Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda davlat organlari, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi uchinchi xatboshidagi “rahbar tomonidan imzolangan va tashkilotchilarning muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari “tashkilotchilarning rahbari imzosi bilan tasdiqlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 58-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi “, litsenziya talabgorining muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi sakkizinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlangan” soʻzlari “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning 3.9-kichik bandidagi toʻrtinchi jumla chiqarib tashlansin;
b) 41-bandning oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Invoyslar eksport qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “va muhr (mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi 100-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 40-modda):
1-ilovaning 11.9.4-bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
2-ilova VIII. boʻlimining “Mulkdor” qismidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun namunaviy mehnat shartnomasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalarining 22-bandidagi “va muhri bilan tasdiqlanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 3-ilovasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 2, 4 va 7-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) 2-ilovaning rus tilidagi matnida 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “i pechatyu zayavitelya” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi “a” kichik bandidagi “xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri va rahbarning imzosi bilan” soʻzlari “xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “va oʻz muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 49-bandi birinchi xatboshidagi “agar u yuridik shaxs hisoblansa imzo shuningdek muhr” soʻzlari “imzo” soʻzi bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi tomonidan maʼlum qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-banddan “va ishlab chiqaruvchining muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi “(M.Oʻ.)” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “v” va “g” kichik bandlaridagi “yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning birinchi xatboshidagi “va ariza beruvchining muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi “(M.Oʻ.)” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
v) 7-ilovadagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi “holda” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 5-bandi “z” kichik bandidagi “, xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 19-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi, “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi, “v” kichik bandi uchinchi xatboshidagi, “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi “yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 35-bandning beshinchi xatboshidagi “litsenziat muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 28-bandi ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi “muhr oʻrni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisida nizomga 1-ilovaning “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotining rahbari” ustunidagi “M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
30. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 10-martdagi 56-son qarorining rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 11-son, 125-modda):
a) 1-ilova bilan tasdiqlangan nizomga 9 — 15-ilovalardagi “M.P.” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova bilan tasdiqlangan nizomga 3-ilovadagi “M.P.” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilova bilan tasdiqlangan nizomga 3-ilovadagi “M.P.” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
g) 4-ilova bilan tasdiqlangan nizomga 2-ilovadagi “M.P.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga 2-ilovada:
“M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarida:
a) 57-banddagi “shuningdek, muhr” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 86-bandning uchinchi xatboshidagi “muhr va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan nizomga 2-ilovaning rus tilidagi matnidagi “M.P.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 37-son, 468-modda) bilan tasdiqlangan Yoshlarning koʻp kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi “d” kichik bandidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi “v” kichik bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda):
a) 1-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
53-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
53-bandning oltinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
74-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
g) 4-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
36-bandning beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
56-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
56-bandning beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
79-bandning sakkizinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
d) 5-ilovaning 16-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 6-ilovaning 8-bandi sakkizinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son 10-modda) bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida 13-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “pechatyu i” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son 15-modda) bilan tasdiqlangan nizomning rus tilidagi matnida:
b) 2 va 3-ilovalardagi “M.P.” (dlya turistskix organizatsiy)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3, 4 va 8-son ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5 va 6-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqarmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 40-modda):
a) 1-ilovaning 40-bandidagi “(agar muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 22-bandidagi “(agar muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1 va 2-ilovalardagi “, muhr (mavjud boʻlsa)” va “M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 53-modda) Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 33-bandidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “muhr mavjud boʻlsa” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3 va 5-ilovalardagi “(mavjud boʻlsa)” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 20-son, 364-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-ilovaning izohidagi “kichik biznes subyektlari uchun — muhr mavjud boʻlganda” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning izohidagi “muhr mavjud boʻlganda – tadbirkorlik subyektlari uchun” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
47. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-iyundagi 427-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 26-son, 590-modda) bilan tasdiqlangan Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning rus tili matnidagi 130-bandining ikkinchi xatboshidagi “prostavlyayetsya pechat izgotovitelya i” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 489-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 660-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovaning rus tili matnidagi “(M.P.)” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 631-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 33-son, 860-modda) bilan tasdiqlangan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi toʻgʻrisida nizomning 7-bandi oltinchi xatboshidagi “(bor boʻlsa)” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 36-son, 952-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxsning rahbari (direktor, rais) tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) yuridik shaxs vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma. Yuridik shaxsning erkinliklari ifodalagan holatlarda, ishonchnomaning oʻrniga uning rahbari tomonidan uni ushbu lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) taqdim etiladi”.
51. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 40-son, 1056-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan,” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 225-modda) bilan tasdiqlangan Liftlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentining rus tili matnidagi 34-bandi ikkinchi xatboshidagi “prostavleniyem pechati oformivshey organizatsii i” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning “Buyurtmachi” ustunidagi “muhr” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
54. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1006-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 34-banddagi toʻrtinchi jumla chiqarib tashlansin;
b) 42-banddagi “varagʻiga tegishli muhr qoʻyiladi va” soʻzlari “varagʻi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 2 va 3-ilovalardagi “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining shahar tashish yoʻlovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-fevraldagi 136-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining “b” kichik bandidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
59. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 15-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2, 3 va 4-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
60. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaning IX boʻlimi “Xususiy sherik” ustunidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
61. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandidagi “hamda muhr” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarorida:
a) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslar ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi “M.Oʻ. (agar bor boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi “M.Oʻ. (agar bor boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi “M.Oʻ. (agar bor boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 39-son, 780-modda):
a) Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ilovaning 7-boʻlimi “Ijrochi” ustunidagi “, muhr” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnomaning 10-boʻlimidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
64. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-oktabrdagi 821-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 41-son, 813-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “va muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-ilovaning 8-bandi izohidagi “muhr bosiladi” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 2-ilovaning 6-bandi izohidagi “muhr bosiladi” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son; 21.10.2024-y., 09/24/690/0834-son; 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son; 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son; 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son; 14.07.2025-y., 09/25/430/0601-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)