Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONALARIDA SAVDO-IQTISODIY MASALALAR BOʻYICHA MASLAHATCHI LAVOZIMINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, diplomatiya vakolatxonalari tomonidan savdo-iqtisodiy tusdagi masalalarni samarali hal etish, hamkorlikning yangi sohalari va istiqbolli shakllarini aniqlash, shuningdek, chet el investitsiyalarini jalb etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1-ilovaga muvofiq chet ellardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalarining shtat jadvaliga 1-ilovaga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1-ilovaga muvofiq savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarning shtat birliklarini moliyaviy taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-iyul,
238-son
Shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etish moʻljallanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari
1. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya, Litvadagi elchixonasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-yanvardagi PQ-563-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi.
12. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi.
13. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi.
14. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)