“Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali uydagi turar joyga mo‘ljallanmagan bino mulkdori o‘rtasidagi Namunaviy shartnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda ushbu qarorga muvofiq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 60-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
qarorning nomidan “Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4. “O‘zkommunxizmat” agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
1.1. “________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (qisqacha nomlanishi — “__________________” XUMSh “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuzilgan hamda ____________sh., _______________ ko‘chasidagi №_______ uyda (uylarda) joylashgan ko‘p kvartirali uydagi (uylardagi* ) turar joylar mulkdorlari (keyingi o‘rinlarda mulkdorlar deb ataladi) birlashmasidan iboratdir.
1.2. “__________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati joylashgan manzil (keyingi o‘rinlarda Shirkat deb ataladi): O‘zbekiston Respublikasi, _____________ sh., _______________ ko‘chasi, № ____ uy.
1.3. Shirkat — notijorat tashkilot bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga va shtamplarga, shuningdek, o‘zining ramziga ega.
1.4. Shirkat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi va yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
1.5. Shirkat o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob beradi va o‘z a’zolarining majburiyatlari uchun javob bermaydi. Shirkat a’zolari Shirkat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.6. Mazkur Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qonunchilikda va ushbu Ustavda belgilangan tartibda kiritiladi.
(1.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.1. Uy-joy fondini birgalikda boshqarish va uning saqlanishi, butligi va ta’mirlanishini ta’minlash, ko‘p kvartirali uydagi mulkdorlarning umumiy mulki (keyingi o‘rinlarda umumiy mulk deb ataladi) va yer uchastkasidan foydalanish Shirkatni tashkil etishning ko‘zlangan maqsadi hisoblanadi.
mulkdorlar tomonidan ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkni boshqarish bo‘yicha birgalikda qarorlar qabul qilinishini ta’minlash;
mulkdorlarning ko‘p kvartirali uyning va yer uchastkasining texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va ekologik holati zarur darajada saqlanishini belgilangan qoidalar, me’yorlar va standartlarga muvofiq ta’minlash, shuningdek umumiy mulk holatini yaxshilash (mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash) bo‘yicha qarorlarining ijrosini ta’minlash;
mulkdorlar o‘rtasida umumiy mulkni va yer uchastkasini saqlash bilan bog‘liq umumiy xarajatlarni, shuningdek Shirkatdagi boshqa xarajatlarni taqsimlash, majburiy badallar va to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mulkdorlarning umumiy mulk, yer uchastkasi va obodonlashtirish elementlaridan foydalanishga doir, shuningdek qonunchilik va ushbu Ustavda belgilangan doirada manfaatlarini muvofiqlashtirish;
(2.2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
mulkdorlarning umumiy mulkiga va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalash va himoyalash;
ko‘p kvartirali uydagi iste’molchilarni kommunal xizmatlar bilan ta’minlashda ishtirok etish, mulkdorlar qaroriga ko‘ra kommunal xizmatlar buyurtmachisi funksiyalarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3.1. Mazkur Ustavning 1.1-bandida ko‘rsatilgan uyda (uylarda)gi turar joylarning mulkdorlari — jismoniy va yuridik shaxslar Shirkat a’zolari hisoblanadi.
1.1-bandda ko‘rsatilgan uyda (uylarda) turar joy sotib olgan shaxslar o‘zlarida xonaga egalik huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab Shirkat a’zosi hisoblanadi.
3.3. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini boshqa Shirkatga qo‘shish yo‘li bilan qayta tashkil etish vaqtida qayta tashkil etilayotgan shirkatning a’zosi bo‘lgan turar joylar mulkdorlarining a’zoligi Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab yuzaga keladi.
3.4. Shirkat a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning vakolati u vakolat bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
3.5. Yuridik shaxs — Shirkat a’zosi qayta tashkil etilganda yoki jismoniy shaxs — Shirkat a’zosi vafot etganda ularning huquqiy vorislari yoki merosxo‘rlari ularda turar joyga mulk huquqi vujudga kelgan paytdan boshlab Shirkat a’zosiga aylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.6. Shirkatning voyaga yetmagan a’zolari manfaatlarini ularning ota-onalari, vasiylari qonunchilikda belgilangan tartibda ifodalaydi.
(3.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3.7. Agar turar joy umumiy mulkchilik asosida bir necha mulkdorga tegishli bo‘lsa, ular Shirkatning bitta a’zosi huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi va Shirkatni Shirkatga a’zolikni amalga oshirish usuli (ular o‘rtasidagi kelishuv asosida) haqida xabardor qiladi.
3.8.Agar bitta mulkdorga ko‘p kvartirali uydagi (uylardagi) bir necha turar joy tegishli bo‘lsa, u bitta Shirkat a’zosi huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
alohida ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining ko‘pchilik ovozi bilan Shirkatdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
4.1. Ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdorlariga umumiy mulk umumiy ulushbay mulk huquqi asosida tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4.2. Ko‘p kvartirali uyda umumiy ulushbay mulk huquqi asosidagi umumiy mulkka ko‘p kvartirali uyning umumiy turar joylari (xollar, aravachalar qo‘yiladigan joylar, chiqindi kameralari va h. k.), tayanch va to‘siq konstruksiyalar (devorlar, to‘siqlar, fundamentlar), kvartiralararo zinapoya maydonchalari, zinalar (podyezd ichidagi, tashqi, podyezdga kirish joylaridagi), liftlar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar (ventilatsiya shaxtalari, chiqindi quvurlari va h. k.), koridorlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, chordoq va tomlar, uyning ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, turar joy tashqarisida va ichida joylashgan, bittadan ortiq turar joyga xizmat ko‘rsatuvchi mexanik, elektrik, sanitariya-texnik va boshqa jihozlar va moslamalar kiradi.
(4.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)
Uyning fasadi elementlari bo‘lgan umumiy mulkning qismlari — turar joy va podyezdlarning fasad oynalari, uyning podyezdiga kirish eshiklari, balkonlar, fasadni bezash materiallari ham umumiy mulkka kiradi.
4.3. Mulkdorning umumiy mulkka nisbatan umumiy mulk huquqi unga mulk huquqi asosida tegishli maydonning uyning umumiy maydonidagi nisbatiga teng bo‘ladi.
4.4. Har bir mulkdorning ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka umumiy ulushbay mulk huquqi uning turar joyga bo‘lgan mulk huquqidan ajralmasdir.
Mulkdor ko‘p kvartirali umumiy mulkdagi o‘z ulushini begonalashtirishga, undan jismoniy yoki yuridik shaxslar foydasiga, shu jumladan uydagi yoki Shirkatdagi boshqa turar joy mulkdorlari foydasiga voz kechishi yoki o‘ziga turar joy va/yoki noturar joy mulkchiligi huquqi asosida tegishli bo‘lgan umumiy mulk huquqidagi ulushi yo‘qotilishiga olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin emas.
4.6. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari uni saqlash xarajatlarini birgalikda amalga oshirishlari shart. Turar joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ulushi mulkdorning turar joy maydonining uyning umumiy maydonidagi ulushiga mutanosib tarzda belgilanadi.
