20.09.2019 yildagi 789-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va san’atning xalq hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at bilan yaqindan bahramand etishni nazarda tutib yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng qamrab olish, shuningdek, teatr-studiyaning to‘laqonli faoliyat yuritishini tashkil etish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda teatr-studiya deb ataladi) binosida homiylik xayriyalari hisobiga qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar teatr-studiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tomonidan ijro etilgan badiiy jihatdan yuksak, xalqchil asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini yaratish va namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va qo‘shiqchilik san’ati orqali bolalarni milliy mumtoz san’at, jahon klassik musiqasi, shuningdek, xalq ijodiyotining yorqin namunalari bilan tanishtirish va o‘rgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar orasida teatr va tomosha san’atini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli bolalarni kashf etish, ularni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy muassasalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli bolalar festivallari, ko‘rik-tanlovlar, madaniyat, san’at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, ijodiy kechalar tashkil qilish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va xorijda teatr va tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi shtatlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar teatr-studiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyaning spektakl, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishi va gastrol faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, teatr-studiyaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar uning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda teatr-studiyaning yangi tahrirdagi ustavining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirlar samarali o‘tkazilishini ta’minlash uchun teatr-studiyaga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga bitta yengil avtomobil va bitta avtobus xarid qilish hamda saqlash uchun limit belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
789-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShTATLARI

T/r

Tarkibiy bo‘linmalar va lavozimlarning nomi

Shtat birligining soni

I. Ma’muriy boshqaruv xodimlari

1.

Direktor

1

2.

Direktor o‘rinbosari

1

3.

Bosh muhandis

1

4.

Bosh administrator

1

5.

Bosh buxgalter

1

6.

Libosxona mudiri

1

II. Badiiy boshqaruv xodimlari

7.

Badiiy rahbar

1

8.

Bosh rejissor

1

9.

Bosh baletmeyster

1

10.

Badiiy sahnalashtirish bo‘limi mudiri

1

11.

Musiqa bo‘limi mudiri

1

12.

Adabiy bo‘lim mudiri

1

13.

Truppa rahbari

1

III. Badiiy xodimlar

14.

Sahnalashtiruvchi rejissor

1

15.

Sahnalashtiruvchi rassom

1

16.

Modelyer rassom

1

17.

Bezakchi rassom

1

18.

Xormeyster

1

19.

Baletmeyster

1

20.

Konsertmeyster

1

21.

Balet repetitori

1

22.

Vokal repetitori

1

23.

Ovoz rejissori

2

24.

Ovoz operatori

1

25.

Chiroq bo‘yicha rassom

1

IV. Ijodiy xodimlar

26.

Artist-vokalist (solist)

10

V. Mutaxassislar

27.

Yuriskonsult*

1

28.

O‘qituvchi

1

29.

Kadrlar bo‘yicha inspektor

1

VI. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

30.

Chiroq yorituvchi

2

31.

Liboschi

1

32.

Sahna mashinisti

2

33.

Qorovul

**

34.

Ish yurituvchi

1

35.

Videomuhandis

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* yuriskonsult lavozimining tarif razryadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasini kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda — 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

1. Mazkur shtatlarda nazarda tutilgan xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida“ 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi shtatlariga, ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga quyidagi bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi lavozimlar kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromontyor lavozimi — 700 tagacha yoritish nuqtalari (o‘chirish-yoqish, rozetka va korobka) (teatr-studiya balansida bo‘lgan ko‘chani yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq bo‘lsa, 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilangar (chilangar-santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, 2,0 birlikdan ortiq emas);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
duradgor lavozimi — teatr-studiya binosining foydalaniladigan 3500 kv.m va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning ichki qismi, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi lavozimi balansda mavjud har bir foydalanilayotgan avtotransport vositasi uchun 1,0 birlik hisobida kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chipta kassiri va chipta nazoratchisi 1,0 birlik hamda tomosha zali nazoratchisi 2,0 birlik hisobida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2010-yil 3-dekabrdagi 285-son qarorining 2, 5 va 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat teatrlari toifalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” va “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasalarining bazaviy lavozim maoshlari 2-guruh asosida qo‘llaniladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)