19.08.2019 yildagi 690-son

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish
manbai

Mas’ullar

1. Sirdaryo viloyatida zaxirada turgan qishloq xo‘jaligi yerlarini samarali foydalanish uchun
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa tashabbuskorlarga ajratish

1.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga foydalanish uchun Mirzaobod tumani hududidagi zaxira yerlardan 10000 gektar, shu jumladan 7545 gektar foydalanilmayotgan, 2455 gektar foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydonini ajratish to‘g‘risida viloyat va tuman hokimligining qarorini qabul qilish.

2019-yil
30-avgustgacha

-

Sirdaryo viloyati hokimligi,
Mirzaobod tumani hokimligi

2.

Sirdaryo viloyatida foydalanishdan chiqib ketgan va tuman hokimliklari zaxirasida turgan 4121 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida chorvachilik va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va mazkur loyihalarga talabgorlardan arizalar qabul qilish;

talabgorlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish va g‘olib tashabbsukorlarni aniqlash.

2019-yil

31-avgust

-

Sirdaryo viloyati hokimligi, Boyovut, Guliston, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo va Xovos tumanlari hokimliklari

3.

Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgorlarga Boyovut tumanida 953 gektar, Guliston tumanida 586 gektar, Oqoltin tumanida 272 gektar, Sardoba tumanida 955 gektar, Sirdaryo tumanida 1095 gektar va Xovos tumanida 260 gektar zaxirada turgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini uzoq muddatga ijaraga berish to‘g‘risida tuman hokimlarining qarorlarini qabul qilish.

2019-yil

10-oktabr

-

Sirdaryo viloyati hokimligi, Boyovut, Guliston, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo va Xovos tumanlari hokimliklari

2. Sirdaryo viloyatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa tashabbuskorlarga ajratiladigan
qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

4.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa tashabbuskorlarga ajratib beriladigan qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida tekislash, chuqur shudgorlash va sho‘r yuvish tadbirlarini amalga oshirish.

2019-2020-yillar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

Sirdaryo viloyati hokimligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

tumanlar hokimliklari, tashabbuskorlar

5.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa tashabbuskorlarga ajratib beriladigan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash maqsadida:

kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash;

shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish.

2019-2020-yillar

Har yillik Investitsiya dasturlari,
davlat budjeti mablag‘lari,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda tashabbuskorlarning

o‘z mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

tumanlar hokimliklari, tashabbuskorlar

6.

Tashqi bozor talabini o‘rgangan holda eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish uchunilg‘or xorijiy tajribalar asosida 200 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish loyihalarini shakllantirish;

shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish choralarini ko‘rish.

2019-yil
30-sentabr

2020-yil
31-dekabr

Tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,
tuman hokimliklari va tashabbuskorlar

3. Sirdaryo viloyatidagi foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

7.

Tashabbuskorlarga ajratiladigan yer maydonlarining holatidan kelib chiqqan holda ushbu maydonlarga yuqori daromadli, shuningdek, eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va ekishni tashkil etish.

2020-yildan boshlab muntazam ravishda

Tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

Sirdaryo viloyati hokimligi,
tuman hokimliklari va tashabbuskorlar

8.

Sirdaryo viloyati tumanlarida 150 gektarga “lyuffa”, 150 gektarga “indigoma”, 230 gektarga “topinambur”, 1750 gektarga “shirinmiya” o‘simliklarini ekish;

mazkur ekinlarni ekish uchun talab etiladigan urug‘liklarni (ko‘chatlarni) tashabbuskorlarga yetkazib berish.

2020-yildan boshlab

Tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

Sirdaryo viloyati hokimligi,
tumanlar hokimliklari va tashabbuskorlar,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish va amaliy yordam ko‘rsatish.

Doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Sirdaryo viloyati hokimligi,
tuman hokimliklari

10.

Pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida Boyovut tumanida 3 gektar, Guliston tumanida 2 gektar va Oqoltin tumanida 9 gektar yer maydonini tumanlar “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga ajratib berish.

2019-yil
10-sentabr

-

Sirdaryo viloyati hokimligi,
Boyovut, Guliston va Oqoltin tuman hokimliklari

tuman “Agropilla” MChJlar

Ajratilgan yer maydonlarida tutning serhosil navlari plantatsiyalari barpo etish.

2020-yil
1-aprel

11.

Mirzabod tumanida 150 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallangan zamonaviy parrandachilik kompleksini qurish loyihasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2020-yil

31-dekabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Mirzaobod tumani hokimligi

12.

Tashabbuskorlarga ajratilgan jami 3929 gektar, jumladan Boyovut tumanida 919 gektar, Guliston tumanida 565 gektar, Oqoltin tumanida 220 gektar, Sardoba tumanida 973 gektar, Sirdaryo tumanida 991 gektar va Xovos tumanida 2601 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida jami 36 ta, shundan 31 ta qo‘ychilik va echkichilik, 5 ta yilqichilik va tuyachilik loyihalarini amalga oshirish.

2019-2020-yillar

Tijorat banklarining kreditlari va tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zchorvanasl” agentligi,
tumanlar hokimliklari,
tashabbuskorlar

13.

Qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik va tuyachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tashabbuskorlarga bank kreditlari ajratish va chetdan zotdor qo‘y, echki va tuya olib kelish.

2020-yil

mart,

shartnoma asosida

Tijorat banklarining kreditlari va tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zchorvanasl” agentligi,
tuma�lar hokimliklari, tashabbuskorlar