4.7. Uydagi umumiy mulkdan va yer uchastkasidan foydalanish mulkdorlarning umumiy ulushbay mulk huquqidagi ulushi miqdoriga bog‘liq emas. Mulkdorlar turar joylarining chegarasida bo‘lgan umumiy mulk qismlari foydalanilishi cheklangan umumiy mulk hisoblanadi.
4.8. Umumiy mulkning alohida qismlari Shirkat a’zolariga va boshqa shaxslarga Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda va shartlarda Shirkat a’zolariga foydalanishga berilishi mumkin.
Umumiy mulkning alohida qismi va/yoki Shirkat yer uchastkasidan (foydalanilishi cheklangan mulkdan tashqari) faqat o‘z manfaati uchun foydalanuvchi Shirkat a’zosi Shirkatga Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan miqdorda haq to‘lashi kerak.
4.9. Uydagi umumiy mulkning alohida qismlari Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda va shartlarda uchinchi shaxslarga berilishi mumkin. Bunda ushbu uy turar joy mulkdorlarining ellik foizdan kam bo‘lmagan qismi bunga rozilik bergan bo‘lishi kerak.
4.10. Umumiy mulkning mulkdorlar manfaatlariga va ularning turar joydan foydalanish imkoniyatlariga zarar yetkazmagan holda begonalashtirilgan qismlarini sotish turar joy mulkdorlarining yetmish besh foizdan kam bo‘lmagan qismi bunga rozilik bergan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
uydagi (uylardagi) umumiy mulkni, yer uchastkasini va Shirkat mulkini saqlash bo‘yicha ishlar rejasini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘p xonadonli uy-joy fondini umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan hajmda belgilash;
(5.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
shartnomaviy asosda turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlarining uyning umumiy mulkini saqlash xarajatlari va mulkdorlarning boshqa umumiy xarajatlarida ishtirokini ta’minlash. Agar turar joyga mo‘ljallanmagan binolardan foydalanish Shirkatning umumiy mulkni zarur texnik va sanitariya holatida saqlash xarajatlarining oshib ketishiga olib kelsa va/yoki turar joylardan foydalanish bo‘yicha noqulayliklar tug‘dirsa, Shirkat o‘z a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra turar joyga mo‘ljallanmagan bino mulkdoriga pulli va yoki boshqacha moddiy shaklda tegishli kompensatsiya to‘lanishini talab qilishga haqli;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tanlov asosida va qonunchilikka muvofiq Shirkatning umumiy maydoni, yer uchastkasi va mulkini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek kommunal xizmatlar ko‘rsatish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
(5.1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mazkur Ustavda belgilangan tartibda Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda va ushbu Ustavda ko‘zda tutilgan tartibda va shartlarda banklar kreditlaridan foydalanish;
(5.1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
belgilangan tartibda turar joy (uylar)ga xizmat ko‘rsatish, xo‘jalik inshootlari va boshqa inshootlar qurish uchun doimiy ravishda ishlatishga yer uchastkalari olish;
doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasida xo‘jalik inshootlari va boshqa qurilmalar qurish, Shirkat umumiy mulki yoki turar joyining bir qismini shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiq barpo etish;
mulkdorni oldindan ogohlantirgan holda va mulkdor (yoki uning vakili) ishtirokida umumiy mulkning mulkdorlar turar joylari chegarasida bo‘lgan qismlarining sanitariya holatini nazorat qilish, shu jumladan belgilangan me’yorlar, qoidalar va standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun kirish;
boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan avariyani bartaraf etish uchun mulkdorlar turar joyiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan hollarda mulkdorlar yo‘qligida va avariya paytida ularni ogohlantirish imkoni bo‘lmaganda) imkoniyatidan foydalanish;
uydagi umumiy mulkning butligini saqlashni ta’minlash maqsadida mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olingan holda turar joyni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari bo‘yicha kelishuvga erishish;
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan, bu hol mulkdorlarning qonunchilik tomonidan himoyalanadigan huquq va manfaatlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan taqdirda, umumiy mulkning bir qismini foydalanishga yoki cheklangan tarzda foydalanishga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5.1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq Shirkat mulkini xarid qilish, sotish, o‘tkazish, ijaraga berish, balansdan chiqarish;
(5.1-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5.1-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda turar joy mulkdoridan Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilangan majburiy to‘lovlarni undirish, Shirkatga yetkazilgan xarajatlarni to‘liq qaytarish to‘g‘risidagi talabni ilgari surish;
(5.1-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
faoliyatning umumiy masalalarini hal etish uchun tuziladigan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari birlashmalariga (uyushmalari, ittifoqlariga) kirish va ularning tarkibidan chiqish;
mulkdorlar yoki ularning vakillari bilan bog‘lanish uchun muloqot axboroti (pochta va/yoki elektron manzil, telefon raqamlari);
turar joydan foydalanuvchilar soniga bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlar miqdorini taqsimlash maqsadida turar joyda istiqomat qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlarni so‘rab olish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5.1-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5.2. Shirkat mulkdorlarning umumiy mulkini tasarruf etish, shu jumladan begonalashtirish, garov tariqasida va qonunchilikda hamda ushbu Ustavda ko‘zda tutilganidan boshqacha tartibda foydalanish huquqiga ega emas.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkining belgilangan qoidalar, me’yorlar va standartlarga, shuningdek Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, har bir uy-joy mulkdorlarining yig‘ilishi qarorlariga muvofiq ravishda butligi va saqlanishini ta’minlash;
mazkur Ustavning, Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi va Boshqaruv yig‘ilishi, shuningdek har bir uy-joy mulkdorlari yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlash;
har yili Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash bo‘yicha ishlar rejasini belgilash va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi haqidagi hisobotni tuzish;
Shirkat ish rejasining bir qismi sifatida har qaysi ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari umumiy mulkini saqlash bo‘yicha har yili ish rejasini belgilash hamda har bir uy-joy uchun ijrosi bo‘yicha hisobot tuzish, turar joy egalarining yig‘ilishida tasdiqlash;
har yili Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasini va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi bo‘yicha hisobotni tuzish;
har yili Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi bo‘lgan umumiy mulkni saqlash bo‘yicha daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi bo‘yicha hisobotni tuzish;
umumiy mulkka egalik qilish va undan foydalanish bo‘yicha qoidalar, shartlar va tartibini belgilashda, barcha mulkdorlarning umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushini hisoblab chiqishda Shirkatning barcha a’zolari qonuniy huquq va manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
uy-joylarning barcha mulkdorlari, ijarachilari, yollovchilar tomonidan umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
uchinchi shaxslar bilan munosabatda umumiy mulkni saqlash, egalik qilish va foydalanish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda Shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
mulkdorlarga umumiy mulkning holati, amalga oshirilgan va amalga oshiriladigan xarajatlar to‘g‘risida axborot berish, Shirkat a’zolari oldida mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan tartibda hisobot berish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5.3-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkat va Shirkatning boshqa a’zolari bilan kelishmagan holda o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joydan ko‘zlangan maqsadga muvofiq egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish, shu jumladan uni qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berish;
