Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3176]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 9-iyundagi 7-sonli “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3632, 19.06.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyul,
89-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 18-iyuldagi 89-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
ROʻYXATI
1-bob. 18 yoshga toʻlmagan patologiyali bolalar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
1. Nafas yoʻllari kasalliklari:
choʻziluvchan va asoratli pnevmoniyalar;
alveolit;
mukovissidoz (oʻpka va aralash turlari) va boshqa tugʻma va irsiy oʻpka kasalliklari;
bronxiolit;
obstruktiv va surunkali bronxitlar.
2. Allergologik kasalliklar:
bronxial astma oʻrta ogʻir va ogʻir kechishi bilan;
allergik rinit bronxial astma bilan;
toksikodermiyalar (Layell, Stivens-Djonson sindromlari);
oziq-ovqat va dori-darmonlar allergiyasi;
respirator allergozlar;
atopik dermatit.
3. Yurak saratoni va qon aylanish tizimi kasalliklari:
karditlar;
perikardit;
endokardit;
kardiomiopatiyalar;
yurakning tugʻma va orttirilgan nuqsonlari;
biriktiruvchi toʻqimalarning tizimli kasalliklari — kollagen kasalliklar, tugunchali periartrit, yuvenil revmatoid artriti, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya, revmatoid artritlar, yurak surunkali revmatik kasalliklari, dermatomiozit;
tizimli vaskulitlar;
gipertonik kasalligi;
yurak gipertenziv kasalligi (gipertoniya kasalligi yurak shikastlanishi ustunligi bilan);
yurak ritmining buzilishlari.
4. Chaqaloqlik davridagi va erta yoshdagi bolalar kasalliklari:
yetilmaganlik;
muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlar (turli kasalliklar bilan tugʻilgan 2000,0 gr.dan kam vaznli);
chaqaloqlar gemolitik kasalliklari;
chaqaloqlar gemorragik kasalliklari;
chaqaloqlar talvasalari;
oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiliklari;
chaqaloqlar infeksiyalari;
perinatal ensefalopatiyalar;
choʻziluvchan sariqlik;
chaqaloqlarda nafas yoʻllari kasalliklari;
sepsis;
pnevmoniya;
bronxiolit;
mukovissidoz;
karditlar.
5. Ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari:
surunkali eroziv gastrit;
eroziv gastroduodenit ogʻriq sindromi bilan (davolash muolajalari foyda bermaganda);
birlamchi ekssudativ enteropatiya (Valdman sindromi);
ikkilamchi ekssudativ enteropatiya;
seliakiya;
yarali kolit oʻrta ogʻir va ogʻir shakli;
allergik va alimentar gastroenterit va enterokolit;
surunkali qabziyat;
mukovissidoz;
nomaʼlum etiologiyali oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiligi;
Kron kasalligi;
oshqozon yarasi kasalligi (davolash muolajalari foyda bermaganda);
oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
surunkali enterokolit ogʻir kechishi va uzluksiz qaytalanuvchi kechishi bilan;
surunkali xoletsistit qoʻzish davri;
surunkali pankreatit qoʻzish davri.
surunkali virusli gepatitlar, noaniq etiologiyali gepatitlar, autoimmun gepatit, jigar sirrozi.
6. Buyrak va siydik tizimi kasalliklari:
glomerulyar kasalliklar — retsidivlanuvchi va turgʻun gematuriya, nefritik (tez rivojlanuvchi va surunkali glomerulonefrit, nefrit)
va nefrotik (tugʻma nefrotik sindromi, lipoid nefrozi) sindromlari;
va nefrotik (tugʻma nefrotik sindromi, lipoid nefrozi) sindromlari;
irsiy nefropatiyalar;
buyrakning tubulointerstitsial kasalliklari — surunkali interstitsial nefrit;
surunkali piyelonefrit, xuruj davri;
simptomatik arterial gipertenziya;
surunkali buyrak yetishmovchiligi boshlangʻich davri;
dismetabolik nefropatiyalar.
7. Asab tizimi kasalliklari:
sefalgiya;
migren;
bolalar serebral paralichining turli shakllari;
episindrom;
minimal serebral disfunksiyasi;
serebroasteniya;
nevrasteniya;
miasteniya;
miopatiya;
tarqoq skleroz;
markaziy nerv tizimi shikastlanishlari;
markaziy nerv tizimi degenerativ kasalliklari;
gidrotsefaliya;
fenilketonuriya;
perinatal davr asoratlari;
oʻtkazilgan bosh miya yopiq jaroxatidan keyingi holat.
