|
I. Iqtisodiy statistikani, jumladanmilliy hisoblar statistikasini takomillashtirish |
|
1. |
2017-yil maʼlumotlari boʻyicha metodik yondashuvlardagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda yalpi ichki mahsulot (keyingi oʻrinlarda YAIM deb ataladi) retrospektiv dinamik qatorlarini ishlab chiqarish va yakuniy isteʼmol usullarida qayta hisoblashishlarini yakunlash:
yillik maʼlumotlar ― 2010 ― 2016-yillar uchun;
choraklik maʼlumotlar ― 2016 ― 2018-yillar uchun. |
1. Qayta hisoblash ishlarini amalga oshirish va makroiqtisodiy koʻrsatkichlardagi oʻzgarishlar boʻyicha qiyosiy va tahliliy jadvallarni tayyorlash.
2. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda XVJ deb ataladi) kengaytirilgan Maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (keyingi oʻrinlarda k-MTUT deb ataladi) doirasida Oʻzbekistonning Yigʻma maʼlumotlar milliy sahifasidagi “Milliy hisoblar” boʻlimi maʼlumotlarini yangilash.
3. Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy sayti orqali statistik axborotlardan foydalanuvchilarni makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish. |
2019-yil sentabr |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
2. |
Milliy hisoblar tizimi (keyingi oʻrinlarda MHT deb ataladi) talablaridan kelib chiqqan holda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari soʻrovnomalarini takomillashtirish. |
1. 2020-yil uchun davlat statistika kuzatuvlari shakllariga va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari soʻrovnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
2. 2020-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi loyihasiga kiritish uchun boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan bajariladigan statistika ishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr
2019-yil sentabr ― noyabr
|
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Markaziy bank (I. Norqulov) |
|
3. |
YAIMning choraklik hisob-kitoblarini ishlab chiqarish usuli bilan yoyib berish. |
1. Choraklik YAIMni iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha batafsil taqsimlash uchun axborot manbalarini tahlil qilish.
2. Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichining (2-tah.) (keyingi oʻrinlarda IFUT-2 deb ataladi) barcha seksiyalari boʻyicha choraklik YAIMning eksperimental hisob-kitoblarini amalga oshirish.
3. IFUT-2 tasniflagichining barcha seksiyalari boʻyicha choraklik YAIMni eʼlon qilish. |
2019-yil sentabr
2019-yil dekabr
2020-yil iyun
|
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
4. |
YAIMni yakuniy isteʼmol usulida hisoblashda qoʻllaniladigan xalqaro statistik tasniflarni joriy etish. |
1. “Davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining tasnifi”ni (keyingi oʻrinlarda DBOFT deb ataladi) YAIMni yakuniy isteʼmol usuli boʻyicha hisoblash amaliyotiga moslashtirish.
2. Uy xoʻjaliklarining yakuniy isteʼmol xarajatlari tasnifini “Maqsadlar boʻyicha individual isteʼmol tasnifi”ga (keyingi oʻrinlarda MIIT deb ataladi) muvofiq takomillashtirish. |
2019-yil noyabr-dekabr |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
5. |
Yakuniy isteʼmol usuli boʻyicha YAIMning batafsillashtirilgan hisob-kitoblarini amalga oshirish. |
Quyidagilarni:
uy xoʻjaliklarining yakuniy isteʼmol xarajatlari hisob-kitoblarini MIITga asosan;
davlat boshqaruvi organlarining yakuniy isteʼmol xarajatlari hisob-kitoblarini DBOFTga asosan;
asosiy kapitalning yalpi jamgʻarilishi hisob-kitoblarini nomoliyaviy aktivlar tasnifiga asosan amalga oshiriladi. |
2020-yil mart
2020-yil
noyabr |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
6. |
“Resurslar va foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish. |
1. Korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini tekshirish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.
2. Korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini tekshirish. |
2019-yil oktabr ― dekabr
2020-yil
yanvar ― iyun |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
7. |
Makroiqtisodiy statistikani shakllantiruvchilar oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish. |
Makroiqtisodiy statistikani shakllantiruvchi vazirliklar va idoralar masʼul mutaxassislarining maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam oʻtkazib borish va iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar va narxlar statistikasini tuzish uchun axborot resurslarini shakllantirish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish. |
Doimiy ravishda |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Markaziy bank (I. Norqulov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev) |
|
8. |
Iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar va narxlar statistikasini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan maslahat va texnik koʻmak koʻrsatilishi boʻyicha xalqaro tashkilotlarni keng jalb etish. |
1. Xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb etish masalalarini ishlab chiqish;
2. Iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar va narxlar statistikasini takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari boʻyicha texnik koʻmak missiyalarini tashkil etish. |
Xalqaro tashkilotlar bilan kelishgan holda |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
9. |
Milliy hisoblar tizimining YAIM hajmi, tarkibi va dinamikasiga taʼsir qiluvchi yangi qoidalarini hisobga olgan holda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisob-kitoblarini joriy etish. |
1. MHTning yangi qoidalarini hisobga olgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun maʼlumotlar manbalarini shakllantirish.
2. Tajriba asosida tegishli koʻrsatkichlarning hisob-kitoblarini amalga oshirish va ularning YAIM tarkibiy qismlariga taʼsirini tahlil qilish.
3. Zarur hollarda manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun hisob-kitoblar natijalarini muhokama qilish.
4. YAIMni hisoblash amaliyotini MHTning yangi qoidalariga muvofiqlashtirish. |
2019-yil mobaynida
2019-yil mobaynida
2019-yil mobaynida
2020-yil mobaynida
|
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
10. |
Choraklik iqtisodiy statistikani shakllantirish amaliyotini takomillashtirish. |
1. Davlat statistika hisoboti shakllari asosida diskret hisobot maʼlumotlarini yigʻish va tahlil qilish.
2. Choraklik va yillik maʼlumotlarning muvofiqligini tahlil qilish.
3. Bazaviy yilning oʻrtacha yillik narxlarida diskret choraklik maʼlumotlar hisob-kitoblarini joriy etish. |
2019-yil mobaynida
2019-yil mobaynida
2020-yil mobaynida |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
11. |
Iqtisodiy statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish. |
Iqtisodiy statistika sohasida takomillashtirilgan metodik qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. |
2019-2020-yillar mobaynida |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
12. |
MHT maʼlumotlarining boshqa makroiqtisodiy statistika tizimlari bilan muvofiqligini taʼminlash. |
1. MHT maʼlumotlarining toʻlov balansi bilan muvofiqligini taʼminlash.
2. MHT maʼlumotlarining davlat moliya sistatistikasi bilan muvofiqligini taʼminlash. |
2019-2020-yillar mobaynida |
Davlat statistika qoʻmitasi
(B. Begalov),
Markaziy bank (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
13. |
Narxlar statistikasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish metodologiyasi va sifatini yaxshilash. |
Isteʼmol narxlari va ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini shakllantirish metodologiyasini xalqaro tavsiyalarga muvofiq takomillashtirish. |
2019-2020-yillar mobaynida |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Xalqaro taqqoslash dasturining (keyingi oʻrinlarda XTD deb ataladi) navbatdagi global bosqichida ishtirok etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining XTDning navbatdagi bosqichida ishtirok etishi masalasini XTD boʻyicha hududiy koordinator bilan ishlab chiqish.
2. XTDda bosqichida tutilgan maʼlumotlarni yigʻish, shakllantirish va taqdim etish masalalari yuzasidan XTD boʻyicha hududiy koordinator bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.
3. XTDning navbatdagi global bosqichida ishtirok etish. |
XTDning navbatdagi bosqichi jadvaliga muvofiq |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
15. |
Iqtisodiy statistika, jumladan, milliy hisoblar tizimi sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va xodimlarning kasb malakasini oshirish. |
1. Xalqaro va mintaqaviy seminarlar, oʻquv kurslari va onlayn kurslarda muntazam ishtirok etish.
2. Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislarining xalqaro va mintaqaviy seminarlar hamda oʻquv kurslarida ishtirok etishi natijasida olingan bilim va tajribalarni oʻzaro almashish.
