11.09.2019 yildagi 761-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son qaroriga muvofiq hamda agrosanoat majmui mahsulotlarini kompleks qayta ishlash, saqlash va sotishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mavsumdan qat’i nazar, yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish hajmlarini oshirish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda OTB deb ataladi) o‘rtasida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2019-yil 4-mayda yillik 2 foiz stavkada, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan qiymati 197,0 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning umumiy qiymati 244,75 mln AQSh dollari ekvivalentini, ulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197 mln AQSh dollarini OTB qarzi tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi 47,75 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida — 39,15 mln AQSh dollarini va investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklida — 8,6 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha agrologistika komplekslarini (keyingi o‘rinlarda agrokomplekslar deb ataladi) qurish nazarda tutilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi loyiha buyurtmachisi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) loyihani amalga oshirish davrida muvofiqlashtirish, shuningdek, monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Markaz tomonidan ta’sis etiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda loyihani amalga oshirish davrida foizlar Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarining mahalliy budjetlari hisobidan to‘lanadi va keyinchalik ular agrokomplekslarni boshqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan, shu jumladan agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘liq qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish yakunlangandan so‘ng (2024-yildan boshlab) qarzni qoplash va foizlarni to‘lash agrokomplekslarni boshqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan, shu jumladan agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining agrokomplekslarni qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini jahon standartlariga muvofiq tayyorlash uchun “Ranjis-Samaris” (Fransiya) kompaniyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish hamda tuzilgan shartnoma doirasida xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining “Meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarziga xizmat ko‘rsatish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining “Meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarzini qoplash, shuningdek, ushbu qarz bo‘yicha foizlar to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarning joylashuvi va eksportga yetkazib berishni rivojlantirishda ularning ahamiyatini hisobga olib hamda loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida OTBning qarz mablag‘larini jadal o‘zlashtirishni nazarda tutgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga kiritiladigan tuzatishlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz qarz bitimi parametrlari doirasida loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilsin va agrokomplekslarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish, jumladan, ularni yangi meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saralash, saqlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish uchun transport vositalari bilan ta’minlash uchun konsalting va pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov savdolarini o‘tkazsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq sxema asosida agrokomplekslarni boshqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni ta’sis etsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni qurish va keyinchalik ulardan samarali foydalanishni nazorat va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash hamda ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish bo‘yicha zamonaviy liniyalarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish maqsadida agrokomplekslarga xususiy sektorni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslar hududida milliy va xalqaro standartlarga muvofiq laboratoriyalar, sanitariya-epidemilogiya, fitosanitariya nazorati va mahsulotlarni sertifikatlash punktlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarda xususiy sektor, transport-logistika tashkilotlari, davlat bojxona xizmati organlari, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari, sanitariya-epidemilogiya, fitosanitariya nazorati va mahsulotlarni sertifikatlash organlarining samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari loyihani amalga oshirish doirasida ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi yetakchi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish va ularni agrokomplekslarni qurish loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilishni, xalqaro konsalting kompaniyalaridan agrokomplekslar qurilishi to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olish, shuningdek, agrokomplekslarni tashkil etishning barcha bosqichlarida, shu jumladan loyihalashtirish bosqichida takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Energetika vazirligi hamda Transport vazirligi bilan birgalikda agrokomplekslar va yordamchi obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishi, shuningdek, agrokomplekslarni muhandislik, yo‘l va transport infratuzilmasiga ulash uchun texnik shartlar berilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrokomplekslarni tadbirkorlik subyektlariga sotish bo‘yicha qarzga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmini o‘z ichiga olgan tartibni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, elektron tovar-xomashyo birjasini hamda uning faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga loyihaning belgilangan tartibda kiritilishini o‘z ichiga olgan hukumat qarorining loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. Ganiyevga — OTB qarz mablag‘lari o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, agrokomplekslar qurilishini jadallashtirish va ularning tez ishga tushirilishini ta’minlash;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon (Sh. Abdurahmonov), Samarqand (E. Turdimov) va Toshkent (R. Xolmatov) viloyatlari hokimlariga — loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan barcha tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazilishi, shu jumladan yer uchastkalari ajratilishi, muhandislik va yo‘l transport infratuzilmasiga ulash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A Xodjayev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
761-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/761/3736-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)