8. Xirurgik kasalliklar:
oʻpka-bronx yoʻllari tugʻma va orttirilgan xirurgik kasalliklari (yiringli kasalliklaridan tashqari);
qiziloʻngach kasalligi;
meʼda-ichak yoʻllari tugʻma va orttirilgan kasalliklari;
jigar va oʻt yoʻllari tugʻma va orttirilgan kasalliklari;
urologik tugʻma kasalliklar (anomaliyalari);
siydik tosh kasalligi (chov, chov-yorgʻoq churralari, gidrotsele va kriptorxizmdan tashqari).
9. LOR kasalliklari:
tashqi va oʻrta quloq surunkali otitlar;
tubotitlar;
surunkali rinosinusitlar;
surunkali tonzillit toksiko-allergik shakli;
mastoiditlar;
yevfstaxiit;
etmoidit;
timpanoskleroz;
otoskleroz, yumshoq tanglay gipertrofiyasi;
eshitish qobiliyatining sustligi va karlik;
polipoz;
polisinusit;
hiqildoq papilomatozi;
tashqi eshituv atreziyasi;
tashqi va ichki burun deformatsiyalari;
tashqi quloq deformatsiyalari.
10. Tugʻma yurak nuqsonlari kasalliklari:
ochik arterial yoʻl;
aorta koarktatsiyasi;
aorta ravogʻi gipoplaziyasi;
aorta ravogʻi uzilishi;
aorta klapani torayishi;
aorta klapani yetishmovchiligi;
koʻtariluvchi aorta gipoplaziyasi sindromi;
koʻtariluvchi aorta qismi anevrizmasi;
oʻpka arteriyasining klapanli torayishi;
oʻpka arteriyasi klapanining ageneziyasi;
oʻpka arteriyasining izolirlangan torayishi;
boʻlmachalararo toʻsiq nuqsoni;
boʻlmachalararo toʻsiq nuqsoni va oʻpka arteriyasi torayishi;
uch boʻlmachali yurak nuqsoni;
qorinchalararo toʻsiq nuqsoni;
qorinchalararo toʻsiq nuqsoni va oʻpka arteriyasi torayishi;
Valsalva sinusi anevrizmasi;
magistral qon tomirlarining oʻng qorinchadan chiqishi;
magistral qon tomirlarining chap qorinchadan chiqishi;
oʻpka venalarining qisman anomal drenaji;
oʻpka venalarining total anomal drenaji;
oʻpka venalarining tugʻma torayishi;
ochiq atrioventrikulyar kanal, notoʻliq shakli;
ochiq atrioventrikulyar kanal, toʻliq shakli;
aorta-oʻpka devori defekti;
umumiy arterial stvol;
Fallo tetradasi;
oʻpka arteriyasi atreziyasi;
trikuspidal klapan atreziyasi;
mitral klapan atreziyasi;
trikuspidal klapanning tugʻma yetishmovchiligi;
mitral klapanning tugʻma yetishmovchiligi;
yagona yurak qorinchasi;
Ebshteyn anomaliyasi;
magistral qon-tomirlar transpozitsiyasi;
magistral qon-tomirlar korrigirlangan transpozitsiyasi;
Criss-cross yurak nuqsoni;
yurak toj tomirlarini anomal chikishi;
yurak chap qorinchasi gipoplaziyasi sindromi;
tugʻma qon tomir xalqasi nuqsoni;
oʻpkaning tugʻma arterio-venoz oqmalari;
aorta-chap qorincha tonneli;
yurak boʻshliqlaridagi struktur va kistoz hosilalar.
11. Qiziloʻngach va oshqozon xirurgiyasi kasalliklari:
qiziloʻngachni kuyishdan keyingi disfagiya bilan asoratlangan chandiqli torayishi;
kardiospazm;
diafragmaning turli xil asoratlangan churralari.
12. Plastik va rekonstruktiv mikroxirurgiya kasalliklari:
quloq suprasining tugʻma nuqsonlari (mikrotiya);
qoʻl va oyoqlarning tugʻma nuqsonlari;
qoʻl va oyoqlarda pay, mushak, qon-tomir va nervlarning jarohatdan keyingi nuqsonlari;
kuyishdan keyingi katta maydonli chandiqlar;
qoʻl va oyoqlardagi qon-tomir, nervlar, paylar va mushaklarga oʻsib kirgan gemangiomalar.