3. Yangi qabul qilingan mutaxassislar uchun uslubiy va amaliy masalalar boʻyicha muntazam oʻquv treninglari oʻtkazish. |
Doimiy mobaynida |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
16. |
Statistikani rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiyani va uni oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish. |
1. Jahon banki guruhi bilan statistikani rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiyani hamkorlikda tayyorlash masalasini ishlab chiqish.
2. Jahon banki guruhi ekspertlari ishtirokida milliy statistika tizimining hozirgi holatining xalqaro tavsiyalarga muvofiqligini baholash va uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash.
3. Statistikani rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani va uni oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr
2019-yil sentabr ― dekabr
2020-yil yanvar
|
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
II. Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish va budjet maʼlumotlarining ochiqligini oshirish |
|
17. |
Yetishmayotgan maʼlumotlarni kiritib, chegaraviy holatlarni toʻgʻri tasniflash uchun zarur maʼlumotlarni olgan holda sektorlar boʻyicha tasniflashni yakunlash hamda natijalarni Davlat statistika qoʻmitasi bilan muhokama qilish. |
1. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxati asosida ularni davlat boshqaruvi sektori institutsional birliklari sifatida sektorlashtirishni amalga oshirish.
2. Olib borilgan ishlar natijalarini muhokama qilish uchun maslahat uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish.
3. Iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil
fevral
2020-yil mobaynida
2020-yil mobaynida |
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (I. Norqulov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev)
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Markaziy bank (I. Norqulov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov) |
|
18. |
Budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamgʻarmalarini va ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi boʻlgan nobozor ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarni davlat moliyasi statistikasining hisobga olish tizimiga kiritish uchun normativ-huquqiy bazasini yaratish. |
1. Davlat moliyasi statistikasining hisobga olish tizimiga kiritiladigan institutsional birliklar reyestrini tuzish uchun budjetdan tashqari jamgʻarmalar va ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi boʻlgan nobozor ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarni inventarizatsiya qilish, aniqlash va roʻyxatini tuzish.
2. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq davlat moliyasi statistikasi boʻyicha hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2020-yil
fevral
2019-yil oktabr
|
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Davlat soliq qoʻmitasi (B.Musayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
19. |
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, shuningdek, budjetdan tashqari hisob raqamlari (2019-yilning hisobotlaridan boshlab) va nobozor birliklar faoliyatini hisobga olgan holda davlat moliyasi statistikasi (keyingi oʻrinlarda DMS deb ataladi) hisobotlarida davlat boshqaruvi sektori toʻliq qamrab olinishini taʼminlash. |
2020-yildan boshlab davlat boshqaruvi sektori statistika hisobotlarini (daromadlar, xarajatlar, aktivlar va majburiyatlar bilan bogʻliq operatsiyalar, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari funksiyalari boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlar) Davlat moliyasi statistikasi qoʻllanmasi (keyingi oʻrinlarda DMSQ-2014 deb ataladi) standartiga muvofiq taqdim etish. |
2020-yil may |
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
20. |
Maʼlumotlarni almashish kanallarini yoʻlga qoʻyish, sektorlar boʻyicha tasniflash tizimini kelishish va muvofiqlashtirilgan davlat moliyasi statistikasini shakllantirish. |
1. Davlat moliyasi statistikasini shakllantirish boʻyicha Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Markaziy bank oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish.
2. Davlat moliyasi statistikasini sifatli shakllantirish, tezkor maʼlumotlar almashish kanallarini yoʻlga qoʻyish, Milliy hisoblar tizimi va boshqa xalqaro statistika hisobotlari bilan integratsiyalash boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat statistika qoʻmitasi oʻrtasida memorandum tuzish. |
2019-yil sentabr
2019-yil oktabr
|
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (I. Norqulov) |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan xalqaro moliyaviy institutlar uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning muvofiqligini taʼminlash. |
1. 2018-yil uchun yetishmayotgan maʼlumotlarni yigʻish va Markaziy bank bilan hamkorlikda budjetning kassa ijrosi hamda davlat depozitlarining oʻzgarishini muvofiqlashtirishni yakunlash, shuningdek, bunday muvofiqlashtirish ishlarini muntazam amalga oshirib borish.
