09.09.2019 yildagi PF-5816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifati darajasini oshirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, notarial xizmatlar koʻrsatishning tezkorligini oshirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan xususiy mulk egalari oʻz mulkini erkin tasarruf etishi va undan foydalanishida ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarni olib tashlash hamda sohani raqamlashtirish boʻyicha qator maqsadli vazifalarni amalga oshirish zamon talablaridan biri boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariat institutini raqamlashtirilgan modelga oʻtkazish, notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasini tartibga solish maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilganligi va unda quyidagi imkoniyatlar mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha notarial harakatlarni axborot tizim orqali onlayn tarzda monitoring qilish, noqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatish hamda fuqarolarning shaxsini aniqlashda zamonaviy tekshirish usullaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni axborot tizimda majburiy qayd etish va har bir hujjatga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish, shu orqali suiisteʼmolchiliklarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan notarial harakatlarni yagona elektron bazada qayd qilish, soxta notarial hujjatlarning rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik va hujjatlar haqidagi maʼlumotlar tarixini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning butun hududi boʻylab eksterritoriallik tamoyili asosida notarial xizmatlarni koʻrsatishning sifati va tezkorligi, xodimlar tomonidan oʻz funksional vazifalarining lozim darajada bajarilishi ustidan masofadan turib nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlar uchun toʻlovlarni avtomatik tarzda hisoblash va elektron toʻlovlarni oʻtkazish, ularni tasdiqlovchi xabarlar yuborish hamda idoralararo elektron axborot almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularni umumlashtirish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik taʼminlash va yuritishga masʼul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish adliya organlarida nodavlat notarial idoralarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, faoliyat yuritayotgan notariuslarga ularning arizalariga asosan notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli notarial okrugda qonun hujjatlariga muvofiq yetarli miqdordagi nodavlat notarial idoralar tashkil etilguniga qadar davlat notarial idoralari oʻz faoliyatini davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius oʻz kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notarial idoralarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar nodavlat notarial idoralar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda nodavlat notarial idoralarda qoladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, notariatning faol modeli doirasida xizmatlarni koʻrsatganlik uchun olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralar notariuslarining aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariat rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtalanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻrish, notarial idoralar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda notariuslarga uslubiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Notarial palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar notariuslarini birlashtiruvchi respublika nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslarning kirish va aʼzolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Notarial palatasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notarial idoralar notariuslari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tizimli va qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib hamda nodavlat notarial idoralar faoliyatini har tomonlama tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2019 — 2021-yillarda Notariat institutini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2020-yil 1-yanvardan mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirishda quyidagi talablar bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan uy-joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxs nomidan mol-mulklarni ijara (arenda)ga berishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini olish (bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor etish sharti bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʻrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan — yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijara va tekin foydalanishga berish hamda birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalarini olishda ipoteka, garov va lizing shartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qoʻyish va taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar bank va boshqa kredit tashkilotlariga mazkur bandda nazarda tutilgan garov (ipoteka) shartnomalari doirasida taqiq qoʻyish va taqiqni yechish imkoniyatlarini yaratish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2020-yil 1-yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha boʻlgan jarayonda dalillarni taʼminlash (guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib olish, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, Internet tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi oʻrnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha taraflarning toʻlov majburiyatlarini bajarishi ixtiyoriy ravishda notarius depoziti orqali amalga oshiriladi. Bunda koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda, ularni tegishli mablagʻni notarius depozitiga oʻtkazish orqali toʻlash yoki ularning asosliligini tekshirish imkoniyati mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib xizmat koʻrsatish orqali videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qogʻoz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega boʻladi va davlat organi yoki mansabdor shaxs ularni tan olishdan bosh tortishi taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oshirishda ushbu arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarni taqdim etmasdan, ularni noyob raqam orqali tekshirtirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxsga notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan hujjat nusxalarini notarial idoraga elektron tarmoq orqali oldindan joʻnatish yoʻli bilan elektron navbat olish va tegishli hujjatlarni tayyorlab qoʻyish imkonini beruvchi xizmat joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida elektron murojaat yuborish orqali idoraviy notarial arxivda mavjud boʻlgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish imkonini beruvchi xizmat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-yanvargacha, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta notarial idoralarda notarial idoraga kelmasdan turib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni (ijara va tekin foydalanishga berish shartnomalarini, boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan ishonchnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni (propiska qoʻyishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirishni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, masofadan turib xizmat koʻrsatish orqali rasmiylashtirilgan hujjatning asl nusxasini buyurtmachiga kuryer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati taʼminlanishi yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksperiment natijalari asosida 2021-yil 1-yanvarga qadar ushbu amaliyotni barcha notarial idoralarga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish, reytinglarni aniqlash, shuningdek, “sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazish orqali davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralar xodimlari tomonidan sodir etiladigan suiisteʼmolchiliklarni aniqlash maqsadida professional konsalting firmalarini shartnoma asosida jalb qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan koʻchmas mulk huquqining vujudga kelishini nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli koʻrinishga oʻtkazilishi hamda yagona elektron notarial arxiv fondi shakllantirilishini 2024-yil 1-yanvarga qadar yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5816-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼullar

Ijro etilishiga masʼul

Ijro nazoratiga Vazirlar Mahkamasidan masʼul

I. Notariat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

nodavlat notarial idoralari huquqiy maqomi;

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari;

nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash;

nodavlat notarial idoralarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Oʻzbekiston Notarial palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

2.

