy bo‘linmalarining AYOQS mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, yong‘inga qarshi talablar, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjudligi to‘g‘risidagi tegishli xulosalari taqdim etilgan holda tuziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oltinchi xatboshiga “yong‘in xavfsizligi” so‘zlaridan keyin “shaharsozlik normalari va qoidalariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 19/19/793/3787-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)