Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
697-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilgan deklaratsiyasi bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 7-bandning:
yettinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdori” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvalining:
4 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
9. |
Maʼlumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno) |
70 |
”. |
3. 8-banddagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh. 2-bandning ikkinchi xatboshi va 3-band 2019-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son)