Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021 27.08.2019 yildagi 721-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli ““Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-yanvardagi PF-5609-son Farmonini ijro etish va “Ilgʻor hudud” sinov-tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida, shuningdek, respublikada turistik xizmatlarni yanada diversifikatsiyalash va umumeʼtirof etilgan jahon standartlariga muvofiq golf industriyasini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida zarur madaniy-koʻngilochar infratuzilmani, jumladan, biznes-klass kottejlar shaharchasini, mehmonxonalar, koʻngilochar obyektlar va dam olish — sogʻlomlashtirish markazini oʻz ichiga olgan, golf boʻyicha professional va havaskorlar turnirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, shuningdek, golf oʻynashga aholi va turistlarni faol jalb qilishni koʻzda tutuvchi jahon standartlariga muvofiq boʻlgan golf majmuasini tashkil etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mirasmanda Golf Resort” masʼuliyati cheklangan jamiyatni (keyingi oʻrinlarda “Mirasmanda Golf Resort” MChJ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mirasmanda Golf Resort” MChJning dastlabki ustav fondi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ulushi hisobiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) keyinchalik ulushning bir qismini xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli uchastkalarni oʻrganish asosida “SongNo Golf Design” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) tomonidan yer uchastkalari chegaralari aniqlangan holda golf majmuasi joylashuvining birlamchi dizayni taqdim etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mirasmanda Golf Resort” MChJga, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning bosh rejasini, texnik-iqtisodiy asosini va boshqa loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishga “SongNo Golf Design” kompaniyasi bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xarid qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jizzax viloyat hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani hududida “Mirasmanda Golf Resort” MChJga loyihani amalga oshirish uchun 200 gektar yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning loyihani amalga oshirish hududida joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi, shu jumladan, ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlariga yetkazilgan zarar bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlar keyinchalik loyiha qiymatiga qoʻshiladi va loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi investorlar tomonidan Jamgʻarmaga qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Harbiyloyiha” loyihalash instituti” davlat korxonasi zarurat boʻlganda loyiha doirasida ishlarni bajarish uchun talab etiladigan masshtabda kontur xaritalarini ishlab chiqishda “SongNo Golf Design” kompaniyasiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani amalga oshirish doirasida “Mirasmanda Golf Resort” MChJ, loyiha tashkiloti, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar 2022-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va majburiy toʻlovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondi qismi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovarlarni, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirishda bojxona toʻlovlari (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar, xizmatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda loyiha boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari shartlariga muvofiq qurilish obyektlari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalariga (elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi va shu kabilar) oʻtkazilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmanomalariga boʻyicha, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va muddati uzaytirilishini davlat bojini undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Mirasmanda Golf Resort” MChJning buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan tasdiqnomalarning berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Jizzax viloyati hokimi A.E. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
721-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 09/19/721/3658-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)