Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2022 03.01.2019 yildagi PF-5609-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, joylarda yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal etishga qodir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yaxshilash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, respublika hududlaridagi ishlarning real holatini oʻrganish natijasi ularni kompleks va jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional islohotlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning yangi modelini ishlab chiqish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Jizzax viloyati hokimligining 2019-yil 1-martdan boshlab Jizzax viloyatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ilgʻor hudud” sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — sinov loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni jadal rivojlantirish uchun ilgʻor qarorlarni aniqlash, shuningdek respublika va hududiy ijro hokimiyati organlarining javobgarlik sohasini aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning strategik maqsadlari, shuningdek hududiy davlat boshqaruvi organlari uchun maqsadli koʻrsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy islohotlar yordamida investitsiyaviy muhitni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir qishloq — bitta mahsulot” tamoyili boʻyicha talab yuqori boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni jadallik bilan yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun masʼul organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning sinov loyihani amalga oshirish doirasida qabul qilgan qarori, boshqaruv xususiyatidagi topshiriqlardan tashqari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar va Jizzax viloyati hokimligining Agentlik bilan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlaydi hamda sinov loyihani amalga oshirish boʻyicha Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlik qilish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik 2019-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy maslahatchilar va mutaxassislarni jalb qilgan holda Jizzax viloyati hududini rejalashtirish sxemasi eskizini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qurilish vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati tumanlari va aholi punktlarining bosh rejalarini rejalashtirish sxemalari, shuningdek tegishli arxitektura-rejalashtirish tadbirlari muvofiqligini nazorat qilish maqsadida ixtisoslashtirilgan Arxitektura-rejalashtirish ekspert kengashini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, chora-tadbirlarni amalga oshirish va maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy islohotlar, shu jumladan taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, turizm va foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi tarkibiy islohotlar boʻyicha takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalar, shu jumladan raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, isteʼdodli bolalar va yoshlar imkoniyatlarini, tranzit yoʻllaridagi infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urbanizatsiya va kompleks uy-joy qurilishi jarayonlarini tartibga solish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm tarmogʻini, shu jumladan Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish orqali rivojlantirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv, gaz va elektr taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari, yoʻl infratuzilmasi, Internet tarmoqlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari sohasida talab qilinadigan ishlarning ustuvorligi boʻyicha infratuzilma holatini baholash va yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik ikki hafta muddatda “Ilgʻor hudud” sinov loyihasini amalga oshirish boʻyicha ekspert-tahlil kengashini shakllantirsin, shuningdek uning nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda sinov loyihani amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.R. Li va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5609-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 06/19/5609/2453-son)