04.09.2019 yildagi PQ-4436-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug‘ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib e’tirof etilib, diniy bag‘rikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda. Xususan, O‘zbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “jaholatga qarshi — ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning xorijiy davlatlarga va chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qo‘mita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda “jaholatga qarshi — ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, ular orasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida respublika, viloyat, tuman (shahar), mahalla darajasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining targ‘ibot guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari Qo‘mitaga tegishli hudud bo‘yicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borishda ko‘maklashadi hamda bu borada Qo‘mita raisiga hisobdor hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Qo‘mitaning markaziy apparatiga qo‘shimcha kiritilayotgan 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari markazlashtirilgan buxgalteriyasining tegishli shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qo‘mita xodimlari faoliyatini har tomonlama o‘rganib chiqib, diniy-ma’rifiy sohada chuqur bilimlarga hamda amaliy ish tajribasiga ega halol, tartib-intizomli va malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diniy-ma’rifiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda Qo‘mitaga doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudi o‘zining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxatini e’lon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3668-son qarorining 1-bandi va unga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qo‘mitaning yangilangan nizomini, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4436-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 07/19/4436/3693-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)