21.05.1992 yildagi 240-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.1994
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining tavsiyasi bo‘yicha farmakologik vositalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha korxonalar (tashkilotlar)ga litsenziyalar berish huquqi dorivor vositalarning sifatini nazorat qilish Davlat komissiyasiga berilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori amal qilish va ijro etish uchun qabul qilinsin, unda:
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga (tashkilotlarga) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini berish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) taqdim etish tartibini yo‘naltirib turadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Faoliyat turlari

Organning nomi

Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, ularga butlovchi elementlar va priborlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Portlovchi moddalar va ular qo‘llangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (mudofaa ehtiyojlari uchun), O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi (xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun)
Jangovar zaharlovchi moddalar va ulardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishVazirlar Mahkamasi
Uranni va boshqa bo‘linuvchi materiallarni qazib olish hamda ulardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqarish, transportda tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotishVazirlar Mahkamasi
Yagona energetika tizimiga ulanadigan doimiy elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarishO‘zbekiston Respublikasi Energetika va
elektrlashtirish vazirligi
Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni transportda tashishO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “(mudofaa ehtiyojlari uchun), O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi (xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun)
Bo‘shab qolgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydali maqsadda ishlatish, ko‘mish) va qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilishO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Ov va sportga oid o‘q otadigan qurollarni va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollar (pichoqlarning milliy turlaridan boshqa) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda sotishVazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olishVazirlar Mahkamasi
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash Vazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlashVazirlar Mahkamasi
Radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalangan holda rentgen asbob-uskunalari, priborlar va jihozlarni ishlash, ishlab chiqarish va sotish Vazirlar Mahkamasi
Atom energetikasi obyektlarini (asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalarni), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatishVazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa obyektlari qismi
O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish va ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar,nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning
bexatar olib borilishini nazorat qilish va
konchilik nazorati qo‘mitasi
Yo‘lovchilar va yuklarni tashish:
temir yo‘l transporti bilanO‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi
havo transporti bilanVazirlar Mahkamasi
dengiz transporti bilanArizachining turar joyidagi hokimliklar
Yuklar va yo‘lovchilarni avtomobillarda xalqaro (MDH mamlakatlari hududidan tashqarida) tashishlarO‘zbekiston Avtomobil transporti
davlat aksionerlik korporatsiyasi
Xazina va bank biletlari,tangalar,orden va medallar ishlab chiqarishO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Qimmatdor qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va hokazolar) ishlab chiqarishO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarishO‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatishO‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi
Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya va
kartografiya boshqarmasi
Metrologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotishO‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va
sertifikatsiyalash markazi
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatishO‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Narkotik moddalarni ishlab chiqarish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Farmakologiya preparatlarini ishlab chiqarish va sotishO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qimorxonalar tashkil etishO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Loteriya o‘yinlarini o‘tkazishO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Qurilish loyihalarini ekspertiza qilishO‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi
Birja faoliyati — birjada brokerlik o‘rinlariga ega bo‘lgan va quyidagilar bilan a’mollarni amalga oshiruvchi brokerlik va dilerlik idoralari birja faoliyatining boshqa qatnashchilari
qimmatdor qog‘ozlar bilanO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
valyuta bilanO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
ko‘chmas mulklar bilanO‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini
boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi
intellektual mulk bilanO‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi
Vositachilik faoliyati (birjadan tashqari), shu jumladan, savdo-vositachilik va savdo-xarid faoliyatiArizachining turar joyidagi hokimliklar
Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash ,tuzatish, montaj qilish,ularga texnika xizmati ko‘rsatishO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Tibbiy yordam ko‘rsatishO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar, o‘smirlar va yoshlar lagyerlarini tashkil etishO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Attorlik va pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo mollari tayyorlashO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan mol-mulkning qiymatini va tarkibini dastlabki baholash, mulkchilik shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashga doir ishlarO‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi
Auditorlik faoliyatiO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, manzarali, multiplikatsion kinovideofilmlar va dasturlar ishlab chiqarishO‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi
Kinovideo dasturlarni ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotishO‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi
Kinovideo mahsulotlarini ijaraga berish, namoyish etish va ko‘rsatishO‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi
Kinoga olish ishlarini va boshqa kinovideo faoliyatni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmati ko‘rsatishO‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi
Ishlab chiqarish, uy-joy-xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolar qurilishi uchun loyihalash va muhandislik-texnikaviy qidiruv ishlariO‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi
Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarishO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi huzuridagi respublika tez harakat qilish ko‘p profilli markazi
3. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 1-ilovaga muvofiq forma bo‘yicha beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan ko‘zda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalari va tashkilotlariga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar ariza berilgan vaqtdan boshlab 15 kun muddatda, yig‘im va davlat poshlinasi to‘lamasdan, beriladi.