umumiy mulkdan, shuningdek yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlaridan belgilangan maqsadga va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq foydalanish;
ushbu Ustavda belgilangan tartibda Shirkat faoliyati, umumiy mulk holati, amalga oshirilgan va oshiriladigan umumiy xarajatlar to‘g‘risida axborot olish;
Shirkat faoliyatida, shu jumladan, sirtdan yozma ovoz berish yo‘li bilan va/yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish, uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra umumiy mulk va/yoki yer uchastkasining alohida qismlarini Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilangan tartibda va shartlarda foydalanishga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat a’zosi Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarorlarida belgilangan va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(6.1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ushbu Ustav talablari, Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, Shirkat boshqaruvi, har bir uy turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qarorlari, shuningdek Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan umumiy mulk, yer uchastkasi, Shirkat mulki hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
o‘z hisobidan o‘zining mulki hisoblangan turar joylarning zarur darajada saqlanishi va ta’mirlanishini ta’minlash;
belgilangan tartibda tegishli ruxsat olgach, Shirkat bilan o‘ziga tegishli turar joyni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash bo‘yicha kelishuvga erishish, o‘zboshimchalik bilan turar joyni rekonstruksiya qilish va/yoki tarxini qayta tuzish va/yoki qayta jihozlashga yo‘l qo‘ygan Shirkat a’zosi o‘z hisobidan xonani avvalgi holiga keltirishga majbur;
oldindan ogohlantirilgan holda va o‘zining yoki vakilining ishtirokida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyga umumiy mulkning mulkdori turar joyi chegarasida bo‘lgan qismini ko‘rikdan o‘tkazish, joriy va kapital ta’mirlash uchun, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun Shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillarini darhol kiritish. Xonaga kirishga yo‘l qo‘ymagan mulkdor shu tufayli ishlar bajarilmay qolganligi natijasida yetkazilgan zararni o‘z hisobidan qoplaydi;
umumiy mulk, yer uchastkasi, Shirkatning mulki, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish bo‘yicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;
mazkur Ustav va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, har bir uy turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qarorlariga ko‘ra belgilangan tartibda uydagi umumiy mulkni saqlash xarajatlari va Shirkatning boshqa xarajatlarida uydagi umumiy mulkka bo‘lgan umumiy ulushbay mulk huquqi asosida ishtirok etish, Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, har bir uy turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qarori bilan boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno;
Shirkatga muloqot uchun hamda u yoki uning vakili bilan bog‘lanish maqsadida ma’lumotlar berish (pochta va/yoki elektron manzil, telefon raqamlari) va shu turdagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda darhol xabar berish;
turar joy ijaraga berilgan taqdirda 10 kun muddatda Shirkatga bu haqda, shuningdek ijara shartnomasi asosida ijarachiga umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlarini bergan yoki bermaganligi to‘g‘risida xabar berish. Ijarachi tomonidan ijara shartnomasi asosida olingan umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlari kerakli tarzda bajarilmagan yoki kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda Shirkat oldida Shirkat a’zosi javob beradi;
o‘zi yoki u bilan birga istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan, shuningdek ijara shartnomasi asosida va boshqa asoslarda u bilan birga istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan boshqa mulkdorlar mulkiga, umumiy mulkka yoki Shirkat mulkiga yetkazilgan zararni o‘z hisobidan qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni sotish paytida qonunchilikda ko‘zda tutilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda Shirkat va uning oldidagi majburiyatlari, umumiy xarajatlar va kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar haqida ma’lumotlar berish;
(6.2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkatni turar joyning boshqa mulkdorga berilgani to‘g‘risida ogohlantirish va yangi mulkdor to‘g‘risida axborot berish.
7.1. Shirkatning umumiy xarajatlari umumiy mulkni, yer uchastkasi, Shirkat mulkini belgilangan chegarada va unda joylashgan tashqi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlari, shuningdek Shirkat mulkini boshqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlardir.
7.2. Turar joy mulkdorlarining umumiy mulki, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Shirkat boshqaruvchisi (ijrochi direktori), buxgalteri va Shirkat tomonidan boshqaruv vazifalarini bajarish uchun jalb qilinadigan boshqa shaxslar mehnatiga haq to‘lash;
yuridik va jismoniy shaxslar — xususiy tadbirkorlar bilan boshqaruv bo‘yicha shartnomalarga haq to‘lash;
Shirkatning ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotlari, shu jumladan Shirkat a’zolari oldidagi hisobotlari bilan bog‘liq xarajatlar;
mulkni boshqarish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish bilan bog‘liq aloqa xizmatlari, transport xarajatlari va jamoat transportidan foydalanish xarajatlarini to‘lash;
Shirkat a’zolari va turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari to‘liqligini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;
tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish yuzasidan ijrochilar va/yoki pudratchilarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar;
umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish, shuningdek Shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Boshqaruv xarajatlari Shirkatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq, har bir uy mulkdorlari yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan Shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasining bir qismi bo‘lgan har bir uy umumiy mulkini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
7.3. Umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
mulkning texnik va sanitariya holatini zarur darajada saqlash, shu jumladan, ishlab chiqarish xodimlari mehnatiga haq to‘lash (shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lov), materiallar, jihozlar, mashinalar va mexanizmlar bilan bog‘liq xarajatlar;
joriy va avariya-ta’mirlash ishlari, mukammal ta’mirlash, umumiy mulk obyektlarini almashtirish va rekonstruksiya qilish xarajatlari, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan pudrat shartnomasi haqini to‘lash xarajatlari;
Shirkat umumiy mulki va yer uchastkasiga xizmat ko‘rsatish va/yoki foydalanish bilan bog‘liq elektr energiya va boshqa resurslar sarfi uchun haq to‘lash;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va unda joylashgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlari butligi va saqlanishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
7.4. Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi Shirkatning maxsus jamg‘armalari: mukammal ta’mirlash jamg‘armasi, zaxira jamg‘armasi, kutilmagan xarajatlar jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar tuzilishini ko‘zda tutishi mumkin. Shirkat jamg‘armalariga yo‘llangan mablag‘lar unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni sotish paytida Shirkat a’zosi yoki turar joyga mo‘ljallanmagan bino egasiga qaytarilmaydi, alohida uy turar joy mulkdorlari ushbu uydagi turar joy mulkdorlari qaroriga ko‘ra Shirkatdan chiqqan holat bundan mustasno.
7.5. Shirkat umumiy mulkini, yer uchastkasini va mulkini ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar tasdiqlangan ishlar rejasi, Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi bo‘lgan va har bir uyning turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan har bir uy umumiy mulkini saqlash daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
7.6. Shirkat umumiy mulkni mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash ishlarini Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi, ko‘p kvartirali turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
8.1. Har yili 15-dekabrgacha Shirkat boshqaruvi Shirkatning kelgusi moliyaviy yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzadi.
