30.08.2019 yildagi PQ-4433-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish sohasiga yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarining jami mablag‘larini yiliga 10 foizi miqdoridagi mablag‘larini har yili Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 6-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga patent bojlari, yig‘imlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa to‘lovlardan kelib tushgan mablag‘larning 78 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi mavjud korxonalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan, davlat ilmiy dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning 6-bandiga asosan Jamg‘armaga kelib tushadigan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion, amaliy va startap loyihalarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etishga, ilg‘or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi (keyingi o‘rinlarda — Ofis) tomonidan xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni tadbirlarga (tanlov, musobaqa, ko‘rgazma, akseleratsiya, inkubatsiya va o‘quv kurslariga, loyihalarga, sinov tajriba jarayonlariga) belgilangan tartibda jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika, sun’iy intellekt, aviatsiya, robototexnika va mexatronika kabi istiqbolli yo‘nalishlarda innovatsion ishlanmalar ishlab chiqishga ko‘maklashish hamda amaliyotga joriy etish jarayonlarini jadallashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli yo‘nalishlarda iqtidorli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy, respublika va xalqaro miqyosda tanlovlar, musobaqalar, ko‘rgazmalar kabi tadbirlar hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan tanlovlar tashkil etib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh innovatorlarni akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida o‘qitish, o‘quv-treninglar tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarning xorijiy davlatlardagi xalqaro musobaqa va festivallarda ishtirokini ta’minlash hamda ularni rivojlangan davlatlarning ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovkaga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofis oldiga qo‘yilgan yosh innavatorlarni qo‘llab-quvvatlashga doir vazifalarni ro‘yobga chiqarishga.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtidorli yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish bo‘yicha “Yo‘l xarita” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov tasdiqlanayotgan “Yo‘l xarita”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoshlar akademiyasi a’zolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida 2020-yilning 1-apreliga qadar quyidagi platformalarni tashkil etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G‘oyalar generatorlari” — Yoshlar akademiyasining asosiy yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion g‘oyaga ega jamoalar platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startaplar” — o‘z g‘oyasi va ushbu g‘oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes vakillari” — faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo‘llagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lgan jamoalar platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bo‘lajak akademiklar” — yuqoridagi platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar platformasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilg‘or texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlari Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanish uchun ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvarga qadar Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Yoshlar akademiyasining a’zolariga dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasi asosida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Yoshlar akademiyasi a’zolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, sug‘urta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bog‘liq xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha muntazam mahorat darslarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga doimiy ravishda Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yo‘nalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar akademiyasining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4433-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Yoshlar akademiyasi) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizomda shu jumladan:

nomzodlarni tanlab olish va a’zolikka qabul qilish mezonlarni aniq ko‘rsatib o‘tish;

Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini samarali tashkil etish.

1. Jamg‘arma to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Jamg‘armani O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy tuzilmasi binosida joylashtirish.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

3.

Jamg‘armaga tegishli manbalardan mablag‘larni uzluksiz kelishini ta’minlash.

1. Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarini tashkil etgan xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar ro‘yxatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxatni tegishli xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarga yuborish.

3. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni doimiy ravishda Jamg‘arma hisobiga o‘tkazish.

2019-yil
15-oktabr

Innovatsionrivojlanishvazirligi
(
I. Abdurahmonov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar

Har yil davomida

4.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasini (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Boshqarmani yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2. Boshqarmani 2019-yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini tasdiqlash.

3. Boshqarma ishini doimiy ravishda tahlil qilib borish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion
rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Moliya vazirligi
(B. Ashrafxanov)

5.

Yoshlar akademiyasi faoliyatiga hamda akademiya a’zoligiga qabul qilish shartlariga doir materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tashkil etish.

1. Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yo‘nalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish.

3. Yoshlar akademiyasi faoliyati bo‘yicha maqolalar chop etish, reklama roliklari, tematik ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish.

2019-yil
1-oktabr

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga maqsadli jalb etish.

1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash bo‘yicha tanlov e’lon qilish va o‘tkazish.

2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Sa’dullayev),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

7.

Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish hamda ularning intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish.

1. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilg‘or texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlarini Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanishga berish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rish.

2. Tanlov natijalariga ko‘ra Yoshlar akademiyasining a’zolarini “G‘oyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari” va “Bo‘lajak akademiklar” platformalariga biriktirish.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

8.

Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish.

Xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish sohasida innovatsiyalarni keng targ‘ib qilish va yuqori texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandumlarni tuzish.

2019-2020
yillar davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov), xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar

9.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tashkiliy-amaliy choralar.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Toshkent viloyati
hokimligi
(R. Xolmatov)

10.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yoshlar akademiyasi a’zolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, sug‘urta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bog‘liq xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish.

1. Yoshlar akademiyasi a’zolarining ro‘yxatini va o‘quv rejasini shakllantirish (yo‘nalishlar bo‘yicha) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etish.

2020-yil
1-aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimlarini jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil qilish.

Reja asosida

11.

Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlari faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarini ko‘rish.

Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlarining muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil
1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

12.

Yoshlar akademiyasi a’zolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.

1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari tanlovini o‘tkazish.

2. Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi asosida ajratilgan mablag‘lar hamda boshqa manbalar hisobidan Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalarini moliyalashtirish.

3. Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mahorat darslarini tashkil etish.

4. Yoshlar akademiyasiga xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni jalb qilish.

5. Yoshlar akademiyasining iqtidorli va faol a’zolarini aniqlash va rag‘batlantirib borish.

2020-yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Sa’dullayev)

13.

“Innoweek” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasi a’zolarining ishlanmalari va mahsulotlari ko‘rgazmasini, shuningdek, “Yosh akademiklar forumini” tashkil qilish.

1. Yoshlar akademiyasi a’zolarining ishlanmalari va mahsulotlarini tanlab olish va ko‘rgazmaga tayyorlash.

2. Ko‘rgazma va forumni tashkil qilishda zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan “sun’iy intellekt”dan foydalanish.

3. Chet eldagi yosh olimlar, akademiklar va innovatorlarni ko‘rgazmaga hamda forumga taklif etish.

Tadbir doirasida

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

14.

Yoshlarni aniq fanlar bo‘yicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2. Xalqaro robototexnika tanlovini o‘tkazish bo‘yicha dasturini shakllantirish, shu jumladan chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlar ro‘yxatini tuzish.

3. Xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish va uni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shuningdek, mazkur jarayonga O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining faol ishtirokini ta’minlash.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov)

15.

Yoshlar akademiyasining xalqaro aloqalarini rivojlantirish.

Xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Rejani tasdiqlash — 2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov)

Tadbirlarni o‘tkazish — reja asosida

16.

Yoshlar akademiyasi a’zolarining malakasini oshirish va xorijiy stajirovkalarga yuborish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari doirasida Yoshlar akademiyasi a’zolarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirish va ularni xorijiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Rejani tasdiqlash — 2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
“El-yurt umidi”
jamg‘armasi
(A. Bekmurodov)

Tadbirlarni o‘tkazish — reja asosida

17.

Yoshlar akademiyasini joylashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

18.

Yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish bo‘yicha “Yo‘l xarita”da ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 07/19/4433/3673-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)