13. Tugʻma va orttirilgan nuqsonlar xirurgiyasi kasalliklari:
a) yurak revmatik kasalliklari:
mitral klapan nuqsoni;
aortal klapan nuqsoni;
trikuspidal klapan nuqsoni;
mitra-aorta-trikuspidal klapanlar nuqsoni;
yurak klapanlari infeksion endokarditi;
b) perikardit:
ekssudativ perikardit;
konstriktiv perikardit;
v) yurak oʻsma kasalliklari;
g) yurak exinokokkozi;
d) yurak travmatik kasalligi.
14. Jigar va oʻt yoʻllari xirurgiyasi, portal gipertenziya va pankreatoduodenal soha xirurgiyasi:
jigarning portal gipertenziyali diffuz jarohatlanishi (sirroz, fibroz);
jigardan tashqari portal gipertenziya: splenoportal tizimining kavernoz transformatsiyasi; splenoportal tizimining trombozi; Kiari kasalligi, Badda-Kiari sindromi;
oshqozon osti bezi kistalari;
pankreatoduodenal soha yaxshi va yomon sifatli oʻsmalari;
qorin parda orti boʻshligʻi yaxshi va yomon sifatli oʻsmalari;
oʻt yoʻllari yaxshi sifatli strikturalari;
oʻt yoʻllari kistozli kengayishi;
jigarning yaxshi va yomon sifatli oʻsmalari;
jigar va qorin boʻshligʻining asoratlangan exinokokkozi;
mexanik sariqlik, jigar yetishmovchiligi va peritonit bilan asoratlangan oʻt-tosh kasalligi.
15. Oʻpka va koʻks oraligʻi xirurgiyasi kasalliklari:
timoma miastenik sindrom bilan;
traxeya patologiyalari (stenozlar, nuqsonlar, oqma yaralar, hosilalar);
traxeya va bronxlarning yot jismlar bilan shikastlanishi;
plevra kasalliklari;
oʻpka va koʻks oraligʻi yaxshi sifatli hosilalari va kistalari;
oʻpka va koʻks oraligʻi tugʻma nuqsonlari (gipoplaziya, sekvestratsiya, bronxektazlar, kistalar);
oʻpkaning parazitar kasalliklari (oʻpka exinokokkozi: asoratlangan, retsidiv, koʻplab, mediastinal va exinokokkozning koʻshma turlari);
koʻkrak qafasining tugʻma nuqsonlari;
oʻpkaning bullyoz emfizemasi va uning asoratlari;
Diafragma patologiyalari.
16. Qon-tomirlar xirurgiyasi kasalliklari:
tugʻma arterio-venoz displaziyalar (turli sohalardagi gemangioma va limfangiomalar, Parks-Veber-Rubashov kasalligi, Klipel-Trinone sindromi);
jaroxatdan keyingi arterio-venoz oqmalar va yolgʻon anevrizmalar;
aorto-arterit, magistral arteriyalarning okklyuzion kasalliklari;
magistral venalar flebektaziyasi;
xemodektoma, aorta koarktatsiyasi;
surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi.
17. Urologik kasalliklar:
Peyroni kasalligi, bunda olatning oqsil pardasini autovenoz transplantat bilan yopish;
siydik-tosh kasalligi;
kam invaziv va yuqori texnologiyali (endoskopik, laparoskopik va ekstrakorporal davolash usullari orqali) amaliyotlar yordamida davolash;
jarrohlik amaliyoti bajarilishini talab qiluvchi siydik-tanosil tizimi jarohatlari (buyrak gematomasini teri orqali punksiyasi, nefrektomiya, orxidektomiya, siydik qopi yoki siydik nayi defektlarini tikish, uretrada rekonstruktiv muolajalar orqali) (jarrolik davolanish uchun);
onkourologik kasalliklarni kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda muolajalar) amaliyotlar yordamida davolash;
siydik-tanosil tizimi rivojlanish nuqsonlarini (jom-siydik nayi segmenti plastikasi, ureterovezikal segment plastikasi, uretrada qayta tiklash operatsiyalari), kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda nuqsonlarni bartaraf etish) amaliyotlar yordamida davolash.
