11.09.2019 yildagi 761-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son qaroriga muvofiq hamda agrosanoat majmui mahsulotlarini kompleks qayta ishlash, saqlash va sotishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mavsumdan qatʼi nazar, yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish hajmlarini oshirish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda OTB deb ataladi) oʻrtasida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2019-yil 4-mayda yillik 2 foiz stavkada, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan qiymati 197,0 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning umumiy qiymati 244,75 mln AQSh dollari ekvivalentini, ulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197 mln AQSh dollarini OTB qarzi tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi 47,75 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida — 39,15 mln AQSh dollarini va investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklida — 8,6 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻyicha agrologistika komplekslarini (keyingi oʻrinlarda agrokomplekslar deb ataladi) qurish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi loyiha buyurtmachisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) loyihani amalga oshirish davrida muvofiqlashtirish, shuningdek, monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agentlik tomonidan taʼsis etiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda loyihani amalga oshirish davrida foizlar Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarining mahalliy budjetlari hisobidan toʻlanadi va keyinchalik ular agrokomplekslarni boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan, shu jumladan agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan toʻliq qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish yakunlangandan soʻng (2024-yildan boshlab) qarzni qoplash va foizlarni toʻlash agrokomplekslarni boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan, shu jumladan agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining agrokomplekslarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini jahon standartlariga muvofiq tayyorlash uchun “Ranjis-Samaris” (Fransiya) kompaniyasi bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish hamda tuzilgan shartnoma doirasida xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining “Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining “Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarzini qoplash, shuningdek, ushbu qarz boʻyicha foizlar toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarning joylashuvi va eksportga yetkazib berishni rivojlantirishda ularning ahamiyatini hisobga olib hamda loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida OTBning qarz mablagʻlarini jadal oʻzlashtirishni nazarda tutgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga kiritiladigan tuzatishlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik qarz bitimi parametrlari doirasida loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilsin va agrokomplekslarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish, jumladan, ularni yangi meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saralash, saqlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun transport vositalari bilan taʼminlash uchun konsalting va pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha xalqaro tanlov savdolarini oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Agentlik bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq sxema asosida agrokomplekslarni boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni taʼsis etsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni qurish va keyinchalik ulardan samarali foydalanishni nazorat va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash hamda ushbu mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish boʻyicha zamonaviy liniyalarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish maqsadida agrokomplekslarga xususiy sektorni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslar hududida milliy va xalqaro standartlarga muvofiq laboratoriyalar, sanitariya-epidemilogiya, fitosanitariya nazorati va mahsulotlarni sertifikatlash punktlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarda xususiy sektor, transport-logistika tashkilotlari, davlat bojxona xizmati organlari, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari, sanitariya-epidemilogiya, fitosanitariya nazorati va mahsulotlarni sertifikatlash organlarining samarali oʻzaro hamkorligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari loyihani amalga oshirish doirasida ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi yetakchi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish va ularni agrokomplekslarni qurish loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilishni, xalqaro konsalting kompaniyalaridan agrokomplekslar qurilishi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni olish, shuningdek, agrokomplekslarni tashkil etishning barcha bosqichlarida, shu jumladan loyihalashtirish bosqichida takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Energetika vazirligi hamda Transport vazirligi bilan birgalikda agrokomplekslar va yordamchi obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishi, shuningdek, agrokomplekslarni muhandislik, yoʻl va transport infratuzilmasiga ulash uchun texnik shartlar berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari — bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) hamda qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslar daromad soligʻidan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotish boʻyicha qarzga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash mexanizmini oʻz ichiga olgan tartibni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, elektron tovar-xomashyo birjasini hamda uning faoliyat koʻrsatishini tashkil qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga loyihaning belgilangan tartibda kiritilishini oʻz ichiga olgan hukumat qarorining loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyevga — OTB qarz mablagʻlari oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori Sh.Sh. Shoahmedovga — Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, agrokomplekslar qurilishini jadallashtirish va ularning tez ishga tushirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon (Sh. Abdurahmonov), Samarqand (E. Turdimov) va Toshkent (R. Xolmatov) viloyatlari hokimlariga — loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan barcha tashkiliy-texnik tadbirlar oʻtkazilishi, shu jumladan yer uchastkalari ajratilishi, muhandislik va yoʻl transport infratuzilmasiga ulash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A Xodjayev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
761-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/761/3736-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)