11.09.2019 yildagi 756-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020
 LexUZ sharhi
5. Moliyaviy yordam olish uchun eksport qiluvchi tashkilot tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq moliyaviy yordam to‘g‘risida ariza va to‘ldirilgan anketa-talabnomani quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
7. Eksport qiluvchi tashkilotdan ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiq keladigan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan miqdordagi xarajatlarni qoplash uchun tovarlar, ishlar (xizmatlar) yetkazib beruvchining bank hisobraqamiga, amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha esa — qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobraqamiga mablag‘lar o‘tkazish orqali moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
18. Xarajatlarni qoplash bo‘yicha moliyaviy yordam ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Eksport qiluvchi tashkilot

Ariza, buyurtmanoma-anketa va boshqa hujjatlarni tayyorlash va to‘g‘ridan to‘g‘ri, pochta orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etish, jumladan:

eksport qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan va joriy moliyaviy yildagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan moliyaviy yordam berish maqsadlariga mos keladigan shartnomalar (bitimlar), to‘lov hujjatlari va (yoki) bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxalari;

xorijiy mamlakatlardagi ko‘rgazma-yarmarkalar, biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda haqiqatda qatnashganlikni tasdiqlovchi kafolat xati;

eksport qiluvchi tashkilotning soliqlar bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

muddati o‘tgan kreditorlik va debitorlik qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo‘yicha taqdimot materiallari, broshyuralar va bukletlar namunalari (ko‘rgazma yoki yarmarkada ishtirok etganda);

tovarlar, ishlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobat varaqasi (an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli bozorlarga olib chiqish uchun taqdimotlar
va reklama kampaniyalari o‘tkazishda)
.

Eksport qiluvchi tashkilotning ixtiyoriga
ko‘ra

2-bosqich

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki rad etishni ko‘rib chiqadi va bu haqida qaror chiqaradi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Eksport qiluvchi tashkilotga qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish
kuni mobaynida

4-bosqich

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunidan kechikmasdan

Buyurtmanoma-anketa


1.

Eksport qiluvchi tashkilotning nomi:

2.

Eksportni qiluvchi korxonaning veb-sayti (agar mavjud bo‘lsa):

3.

Eksport qiluvchi tashkilotning tashkil topgan yili:

4.

Joylashgan joyi (pochta manzili):

5.

Shtat (ishchilar soni):

6.

Ishlab chiqarish hajmi (miqdoriy va qiymat jihatdan):

7.

Yillik oborot (mln.so‘m):

8.

Murojaat qiluvchi shaxs (F.I.O., lavozimi):

9.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (tel., E-mail):

10.

Shunga o‘xshash tadbirlarda necha marta va qaysi birida ishtirok etgan
(oxirgi ikki yilda):

11.

Tadbirda namoyish etiladigan mahsulotlarning ro‘yxati:

12.

Taqdim etilayotgan mahsulot sertifikatlashni talab qiladimi:

13.

Tashkil etiladigan uchrashuvlarda tashrif buyurganlarning qaysi toifasini (maqsadli auditoriya) ko‘rishni xohlaysiz (distribyutyerlar, davlat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar, konsalting kompaniyalar, assotsiatsiyalar vakillari va boshqalar):

14.

Mahsulotlar eksport �ilinadigan mamlakatlar:

15.

Yillik eksprot hajmi (ming dollarda):

16.

Tadbir o‘tkaziladigan mamlakatda mahsulot sotib oladigan hamkorlar mavjudmi (xorijiy davlatlardagi ko‘rgazmalar-yarmarkalar, biznes- seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar doirasida):

17.

Taqdim etilgan mahsulotlarning asosiy raqobat ustunligini san�b bering:


Eksport qiluvchi tashkilot rahbari


Lavozimi_______________________________________
_____________________


F.I.O. ______________________________________________________________


Imzo________________________________________________________________