17.08.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarining joylashishi va ish faoliyati uchun tegishli sharoitlarni taʼminlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1961-yil 18-apreldagi Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomoni Tojikiston Respublikasiga Toshkent shahrida joylashgan, binolar va tranzit kommunikatsiyalaridan holi, umumiy maydoni 1,2 gektarga teng yer uchastkasini Tojikiston Respublikasi Elchixonasi binolari va inshootlarini Tojikiston tomoni hisobidan qurish uchun qirq toʻqqiz (49) yil muddatga foydalanish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdori yiliga bir AQSh dollarini tashkil etadi.

Yer uchastkasining aniq joylashuv oʻrni va uning chegaralari mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Rejada (1-sonli Ilovada) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston tomoni Oʻzbekiston Respublikasiga Dushanbe shahrida joylashgan, binolar va tranzit kommunikatsiyalardan holi, umumiy maydoni 1,2 gektarga teng yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining binolari va inshootlarini Oʻzbekiston tomoni hisobidan qurish uchun qirq toʻqqiz (49) yil muddatga foydalanish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdori yiliga bir AQSh dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining aniq joylashuv oʻrni va uning chegaralari mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Rejada (2-sonli Ilovada) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalari qarzlardan, uchinchi tomonlarning huquqlaridan holi, garovga qoʻyilmagan va ulardan mazkur Bitim maqsadlarida foydalanishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan biror boshqacha tarzda qiyinchilik tugʻdirmaydigan holda taqdim etilishini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalaridan Tomonlar faqat mazkur Bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini oladigan davlat Tomoni qabul qiluvchi davlat Tomonining aniq ifodalangan yozma roziligisiz mazkur Bitimga muvofiq taqdim etiladigan yer uchastkasini kengaytirishga, sotishga, unga qiyinchilik tugʻdirishga, uchinchi tomonga mulk qilib topshirishga, ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarida qurilgan bino va inshootlar sotiladigan yoki berib yuboriladigan boʻlsa, qabul qiluvchi davlat ularni olish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning amal qilishi sotilgan va berib yuborilgan koʻchmas mulkka nisbatan oʻz-oʻzidan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzarolik asosida oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq, mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan binolar, inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va yer uchastkalaridan foydalanish huquqini ularning qurilishi yakunlanganidan soʻng, imkon qadar qisqa muddatlarda yuridik rasmiylashtirishni taʼminlaydilar. Tomonlar oʻzaro kelishilgan muddatlarda tegishli hujjatlar bilan bir vaqtda almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari diplomatik vakolatxonalarining faoliyatini taʼminlash maqsadida mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilganlardan tashqari yer uchastkalarini ijaraga olish masalalari alohida xalqaro shartnomalar shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻz budjet mablagʻlari hisobidan boshqa Tomonga taqdim etilgan yer uchastkasi chegarasigacha yoʻllarni, muhandislik kommunikatsiyalarini (elektr va telefon liniyalari, suv quvurlari, kanalizatsiya va gaz quvurlari) oʻtkazishni amalga oshiradi va shuningdek, ushbu kommunikatsiyalarni shahar tarmoqlariga ulaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlarning qurilishi faqatgina qabul qiluvchi davlat qonunchiligi talablariga muvofiq qurilish yoki taʼmirlashga ruxsat olingandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini taqdim etgan Tomonning aybi bilan qurilish ishlari toʻxtab qolgan taqdirda, u qurayotgan Tomonga qurilishning toʻxtab qolishi yoki tugatilishi tufayli koʻrilgan ziyon uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar taqdim etilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlarning qurilishi uchun qurilish materiallari va uskunalarni olib kirish huquqiga ega. Yer uchastkasini taqdim etgan Tomon boshqa Tomonni faqat diplomatik vakolatxonalar binolari va inshootlarini qurish, uskunalash va jihozlash maqsadida olib kelinadigan materiallar va asbob-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari va soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar qabul qiluvchi davlatga oʻz obyektlarini qurish va taʼmirlashga tayyorlash hamda amalga oshirish uchun talab etiladigan quruvchilar, texnik nazorat mutaxassislari va texnik xodimlardan iborat shaxslarni joʻnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalari, qabul qiluvchi davlat tomonidan solinadigan soliqlar va yigʻimlarning barcha turlaridan ozod etiladi, yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan foydalanuvchi Tomon binolar va inshootlardan, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish va ularni taʼmirlashning barcha turlarini, yer uchastkalarini saqlab turishni oʻz hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlardan (gaz taʼminoti, elektr, suv taʼminoti, kanalizatsiya, hududni tozalash va xizmatning shunga oʻxshash boshqa turlari), barcha turdagi aloqa xizmatlaridan foydalanganlik uchun, shuningdek, mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan koʻchmas mulkni taʼmirlash va saqlash uchun toʻlovlar qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari uchun amalda boʻlgan normativ va tariflar boʻyicha mazkur davlat valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi asosida mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda nizolar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi va qirq toʻqqiz (49) yillik muddatga tuziladi. Tomonlardan biri yozma ravishda boshqa Tomonga joriy davr tugashidan kamida bir yil avval mazkur Bitimning amal qilishini uzaytirmaslik niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, uning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi qirq toʻqqiz (49) yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 17-avgustda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida Bitimga
1-sonli ILOVA

Yer uchastkasi manzili: Zulfiyaxonim va Sebzor koʻchalari kesishmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida Bitimga
2-sonli ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi manzili: Abu Ali ibn Sino tumani, Abu Ali ibn Sino prospektining orqa tomoni