Xarajatlar smetasini tuzishda har bir ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkni, yer uchastkasini va mulkini saqlash bo‘yicha ishlar rejasi loyihasi asos hisoblanadi. Xarajatlar loyihasi smetasi mehnat, qurilish materiallari, ishlar va xizmatlarning amaldagi bozor qiymati asosida tuziladi hamda kelgusi yil davomida ularning kutilayotgan o‘zgarishlarini nazarda tutishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat daromadlari smetasi Shirkat a’zolarining majburiy badallari va turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlari badallari hamda qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar va tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(8.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Daromadlar smetasi Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan Shirkatning barcha rejalashtirilgan xarajatlari va mavjud moliyaviy majburiyatlarini qamrab olishi kerak.
8.2. Shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda kelgusi moliyaviy yil uchun Shirkat a’zolari badallarining miqdori bo‘yicha takliflar Shirkat boshqaruvi tomonidan Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ishlar rejasi va Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi bo‘lgan har bir uy umumiy mulkini saqlash bo‘yicha ishlar rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlar Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishiga qadar ushbu uydagi turar joylar mulkdorlari yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8.3. Shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdori Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.
(8.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
8.4. Shirkat a’zolarining o‘tgan yil bo‘yicha Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisobotni, kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat a’zolari, turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini tasdiqlashga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi moliyaviy yil yakunlangandan so‘ng 60 kundan kechikmay chaqiriladi.
Shirkatning kelgusi yil uchun mo‘ljallangan ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash bo‘yicha umumiy yig‘ilishini joriy moliyaviy yil yakunlanmasdan, shuningdek Boshqaruvning joriy yil (o‘tgan yil) bo‘yicha Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqilmagan va tasdiqlanmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
8.5. Shirkatning yillik ish rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat a’zolari hamda turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini tasdiqlashga bag‘ishlangan yig‘ilish Shirkat a’zolarini umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida kamida 10 kun avval ogohlantirgan holda o‘tkaziladi. Ogohlantirish shakli (yozma, og‘zaki) Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida, Shirkat xarajatlari smetasida tegishli xarajatlar e’tiborga olingan holda belgilanadi.
8.6. Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasida hisobot va loyiha hujjatlaridan nusxa ko‘chirish va yetkazib berish xarajatlari ko‘zda tutilgan hollarda Shirkat boshqaruvining o‘tgan yil bo‘yicha Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisoboti va kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasi Shirkatning har bir a’zosiga yuboriladi.
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi Shirkat a’zolarini Shirkat ishlari rejasi hamda xarajatlar va daromadlar smetasi loyihalari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar bilan oldindan tanishtirishning boshqacha usulini belgilashi mumkin, bu holda bo‘lajak umumiy yig‘ilish to‘g‘risidagi xabarnomada Shirkat a’zolari yuqoridagi hujjatlar bilan tanishib chiqishi mumkin bo‘lgan joy va vaqt ko‘rsatiladi.
8.7. Boshqaruv xarajatlari Shirkatning tasdiqlangan xarajatlar va daromadlar smetasida boshqaruv uchun mo‘ljallangan xarajatlar hajmidan o‘n foiz oshib ketgan taqdirda yoki smeta moddalarini umumiy mulkka xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlariga mo‘ljallangan xarajatlarning o‘n foizdan ziyod kamayib ketishiga olib keladigan tarzda almashtirilishi Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanishi kerak.
8.8. Shirkatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga Shirkat ish rejasida ko‘zda tutilmagan ishlar yoki materiallar, ishlar va xizmatlar narxining o‘sishi natijasida vujudga kelgan xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror ushbu Ustavda ko‘zda tutilgan tartibda chaqiriladigan Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi, har bir uy mulkdorlari yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanishi kerak.
8.10. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra ayrim hollarda majburiy badallarning bir qismini to‘lash Shirkat a’zolarining umumiy xarajatlarda boshqacha shaklda ishtirok etishiga almashtirilishi mumkin: Shirkatga mulkning berilishi yoki ayrim ishlarni bajarish yoxud xizmat ko‘rsatish shular jumlasidan.
Kiritiladigan mulk qiymati u kiritilgan kunda Boshqaruv qarori bilan, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati esa – amaldagi bozor narxlari asosida ishlar tavsifi narxiga ko‘ra belgilanadi.
8.11. Majburiy oylik badallar va to‘lovlar qonunchilikka ko‘ra Shirkat a’zolari tomonidan o‘tayotgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan to‘lanadi, Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida majburiy badallarni avans tarzida to‘lash haqida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
8.12. Agar majburiy badallar va to‘lovlar o‘z muddatida to‘lanmasa, turar joy mulkdori qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
(8.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8.13. Shirkatning birinchi moliyaviy yili u ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlanib, 31-dekabrda tugaydi. Keyingi moliyaviy yillar kalendar yiliga to‘g‘ri keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9.1. Shirkat ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mulkidan ajratilgan o‘z mulkiga ega bo‘ladi, bu mulk Shirkat mablag‘lari hisobiga yoki qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullarda xarid qilingan bo‘lishi mumkin.
(9.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9.2. Shirkat mulki pul mablag‘lari, binolar, inshootlar, jihozlar, inventar, transport vositalari va boshqa mulkdan iborat bo‘ladi, ular Shirkat mablag‘lari hisobiga yoki qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullarda xarid qilinadi, shuningdek Shirkat yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlari ham Shirkat mulki hisoblanadi.
(9.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9.4. Shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar Shirkat a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar qonunchilikda belgilangan soliqlar to‘langandan so‘ng Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra faqat Shirkatning ustav maqsadlariga sarflanadi yoki kelgusida ustav maqsadlariga sarflash uchun Shirkatning maxsus jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
(9.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9.5. Alohida ko‘p kvartirali uy turar joy mulkdorlari Shirkat tarkibidan chiqqan taqdirda turar joy mulkdorlari tomonidan ushbu uyni mukammal ta’mirlash uchun to‘plagan maqsadli jamg‘armasi hisobiga shakllanadigan pul mablag‘lari belgilangan tartibda yangi tuzilayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga berilishi kerak.
10.1. Ko‘p kvartirali uyda umumiy mulkni boshqarish uning butligi, uy-joy fondining belgilangan texnik va sanitariya holatiga majburiy tartibda rioya etilishi, mulkdorlar mulki qiymatining saqlanishi yoki oshishini ta’minlashi kerak.
10.2. Shirkatning umumiy mulki va mulkni boshqarish maqsadlari Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, har bir uy mulkdorlari yig‘ilishi qaroriga ko‘ra belgilanadi.
uydagi xonalarning yashash yoki ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash, xavfsizligini oshirish;
resurslarni tejash choralarini amalga oshirish yordamida kommunal xizmatlar xarajatlarini kamaytirish va boshqalar.
10.3. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra Shirkat umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish vazifalari:
boshqaruvchi tashkilotga — har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxsga yuklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma asosida boshqarishning ayrim vazifalarini (vakolatlarni) boshqaruvchi (ijrochi direktor)ga yoki boshqaruvchi tashkilotga berish to‘g‘risidagi qaror Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida qonunchilikka muvofiq qabul qilinadi.