2. Davlat boshqaruvi sektorining budjet ijrosi va DMS hisobotlari oʻrtasida maʼlumotlarni dastlabki muvofiqlashtirish ishlarini yakunlash.
3. Davlat boshqaruvi sektori qoldigʻi va qarzining umumiy hajmdagi oʻzgarishini yillik kelishish. |
2019-yil sentabr
2019-yil sentabr
mart (har yili) |
Moliya vazirligi (Sh.Sharaxmetov),
Markaziy bank (I. Norqulov) |
|
22. |
“DMSQ-2014” standartiga muvofiq hisobot taqdim etilishini va axborotni oshkor qilishni yanada takomillashtirish. |
1. Davlat boshqaruvi sektoriga kiritiladigan budjet tashkilotlarining va ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi boʻlgan nobozor ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarning budjetdan tashqari hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni budjet hisobotlarida aks ettirish.
2. Budjet qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sof kreditlash/qarzdorlik konsepsiyasiga muvofiq taqdim etish, shuningdek, umumiy balansni alohida taqdim etish.
3. “DMSQ-2014” standartiga muvofiq daromadlar boʻyicha hisobotlarni takomillashtirish. Soliq boʻlmagan daromadlar va ularning asosiy qismlarini alohida taqdim etish.
4. Xarajatlarni baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotni iqtisodiy tasnifda va maʼmuriy birliklar boʻyicha taqdim etish.
5. “DMSQ-2014” standartiga muvofiq budjetni taqdim etish va budjet maʼlumotlarini oshkor qilishga bosqichma-bosqich oʻtish. |
2020-yil may |
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
III. Tashqi sektor statistikasini va pul-kredit statistikasini takomillashtirish |
|
23. |
Tashqi sektor va pul-kredit statistikasini takomillashtirish yuzasidan maslahat va texnik koʻmak koʻrsatilishi boʻyicha xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish. |
Tashqi sektor va pul-kredit statistikasi maʼlumotlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish va sifatini yaxshilash jarayonlariga XVJning texnik koʻmak missiyasini jalb etish masalalarini ishlab chiqish. |
2019-yil davomida |
Markaziy bank (I. Norqulov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
24. |
XVJning “Xalqaro moliyaviy statistika” toʻplamida Oʻzbekiston Respublikasining sahifasini ochish. |
1. XVJning texnik koʻmak missiyasi bilan hamkorlikda standart hisobot shakllarini pul-kredit va moliyaviy statistika boʻyicha oxirgi qoʻllanma (Monetary and Financial Statistics Manual and Compilation Guide (IMF, 2016)) talablariga muvofiq yangi standartlarga moslashtirish ishlarini amalga oshirish.
2. Milliy hisoblar, davlat moliyasi va mehnat resurslari statistikasi boʻyicha maʼlumotlarni XVJning “Xalqaro moliyaviy statistika” toʻplamida nashr etish uchun XVJga taqdim etish boʻyicha Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish. |
2019-2020 yillar. |
Markaziy bank (I. Norqulov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) |
|
25. |
Moliyaviy sektor sharhini tuzish. |
1. Boshqa moliyaviy tashkilotlar boʻyicha standart hisobot shakllarini tuzish yuzasidan XVJning texnik koʻmak missiyasini jalb etish.
2. Boshqa moliyaviy tashkilotlar (sugʻurta va lizing kompaniyalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, brokerlik firmalari, birjalar va boshqalar) faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.
3. Moliyaviy sektor sharhini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish va ishlab chiqish boʻyicha Moliya vazirligi va boshqa idoralar, shuningdek, moliyaviy sektor tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish.
4. Boshqa moliyaviy tashkilotlar va moliyaviy sektor sharhlarini tuzish. |
2019-2020 yy. |
Markaziy bank (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar,
moliyaviy tashkilotlar |