19.08.2019 yildagi 696-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishning asosiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar badal puli tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kundan boshlab 5 yil davomida 50 foiz miqdorida o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil va keyingi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’minoti uchun zarur mablag‘larni ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarini qo‘llagan holda, qat’iy namunaviy loyihaga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik aloqa tarmoqlari va ichki avtomobil yo‘llari, bunyod etilayotgan obyektlar hududidan o‘tuvchi suv ta’minoti va oqava suv tarmoqlari qurilishi Namangan viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi ― buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari ― transport vaziri A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
696-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 696-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini nomi

3 ― 7 yoshli bolalar

soni

Maktabgacha ta’lim tashkiloti sig‘imi

Qurish
muddati

Hisoblangan qiymati

(mln so‘m)

1.

Namangan shahar G‘ishtko‘prik MFY

352

180

2020-yil

5 580,0

2.

Namangan shahar Sumalak guzari MFY

380

180

2020-yil

4860,0

3.

Namangan shahar “Uchqun” MFY

549

240

2020-yil

6720,0

4.

Namangan shahar “Majnuntol” MFY

401

240

2020-yil

6720,0

5.

Namangan tuman “Xo‘jaqishloq” MFY

385

180

2020-yil

5400,0

6.

Uychi tuman “Churtuk” MFY

480

240

2020-yil

6720,0

7.

Namangan shahar “Sharshara” MFY

389

180

2021-yil

5 220,0

8.

Namangan shahar “Yangi qurilish” MFY

624

240

2021-yil

6720,0

9.

Namangan shahar “Namangan shahar” MFY

197

120

2021-yil

3360,0

10.

Kosonsoy tuman “Chindovul” MFY

492

240

2021-yil

6720,0

11.

Namangan tuman “Ibrat” MFY

382

180

2021-yil

5220,0

12.

Uychi tuman “Mashad” MFY

510

240

2021-yil

6720,0

13.

Namangan shahar “Madaniy-maorif” MFY

373

180

2022-yil

5 040,0

14.

Namangan shahar “Sohibkor” MFY

305

120

2022-yil

3600,0

15.

Namangan shahar “Haqiqat” MFY

428

240

2022-yil

6720,0

16.

Kosonsoy tuman “Hurriyat” MFY

972

360

2022-yil

9720,0

17.

Namangan tuman “Dehqonobod” MFY

162

120

2022-yil

3600,0

18.

Uychi tuman “Ovchibuloq” MFY

510

240

2022-yil

6720,0

Jami

7891

3720

105 360,0

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/696/3594-son)