(10.3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10.4. Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va unda joylashgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash:
tanlov asosida jalb qilinadigan pudratchilar (jismoniy yoki yuridik shaxslar), Shirkat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
10.5. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash usuli o‘zgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10.6. Umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkatning mulki xavfsizligini va zarur holatda saqlanishini ta’minlash uchun boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot ishlarni bajarishga faqat zarur malakaga, shuningdek qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lgan kishilarni jalb etadi.
(10.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11.1. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi va Shirkat boshqaruvi Shirkatning boshqaruv organlari hisoblanadi.
11.2. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi Shirkat boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va har yili kamida bir marta, mazkur Ustavda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Boshqaruvni, Boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash va ularning vakolatini muddatidan oldin to‘xtatish;
umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini saqlash bo‘yicha yillik ish rejasini, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Shirkat boshqaruvi raisiga, a’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan mukofot puli miqdorini tasdiqlash;
Shirkat xodimlari, shu jumladan boshqaruvchining (ijrochi direktorning) ish haqi hajmini va ularni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Shirkatning maxsus jamg‘armalari, shu jumladan zaxira jamg‘armasi va umumiy mulkni mukammal ta’mirlash jamg‘armasini shakllantirish va mablag‘larining sarflanishi tartibini tasdiqlash;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va obodonlashtirish obyekti, mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
taftish komissiyasi tomonidan Shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlari o‘tkazilishi tartibini belgilash;
Shirkat boshqaruvi raisi, a’zolari va taftish komissiyasi a’zolari faoliyatiga taalluqli arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
ko‘p kvartirali uydagi turar joylarni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish va qayta jihozlash tartibini belgilash;
Shirkat mulkini ijaraga berish, shuningdek mulk qiymati Shirkat mulki balans qiymatidan yigirma foiz ortiq bo‘lsa, uni balansdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Shirkat a’zolariga umumiy mulkning alohida begonalashtiriladigan qismlarini foydalanishga berish, ijaraga berish, begonalashtirish, garovga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
umumiy mulkni mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash hamda ushbu maqsadlar uchun mablag‘ to‘plash haqida qarorlar qabul qilish;
qarz mablag‘lari, shu jumladan bank kreditlari olish, shuningdek bir uy mulkdorlari mablag‘ini Shirkatdagi boshqa uy ehtiyojlariga sarflash uchun qarz olish (qayta taqsimlash) haqida qaror qabul qilish (ushbu masalalar bo‘yicha qarorlar bir ovozdan yoki Shirkat a’zolarining qarz mablag‘larini qaytarish bo‘yicha shaxsiy majburiyatlari asosida qabul qilinadi);
Shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda)dan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;
Shirkat faoliyatiga taalluqli masalalarni hal etish uchun doimiy va vaqtinchalik jamoatchilik komissiyalari va qo‘mitalarini tuzish;
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (ittifoqi)ga va boshqa birlashmalarga kirish va undan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Shirkatga yangi a’zolar — avval boshqa xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zosi bo‘lgan hamda uning tarkibidan chiqqan yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tuzish haqida qaror qabul qilgan uy(uylar) turar joylari mulkdorlarini qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
mahalliy davlat hokimiyati organining Shirkat a’zolari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etmagan boshqaruv raisini chaqirib olish va boshqaruvchi (ijrochi direktor)ni vazifasidan ozod etish haqidagi taklifini, shuningdek ushbu nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarini ko‘rib chiqish;
Shirkat faoliyatiga oid, ular yuzasidan sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar ro‘yxatini tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka ko‘ra Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi vakolatlariga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
(11.3-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11.4.1. Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi moliyaviy yil yakunlangandan so‘ng 60 kundan kechikmay o‘tkaziladi.
Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishidan avval mazkur Ustavda Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi uchun belgilangan tartibda Shirkatdagi har bir uy mulkdorlarining yig‘ilishi o‘tkazilishi kerak.
11.4.3. Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Shirkat boshqaruvi, Shirkatdagi umumiy ovozlar sonining o‘n foizdan kam bo‘lmagan qismiga ega Shirkat a’zolari tomonidan, shuningdek taftish komissiyasi talabiga ko‘ra chaqirilishi mumkin.
11.4.4. Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi, Shirkat tomonidan qonunchilikni buzish hollari ro‘y berganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqirilishi mumkin.
11.4.5. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti, kun tartibi va kimning tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilayotgani, shuningdek Shirkat hujjatlari loyihalari va hisobotlar bilan tanishtirish tartibi haqida umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun avval ogohlantiriladi.
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida belgilangan joylarda e’lonlar osib qo‘yish (uyning yo‘laklarida, uy atrofidagi hududda); ogohlantirish varaqasida imzo chektirish orqali og‘zaki yoki yozma ogohlantirish; Shirkat a’zosi ko‘rsatgan manzil bo‘yicha pochta jo‘natmasi (buyurtma xat) jo‘natish orqali yozma ogohlantirish usullari qo‘llanilishi mumkin.
11.5. Umumiy yig‘ilish unda Shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizdan ko‘prog‘i qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Umumiy yig‘ilishda har bir ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yoki ular vakillarining kamida ellik foizi qatnashishi kerak.
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum yetarli bo‘lmagan taqdirda Shirkat boshqaruvi Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishining yangi sanasi va vaqtini belgilaydi, bu haqda Shirkatning barcha a’zolari qo‘shimcha ravishda ogohlantiriladi. Shirkat a’zolarining yangi belgilangan umumiy yig‘ilishi ilgari qoldirilgan umumiy yig‘ilishdan 10 kundan kechikmay o‘tkaziladi.
11.6. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadigan yig‘ilish raisi boshqaradi.
Shirkatning o‘tgan davr bo‘yicha ishlar rejasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish;
taftish komissiyasining Shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi hisobotini eshitish;
auditorni jalb qilish (zarur hollarda) yoki auditor xulosasini ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qilish;
ishlar rejasi, daromadlar va xarajatlar smetasini yoki ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash (zarur hollarda);
11.8.2. Umumiy yig‘ilish ovoz beruvchilarning qo‘l ko‘tarishi orqali yoki ovoz berish byulletenlarini to‘ldirish orqali ovoz berish usuli haqida qaror qabul qiladi.
11.8.3. Umumiy yig‘ilish vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar ular uchun Shirkat a’zolarining ellik foizdan ko‘prog‘i ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi, ushbu Ustavga ko‘ra ular bo‘yicha ko‘proq ovoz berish lozimligi belgilangan masalalar bundan mustasno.
11.8.4. Shirkat a’zosiga tegishli bo‘lgan ovoz umumiy yig‘ilishga yozma ravishda havola etilishi mumkin (mulkdor, unga tegishli turar joy manzili, mulkdorning kun tartibidagi masala bo‘yicha “ha”, “qarshi” yoki “betaraf” degan shaklda ifodalangan qarori ko‘rsatilgan holda) yoki vakolatli shaxsga — Shirkat a’zosi vakiliga berilishi mumkin.
