18.09.2019 yildagi 785-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining binolari kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida 2018-yil 17-avgustda Toshkentda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda Bitim deb ataladi) amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tojikiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining binolari kompleksini qurish va jihozlash uchun Dushanbe shahrida joylashgan umumiy maydoni 1,2 gektardan iborat yer maydoni ajratganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining elchixona binosi, fuqarolarni konsullik masalalari boʻyicha qabul qilish uchun alohida bino, elchi uchun qarorgoh, nazorat-oʻtkazish punktlari, muhandislik-texnik blok, sport inshootlari, 6 ta mashina uchun yopiq garaj, elchixona xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq avtoturar joy kabi obyektlardan iborat binolari kompleksini (keyingi oʻrinlarda kompleks deb ataladi) qurish va jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompleksni qurish va jihozlash doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK — bosh loyihachi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Trest-12” AJ — bosh pudratchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-oktabr — foydalanishga topshirish muddati etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining kompleksni qurish va jihozlash ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslangan hisob-kitoblarga koʻra kompleksni qurish va jihozlash ishlari uchun 30 foizgacha avans hamda zarur qurilish materiallari va jihozlarini xarid qilish uchun 100 foiz toʻlov uchun mablagʻni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga tanlov va tender savdolari oʻtkazmasdan (maxsus elektron axborot portalida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon joylashtirmasdan xamda xarid qilish tartib-tamoyillarini elektron shaklga oʻtkazmasdan), mahsulot ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish asosida mahalliy va import qurilish materiallarini, asbob-uskunalar, jihozlar va boshqa inventarlarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali yordamchi loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilashga hamda ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti bilan kompleksni qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Tojikiston Respublikasi hududida boʻlish davrida ularning hayoti va sogʻligini sugʻurtalash shartnomasi hamda kompleksni qurish va jihozlash davrida qurilish xavflarini sugʻurtalash shartnomalari tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni loyihalashtirish, qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Tojikiston Respublikasining vakolatli organlarida oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha propiska qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarga kompleksni qurish hamda jihozlash davomida safarbarlik ishlarini tashkil etishga koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh pudratchi tashkilotga Tojikiston Respublikasi banklarida hisobraqamlar ochish va ajratilgan mablagʻlar doirasida xorijiy valyutani belgilangan tartibda xarid qilish hamda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda, valyuta mablagʻlarini kompleksni qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash (Tojikiston Respublikasi hududida olinadigan yigʻimlar, soliqlar, toʻlovlar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar) uchun keyinchalik ushbu hisobraqamlarga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotga valyuta mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish boʻyicha shaxsiy maʼsuliyat yuklansin. Bunda kompleksni qurish va jihozlash ishlari yakunlangach, shuningdek, Tojikiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlar yopilgandan soʻng bosh pudratchi tashkilot foydalanilmay qolgan valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytarish uchun buyurtmachiga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitimning 10-moddasiga muvofiq faqat kompleksni qurish va jihozlash uchun olib kiriladigan materiallar va uskunalar Tojikiston tomonidan barcha turdagi bojxona toʻlovlari va soliqlardan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kompleksni qurish va jihozlash uchun zarur olib kiriladigan qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskunalar hamda boshqa tovarlarning bojxona bojlari undirilmasdan bojxonada tezkor rasmiylashtirlishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakillantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida kompleksni qurish va jihozlash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kompleksni qurish va jihozlash ishlarining oʻz vaqtida yakunlanishini taʼminlash maqsadida, istisno tariqasida, 2022-yil 1-iyunga qadar kompleksni qurish va jihozlash ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi kompleksning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan muddatgacha ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni qurish va jihozlash uchun qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskunalar va boshqa tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab Tojikiston Respublikasiga olib oʻtilishi va qaytarib olib kelinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini bajarishga jalb etiladigan shaxslar uchun harakatlanish hujjatlari bron qilinishi va sotib olinishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha kompleksni qurish hamda jihozlash ishlarini bajarishda ishtirok etadigan shaxslarga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
785-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/785/3767-son)