27.08.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzarolik shartlari asosida va oʻz davlatlarining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa Tomon davlatiga ishbilarmonlik maqsadlari bilan tashrif buyurish istagida boʻlgan Tomonlar davlatlarining ishbilarmon doiralari vakillari uchun vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan jarayonini joriy qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadi uchun “ishbilarmon doiralar vakillari” deganda, Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq qonuniy tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan Tomonlar davlatlarining fuqarolari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasiga ishbilarmonlik maqsadlari bilan tashrif buyuradigan Xitoy tomoni ishbilarmon doiralari vakillariga 6 (olti) oy muddatga qadar boʻlgan koʻp martalik vizalarni taklif etuvchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan eʼtiboran 5 (besh) ish kuni ichida (hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmagan holda) rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari Xitoy Xalq Respublikasiga ishbilarmonlik maqsadlari bilan tashrif buyuradigan Oʻzbekiston tomoni ishbilarmon doiralari vakillariga 6 (olti) oy muddatga qadar boʻlgan koʻp martalik vizalarni arizachi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan eʼtiboran 5 (besh) ish kuni ichida (hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmagan holda) rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha koʻrib chiqish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan istisno hollarda, vizalarni rasmiylashtirish muddatlari yuqorida koʻrsatilgan muddatlar bilan cheklanmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, boshqa Tomon davlatining ishbilarmon doiralari vakillariga 6 (olti) oy muddatga qadar boʻlgan koʻp martalik vizalarni boshqa Tomon davlati Tashqi ishlar vazirligi yoki diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining tegishli taklif etuvchi tashkilot taklifnomasi ilova qilingan rasmiy notasi boʻyicha ham rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan hujjatlar roʻyxati mazkur Bitim imzolangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Tomonlar oʻrtasida verbal notalar almashish yoʻli bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy tomonidan — Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim bir Tomon davlati hududida boʻlishi maqsadga muvofiq hisoblanmaydigan boshqa Tomon fuqarolarining kirishini taqiqlash yoki boʻlib turishini cheklash boʻyicha Tomonlarning huquqlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining mazkur Bitimning 1-moddasida koʻrsatilgan fuqarolari boshqa Tomon davlatining qonunchiligi va qoidalariga, shu jumladan, xorijiy fuqarolarning kirish, chiqish va boʻlib turish tartibiga rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining mazkur Bitimning 1-moddasida koʻrsatilgan fuqarolari boshqa Tomon davlati hududi boʻylab xalqaro yoʻlovchi qatnovi uchun ochiq boʻlgan yoki ikkala Tomon oʻrtasida kelishilgan oʻtkazish punktlari orqali kiradilar, chiqadilar va tranzit oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim amal qilishini milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibi, aholining xavfsizligi va sogʻligʻini saqlash sabablari boʻyicha vaqtinchalik, qisman yoki toʻliq toʻxtatish huquqini oʻzlarida saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday choralarni koʻruvchi Tomon boshqa Tomonni imkon qadar qisqa muddatlarda, biroq 24 (yigirma toʻrt) soatdan kechiktirmagan holda, ushbu choralarni qoʻllash va tegishlicha ularni bekor qilish haqida diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar ularni ikki tomonlama muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan soʻng kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomasini olgan sanadan boshlab toʻqson kun oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pekin shahrida 2019-yil 27-avgustda ikki nusxada, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)