11.8.5. Shirkat a’zosi o‘zi manfaatdor bo‘lgan yoki o‘ziga nisbatan surishtiruv, shu jumladan sud surishtiruvi qo‘zg‘atilgan masalalar bo‘yicha ovoz berishda qatnashishga haqli emas.
11.8.6. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida belgilangan alohida hollarda Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarori sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (Shirkat a’zolarining kun tartibidagi masalalar muhokamasida birgalikda ishtirok etmagan holda) qabul qilinishi mumkin.
11.8.7. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishning sirtdan ovoz berish yo‘li o‘tkazilishi haqida mazkur Ustavning 11.4.5-bandida belgilangan tartibda xabardor qilinadi:
sirtdan ovoz berish to‘g‘risidagi xabarnomada ovoz berishga qo‘yilayotgan masalalar, Shirkat a’zolarining yozma qarorlari yo‘llanadigan muddat va joy ko‘rsatilishi kerak;
Shirkat a’zolarining qabul qilish muddatigacha olingan, yozma ravishda rasmiylashtirilgan va imzolangan qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan, deb hisoblanadi. Ushbu qarorlarda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
ovoz berishga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha “ha”, “qarshi” yoki “betaraf” degan shaklda ifodalangan qaror.
Sirtdan ovoz berish bo‘yicha qaror qabul qilishda ovozga qo‘yilgan variantlardan faqat bittasini ko‘rsatgan ovoz berishda ishtirok etgan Shirkat a’zosi ovozi e’tiborga olinadi.
Sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan qaror mazkur Ustavning 11.8.3-bandiga muvofiq qabul qilinadi.
11.8.8. Sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan qarorlar Shirkat boshqaruvi raisi va a’zolari yoki ularning tashabbusiga ko‘ra umumiy yig‘ilish sirtdan ovoz berish orqali o‘tkazilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11.8.9. Umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qaror Shirkatning barcha a’zolari, shu jumladan, sababidan qat’i nazar, ovoz berishda ishtirok etmagan a’zolari uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu qaror yuzasidan Shirkat a’zosi qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat bildirishi mumkin.
(11.8.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11.8.10. Umumiy yig‘ilish, shu jumladan sirtdan ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan umumiy yig‘ilish qabul qilgan qaror to‘g‘risida Shirkat a’zolari Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilangan usulda xabardor qilinadi.
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarorlari Shirkat boshqaruvi xonasidagi axborotlar taxtasiga joylashtiriladi.
11.9.1. Umumiy yig‘ilishda turar joy mulkdorining ishonchnomasiga ega shaxs Shirkat a’zosining vakili bo‘lishi mumkin.
11.9.2. Bitta shaxs bir necha turar joy mulkdorlari (Shirkat a’zolari) vakili bo‘lgan taqdirda, u Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida nomidan o‘zi vakillik qilayotgan Shirkatning har bir a’zosi nomidan alohida-alohida ovoz beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11.9.4. Shirkat a’zosi — jismoniy shaxsning ishonchnomasida pasport ma’lumotlari mavjud bo‘ladi va uning shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi. Shirkat a’zosi — yuridik shaxsning ishonchnomasi rahbar imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi).
(11.9.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
11.9.5. Ishonchnoma Shirkat a’zosi vakiliga uning nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, Shirkat a’zolarining bitta umumiy yig‘ilishda yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida Shirkat a’zolarining barcha yig‘ilishlarida qatnashish va bitta umumiy yig‘ilishda yoki barcha hollarda kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish vakolatini beradi.
11.9.6. Shirkat a’zosi o‘z vakiliga bergan ishonchnomani yig‘ilish raisiga ishonchnomani qaytarib olgani haqidagi xabarnomani berish orqali yoki umumiy yig‘ilishda shaxsan ishtirok etish yo‘li bilan bekor qiladi.
Shirkat boshqaruvining ijro etuvchi organi hisoblanadi va Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishiga hisobot beradi;
11.11.1. Boshqaruv Shirkat a’zolari orasidan ___(kamida uch) kishidan kam bo‘lmagan, shu jumladan Boshqaruv raisidan iborat tarkibda ___ yil (ko‘pi bilan besh yil) muddatga saylanadi.
11.11.2. Boshqaruv a’zolarining nomzodlari Shirkatning istalgan a’zosi tomonidan tavsiya etilishi mumkin. Agar Shirkatga yuridik shaxs a’zo bo‘lsa, uning vakolatli vakili Boshqaruv a’zosi bo‘lishga haqli.
11.11.4. Boshqaruvda bo‘sh qolgan o‘rinni navbatdan tashqari yig‘ilish qaroriga ko‘ra to‘ldirish mumkin, bunday yig‘ilish Boshqaruv tarkibidan biron-bir a’zo chiqib ketgandan so‘ng ___ (ko‘pi bilan uch oy) oydan kechikmay chaqiriladi. Qo‘shimcha saylov o‘tkazish yo‘li bilan saylangan Boshqaruv a’zosi Boshqaruv ushbu tarkibining vakolat muddati tugagungacha uning tarkibiga kiritiladi.
11.13.1. Boshqaruv majlisi unda Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11.13.3. Shirkat a’zolari Shirkat boshqaruvi majlislarida maslahat ovozi bilan (ovoz berish huquqisiz) qatnashishi mumkin.
11.13.5. Ovoz berish natijalaridan norozi bo‘lgan Boshqaruv a’zosi o‘zining alohida fikrini Boshqaruv majlisi bayonnomasiga kiritilishini talab etishga haqli.
11.13.6. Shirkat a’zolari Shirkat boshqaruvi tomonidan qabul qilingan qaror haqida Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11.13.7. Boshqaruv qarori yuzasidan Shirkat a’zolari tomonidan Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa usullarda shikoyat bildirilishi hal qilinishi mumkin.