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojini taqsimlash miqdori hamda notarial okrugda notarius lavozimlari sonini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Oʻzbekiston Notarial palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

3.

Ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash talabini bekor qilish hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etish.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Yergeodezkadastr (Abdullayev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

4.

Koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi oʻrnatilgan holda tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish talabini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Majburiy ijro byurosi

(Qudratxoʻjayev),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

5.

Notarial bitimlarni tasdiqlashda taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy sud (Komilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

6.

Nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

7.

Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, natijalariga koʻra hujjatlar nusxasini notarial tasdiqlash talabini qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

8.

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorini fuqarolar uchun tushunarli va shaffofligini taʼminlash maqsadida optimallashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

9.

Avtomototransport vositalarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda toʻlanadigan yigʻimlar miqdorini fuqarolarning koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish yuzasidan qayta koʻrib chiqish.

Tahliliy maʼlumot takliflar bilan

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev),

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati (Ortiqov)

10.

Notariuslar tomonidan elektron imzo va videokonferensiya orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrugʻi

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

11.

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi reglamentlarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil iyul

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

12.

Yoʻl haraka�i qoidalariga Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari xodimlari tomonidan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini qarindoshlik munosabatlarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

II. Notarial idoralar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish

13.

Notarial idoralarda optik tolali aloqa tarmogʻini oʻrnatish “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

“Yoʻl xaritasi”

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

14.

“E-notarius.uz” axborot portali va uning mobil ilovasini yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

15.

Masofadan turib xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali idoraviy notarial arxivida mavjud boʻlgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish tartibini joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

17.

Bank va boshqa kredit tashkilotlari koʻchmas mulk va transport vositalari boʻyicha garov (ipoteka) shartnomalari boʻyicha notarial idoralariga hujjatlarni elektron tarzda yuborish va tomonlar notarial idoraga bormasdan rasmiylashtirish imkoniyatini yaratuvchi tizim yaratish hamda tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

18.

Idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan koʻchmas mulk huquqini vujudga kelishin� nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli koʻrinishga oʻtkazish va yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Elektron notarial arxiv fondi shakllantirish

2019-yil noyabr


2023-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev)

19.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmini joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vaz�rligi (Davletov),

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),
Oliy sud (Komilov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev),

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (Kaimbayev)

20.

Aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida ayrim turdagi notarial harakatlarni onlayn amalga oshirish imkonini beruvchi infokioskalar joylashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Uzbekistan Airoport” AJ (Ismailov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov),
Yurid�k taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

21.

Shajara dasturini yaratish va unga mavjud fuqarolik holati dalolatnomalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻliq kiritilishi hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

Bunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

22.

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tasdiqlanadigan ariza va ishonchnomalarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborish tartibini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Komilov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Xalqaro hamkorlik boʻlimi (Sulaymanov)

23.

Koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtkazilganda barcha kommunal tashkilotlarda koʻchmas mulkning yangi mulkdori haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda oʻzgartirish tartibini joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Yergeodezkadastr (Abdullayev),

Adliya vazirligi (Davletov),

Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

III. Notarial idoralar faoliyati samaradorligini taʼminlash

24.

Nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

25.

Nodavlat notarial idoralarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yu�idik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

27.

Nodavlat notarial idoralar faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash �oshqarmasi (Kalandarov)

28.

Davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralariga oʻtkazish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni (dastlab nodavlat shaklga oʻtkaziladigan notarial idoralarni belgilash, notarial idora moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish, arxivlarni qabul qilish va boshqa) amalga oshirish.

Adliya vazirining buyrugʻi

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

29.

Davlat notarial idoralari foydalanuvida boʻlgan bino-inshootlar, idora anjomlari va orgtexnika vositalarini (kompyuter, texnika vositalari va boshqa) nodavlat notarial idoralarga ijaraga berish va (yoki) uzoq muddatda toʻlash sharti bilan balans qiymatida sotish hamda undan tushgan mablagʻlarni davlat notarial idoralari va adliya organlarini rivojlantirish uchun sarflash tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qaror� loyihasi

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

30.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari uchun qulay boʻlgan joylardan nodavlat notarial idoralariga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari

2019 — 2021-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov)

31.

Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning barmoq izlarini skaner qilish asosida biometrik maʼlumotlar bilan solishtirish orqali shaxsini aniqlash mexanizmini joriy qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev)

32.

Notariuslarni ishdan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

33.

Davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralari faoliyatini baholash va monitoringini tashkil etish boʻyicha professional konsalting firmalari bilan shartnomalar tuzish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 06/19/5816/3723-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)