(11.13.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11.14. Shirkat boshqaruvi Shirkat faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishga haqli, Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishini va turar joy mulkdorlari yig‘ilishini chaqirish va tashkil etish;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash bo‘yicha ishlar rejasi loyihasini hamda uning ijrosi bo‘yicha hisobotni tuzish;
Shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish funksiyalarini amalga oshirish yoki boshqaruvchi (ijrochi direktor) nomzodlarini yoki boshqaruvchi tashkilotni tanlov asosida tanlash;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun xodimlarni yollash va bo‘shatish, ularning o‘z majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish yoxud xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar va xizmatlar buyurtmachisi funksiyalarini bajarish;
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha ijrochilar va pudratchilar tanlovini tashkil etish;
tanlov g‘olibi bilan Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha shartnomalar tuzish;
turar joylar mulkdorlarining umumiy mulki, yer uchastkasini va Shirkat mulkining butligi va saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
turar joylar mulkdorlari, ijarachilari, yollovchilari tomonidan turar joylar, umumiy mulk, yer uchastkasi va undagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlari hamda Shirkat mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
Shirkatning jihozlari, asbob-anjomlari va boshqa moddiy boyliklarini xarid qilish va sotish, birovga berish, almashtirish, ijaraga berish, shuningdek bu turdagi mulk qiymati Shirkat mulki balans qiymatining yigirma foizidan oshmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda uni balansdan chiqarish haqida qaror qabul qilish;
Shirkat a’zolarining arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish (Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan holatlar bundan mustasno);
ish yuritishni amalga oshirish, shu jumladan Shirkat a’zolari turar joy mulkdorlari ro‘yxatini yuritish, Shirkat hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;
buxgalteriya hisobi va hisoboti, Shirkatdagi har bir uy bo‘yicha mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi hisobi yuritilishini ta’minlash;
belgilangan majburiy badallar va to‘lovlarning Shirkat a’zolari va turar joyga mo‘ljallanmagan binolar mulkdorlari tomonidan o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish hamda qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Shirkat mablag‘larini Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida tasarruf etish;
Shirkat boshqaruvi qonunchilikka va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11.16. Shirkat boshqaruvi muntazam ravishda, har uch oyda kamida bir marta Shirkat a’zolari oldida umumiy mulkni saqlash bo‘yicha ishlar rejasining ijrosi, amalga oshirilgan va mo‘ljallanayotgan xarajatlar, majburiy badallar va to‘lovlar yig‘ilishi, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad (foyda) haqida hisobot beradi. Hisobot berish shakli barcha Shirkat a’zolari u bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishini ta’minlash uchun Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Kommunalo‘quv” o‘quv-uslubiy markazi” DUKda o‘qigani to‘g‘risida tegishli sertifikatga mavjud bo‘lganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra lavozimidan ozod etiladi.
(11.17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi va Boshqaruv qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolash;
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga Shirkatning umumiy mulki va mulkini boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash usullari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot nomzodi bo‘yicha Boshqaruv tomonidan tayyorlangan takliflarni kiritish;
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga Shirkat xodimlariga to‘lanadigan ish haqi miqdori va ularni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni, Shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka va ichki mehnat tartib-qoidalariga muvofiq Shirkat xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va to‘xtatish;
(11.18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat Boshqaruvi raisi vakolatlarining bir qismi boshqaruvchiga yoki boshqaruvchi tashkilotga shartnoma asosida qonunchilikka va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq berilishi mumkin.
(11.18-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida __ kishidan (kamida uch kishi) iborat tarkibda ___ yil (ko‘pi bilan ikki yil) muddatga saylanadi.
12.2. Taftish komissiyasi a’zolari ayni bir vaqtda Shirkat boshqaruvi a’zolari va Shirkat xodimlari bo‘lishi mumkin emas.
12.3. Taftish komissiyasi Shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan turar joylar mulkdorlarining umumiy mulkini, yer uchastkasini va Shirkat mulkini saqlash bo‘yicha ish rejasining hamda Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosini, Shirkat mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
12.4. Taftish komissiyasi har yili kamida bir marta Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida Shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari haqida hisobot beradi. Taftish komissiyasi hisoboti Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
12.5. Taftish komissiyasi Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan nizomga muvofiq ish yuritadi.
12.6. Taftish komissiyasi Shirkat faoliyatini soliq idoralari va davlatning boshqa idoralari tomonidan tekshirishlarda ishtirok etadi.
13.2. Shirkatni qayta tashkil etish Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining Shirkat a’zolarining ellik foizdan ko‘p qismi ovoz bergan qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
13.3. Shirkatni qayta tashkil etish qo‘shilish va ajralib chiqish shaklida amalga oshirilgan hollarda Ustavga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
13.4. Shirkat qayta tashkil etilganda mulkni ajratib berish yoki taqsimlash Shirkat a’zolarining Shirkat mulkini shakllantirishdagi ulushiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
13.5. Shirkat qayta tashkil etilganda har bir alohida uy turar joy mulkdorlarining umumiy mulkiga taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni topshirish-qabul qilish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13.7. Shirkatni tugatish uchun asoslar paydo bo‘lgan hollarda Shirkat a’zolaridan tugatish komissiyasi tuziladi, komissiya kreditorlar bilan barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va Shirkatni ro‘yxatdan o‘tkazgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi.
13.8. Shirkat tugatilganda uning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mulki Shirkat a’zolari o‘rtasida ularning Shirkat mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
_________________ sh. | 200_ y. “___” ________________ |
Keyingi o‘rinlarda “Shirkat” deb nomlanuvchi “______________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati nomidan Ustav asosida ish yurituvchi boshqaruv raisi __________ bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Mulkdor” deb nomlanuvchi, __________________________________________________________________ | |
(jismoniy shaxsning binoga | |
__________________________________________________________________ | |
bo‘lgan huquqini belgilovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakilining vakolatini | |
_________________________________________ asosida ish yurituvchi, turar joyga | |
mo‘ljallanmagan umumiy maydoni _____________________ kv. metr bo‘lgan _____________ | |
_______________________________________________________________________ bino | |
| |
mulkdori____________________________________________________________________ | |
| |
ikkinchi tomondan “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzishdi: |
1. Mulkdor ko‘p kvartirali uyning umumiy mulkidagi Mulkdor binosining uyning umumiy maydoniga proporsional bo‘lgan ulushni to‘lash majburiyatini, Shirkat esa uni belgilangan me’yorlar, standartlar va qoidalarga, shuningdek Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yig‘ilishi qarorlariga muvofiq saqlash majburiyatini qabul qiladi.
Mulkdor tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda va Mulkdor yoki uning vakili ishtirokida shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning Mulkdor binosi chegarasidagi qismlarini ko‘zdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal ta’mirlash uchun Mulkdor binosiga kirish;
boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdor binosiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, Mulkdor yo‘qligida va avariya paytida uni xabardor qilish imkoni bo‘lmaganda);
ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkning saqlanishini ta’minlash maqsadida Mulkdor tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganda binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari bo‘yicha kelishuvga erishish;
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkdor umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonunchilikda va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
(2.1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Mulkdorga boshqa mulkdorlar bilan birga Shirkat ustavida ko‘zda tutilgan tartibda umumiy mulkni saqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqishda qatnashish imkonini berish;
agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan bo‘lsa — uydagi turar joy mulkdorlari yig‘ilishida muhokama qilish va Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida qarorlar qabul qilish orqali umumiy mulk va uy oldidagi yer uchastkasidan birgalikda foydalanish bo‘yicha Mulkdor manfaatlarining boshqa mulkdorlar manfaatlari bilan muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
umumiy xarajatlar va umumiy xarajatlardagi Mulkdorning har oylik majburiy va maqsadli badallari miqdorini asoslash;
Mulkdorni ko‘zdan kechirishlar, profilaktika ishlari, shuningdek Mulkdorga tegishli bino chegarasida bo‘lgan umumiy mulkning qismlari ta’mirlanishi haqida o‘z vaqtida, kamida bir kun avval xabardor qilish;
Mulkdorni umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiy badallar miqdorining o‘zgarishi haqida o‘z vaqtida, kamida bir oy avval xabardor qilish;
Mulkdorga umumiy mulkning texnik holati, uni saqlash rejalari va ushbu maqsad uchun qilinadigan xarajatlar haqida Shirkatning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda axborot berish;
Mulkdorga Shirkatning uy-joy fondini saqlash, umumiy mulki va yer uchastkasidan, mulkidan foydalanish qoidalari, Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorlari haqida axborot berish.
mustaqil ravishda, Shirkat bilan kelishmagan holda o‘ziga mulkchilik huquqi asosida tegishli bo‘lgan binoga maqsadli tarzda, uydagi boshqa binolar mulkdorlari huquq va manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish;
uydagi turar joylar mulkdorlari yig‘ilishida va umumiy mulkni saqlash bo‘yicha birgalikda qaror qabul qilishda, shuningdek Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida maslahat ovozi bilan ishtirok etish;
uydagi umumiy mulkdan (uydagi boshqa turar joy mulkdorlari tasarrufida bo‘lgan qismlaridan tashqari), uy atrofidagi yer uchastkasidan (Shirkatning yer uchastkasidan) va unda joylashgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlaridan Shirkat tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish;
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida Shirkat umumiy mulkining ayrim qismlarini va/yoki yer uchastkasini Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda va shartlarda olish;
ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkni, unda joylashgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish elementlarini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda Mulkdorning umumiy mulkka nisbatan umumiy ulushbay mulk huquqiga muvofiq ishtirok etish;
o‘z vaqtida, mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda har oylik majburiy badallarni Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, agar Shirkatga bir uydan ortiq turar joylar mulkdorlari birlashgan bo‘lsa, uydagi turar joy mulkdorlari yig‘ilishi tasdiqlagan xarajatlar smetasi asosida to‘lash, shuningdek umumiy mulk qismlari va/yoki yer uchastkasidan istisno tarzida foydalanganlik uchun Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan to‘lovni to‘lash;
umumiy mulk, yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish elementlaridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish bo‘yicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;
o‘ziga tegishli binodan maqsadli tarzda, texnik jihatdan soz, sanitariya talablariga muvofiq tarzda foydalanish, uni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini o‘z hisobidan bajarish;
oldindan xabardor qilib, o‘zi ishtirok etgan holda yoki o‘z vakili ishtirokida o‘ziga tegishli binoda shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning bino chegarasidagi qismlarini ko‘zdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal ta’mirlash, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun darhol kirishga ruxsat berish;
Shirkat bilan o‘ziga tegishli binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari bo‘yicha kelishish;
binoning ijaraga berilgani, shuningdek ijara shartnomasiga ko‘ra umumiy xarajatlarda ishtirok etish majburiyatlarini bergan-bermaganligi haqida 10 kun muddatda Shirkatni xabardor qilish;
umumiy mulkka va/yoki boshqa mulkdorlar mulkiga, shuningdek shirkat mulkiga o‘zi, ijarachi yoki binoni ijara shartnomasiga yoxud boshqa asoslarga muvofiq egallab turgan ijarachi yoki boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni o‘z hisobidan bartaraf etish;
mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni sotish paytida qonunchilikda belgilangan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda Shirkat va o‘zining Shirkat oldidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xaridorga taqdim etish;
Shirkatni binoga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga o‘tayotgani haqida xabardor qilish va yangi mulkdor haqida ma’lumot berish.
3.1. Mulkdorning umumiy xarajatlar bo‘yicha har oylik majburiy badali miqdori Shirkat tomonidan har yili Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan ish rejasi hamda Shirkat daromadlari va xarajatlarining yillik smetasi asosida hisoblab chiqiladi.
Shirkat 2 kun muddatda Mulkdorni Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan har oylik majburiy badal miqdori haqida xabardor qiladi.
3.2. Mulkdorlarning har oylik majburiy badallari Shirkatning hisob raqamiga joriy oyning 10-kunidan kechiktirmay, Shirkat tayyorlagan to‘lovnoma asosida to‘lanadi.
3.3. Yil davomida har oylik majburiy badallar miqdori Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
3.4. Shirkat Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarori bilan umumiy mulkni mukammal ta’mirlash yoki umumiy mulkni saqlash bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun maqsadli majburiy yig‘im belgilashi mumkin.
Maqsadli yig‘im Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda va muddatda to‘lanadi.
3.5. Agar amalda qilingan umumiy xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan to‘langan badallar summasidan oshib ketsa, Mulkdor xarajatlarning to‘lanmagan summasidagi o‘z ulushini Shirkat xabarnomasini olgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida to‘laydi.
Agar umumiy xarajatlar bo‘yicha amalda qilingan xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan to‘langan summadan kam bo‘lsa, mablag‘larning foydalanilmagan qismi umumiy mulkni kelgusidagi ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyalarini bajarmaganlik uchun uning shartlariga ko‘ra va qonunchilikka muvofiq moddiy javob beradi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4.2. Barcha turdagi zararlar yoki ziyonlar shirkat yoki uning xodimlarining noto‘g‘ri xatti-harakati tufayli yuzaga kelmagan bo‘lsa, Shirkat ular uchun javob bermaydi.
4.3. Shirkat yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot vakiliga ko‘zdan kechirish va xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini bajarish uchun kirishga yo‘l qo‘ymagan Mulkdor buning natijasida ko‘rilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
4.4. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan badallarni to‘lash muddati buzilgan taqdirda Mulkdor har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddati kechikkan summaning ___ foizi miqdorida penya to‘laydi.
4.5. Binodan foydalanmaslik va/yoki umumiy mulkdan (yoki uning qismlaridan) foydalanishdan bosh tortish Mulkdorni ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
4.6. Tomonlar bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
5.1.Ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha barcha e’tirozlarni Tomonlar yozma tarzda rasmiylashtirishi va shaxsan vakolatli shaxsga tilxat orqali topshirishi yoki ikkinchi Tomonga buyurtma xat orqali yetkazishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha Tomonlar o‘rtasidagi nizolar Mulkdor bilan Shirkat boshqaruvi o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan yoki Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida va/yoki agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan bo‘lsa — uydagi turar joy mulkdorlari yig‘ilishida hal qilinadi, kelishuvga erishilmasa qonunchilikda belgilangan tartibda sudda hal qilinadi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6.1. Ushbu shartnoma __ yilga, 200__ “___” _________dan 200_ “___” ____________ gacha muddatga tuzildi.
6.2. Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha ariza bermagan taqdirda uning amal qilish muddati shartnomada belgilangan muddat va o‘sha shartlar bo‘yicha uzaytirilgan hisoblanadi (har yili belgilanadigan majburiy badallar miqdori bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
6.3. Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan ushbu Shartnomaga, qonunchilik talablariga va Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarorlariga zid bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(6.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6.4. Tomonlarning ushbu Shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi bitimi shartnoma kabi shaklda rasmiylashtiriladi.
6.5. Binoga egalik qilish huquqi muddatidan oldin tugagan taqdirda shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilgan, bir nusxadan Shirkatda va Mulkdorda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)