18. Travmatologiya va ortopediya kasalliklari:
son suyaklarining tugʻma chiqishi;
tugʻma mushakli boʻyin qiyshiqligi;
tugʻma maymoqlik;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi;
skolioz;
Erba paralichi;
tizza qopqogʻini tugʻma chiqishi;
artrogripoz;
suyakning xavfsiz oʻsmalari;
bolalar serebral paralichi;
nomukammal osteogenez;
oyoq oʻqi qiyshiqliklari;
yassioyoqlik;
tayanch harakat tizimi tugʻma rivojlanish anomaliyalari;
Shprengel kasalligi;
oʻsmasimon kasalliklar;
qoʻl bilak va tirsak qiyshiqliklari;
koʻkrak qafasi deformatsiyalari;
suyaklardagi tugʻma soxta boʻgʻimlari;
Blaunt kasalligi;
poliomiyelit asoratlari;
osteoxondropatiya kasalliklari;
oʻsmirlar epifizeolizi;
tayanch harakat tizimining tizimli kasalliklari;
umurtqa pogʻonasining tugʻma anomaliyasi.
19. Neyroxirurgiya kasalliklari:
orqa va bosh miya oʻsmalari;
kraniosinostozlar;
bosh miya suyagi va yumshoq toʻqimalari oʻsmalari;
gidrotsefaliya;
bosh va orqa miya agressiv kistalari;
bosh va orqa miyadagi yalligʻlanish va parazitar jarayonlar;
tugʻruq paytidagi markaziy va periferik jarohatlanishlar va ularning asoratlari;
bosh miya travmatik jarohatlanishi va ularning asoratlari;
oʻsib boruvchi bosh miya defekti va sinishlari;
bosh miya va umurtqa pogʻonasi dizrafik kasalliklari;
bosh va orqa miya tugʻma churralari;
orqa miya fiksirlangan sindromi;
nozal likvoreya;
notravmatik miya ichi qon quyilishi;
bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari;
tugʻma serebral paralichlar;
kraniovertebral soha anomaliyalari;
umurtqa va orqa miya travmalari va ularning asoratlari;
epilepsiya.
20. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya kasalliklari:
a) pulmonologiya kasalliklari:
bronxial astma hurujlararo davri;
obstruktiv bronxit remissiya davri;
retsidiv bronxit remissiya davri;
surunkali bronxit remissiya davri;
bronxoektatik kasallik;
zotiljam;
allergik rinit remissiya davri;
b) gastroenterologiya kasalliklari:
oshqozon yara kasalligi remissiya davri;
ichak taʼsirlanish sindromi;
oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligi remissiya davri;
surunkali xoletsistit remissiya davri;
surunkali pankreatit remissiya davri;
surunkali gepatit nofaol davri;
v) nevrologiya kasalliklari:
meningit, ensefalit, poliomiyelit asoratlari remissiya davri;
serebral leptomeningit remissiya davri;
nasliy mushak-nerv kasalliklari spinal va nevral amiotrofiya remissiya davri;
bosh miya jarohati asorati remissiya davri;
bolalar serebral paralichi yengil shakli;
polinevroradikulopatiya remissiya davri;
g) revmatologiya kasalliklari:
revmatoidli artritning 2-3 darajasi faol davri;
reaktiv artropatiya boʻgʻimlarning eroziv oʻzgarishi, Reyter kasaligi;
skoliozning 3-4 darajasi. Kifoz, kifolordoz, tugʻma boʻyin qiyshiqligi;
koʻkrak qafasi deformatsiyasi qoʻl va oyeqlar qiyshiqligi;
son-chanoq boʻgʻimlari tugʻma chiqishi;
son-chanoq boʻgʻimlari displaziyasi asorati;
koksartroz;
osteoxondropatiya;
d) kardiologiya kasalliklari:
atrio-ventrikulyar blokadaning 2-3 darajasi;
sinus tuguni sustligi sindromi;
yurak ritmining buzilishi (boʻlmachalar hilpillashi);
yurak ritmining buzilishi (boʻlmachalar titrashi);
yurak oʻtkazuvchanligining buzilishi (WPW sindromi);
yurak ritmining buzilishi atrio-ventrikulyar tuguni retsiprok taxikardiyasi;
yurak ritmining buzilishi (yuqori darajadagi qorinchalar ekstrasistoliyasi);
yurak ritmining buzilishi (qorinchalar taxikardiyasi).
21. Koʻz mikroxirurgiyasi kasalliklari:
koʻz gavharini lyuksatsiyasi, sublyuksatsiya bilan bogʻliq kasalliklar, Marfan, Marchezani sindromlari (ikki yoshdan boshlab);
tugʻma kataraktaning barcha turlari;
asoratli va travmadan keyingi katarakta (ikki yoshdan boshlab);
infantil, yuvenil glaukoma (uch yoshdan boshlab);
toʻr parda yirtilishlarining va koʻchishlarining barcha turlari (ikki yoshdan boshlab);
shox parda belomasi va distrofiyasi (jarrohlik amaliyoti uchun besh yoshdan boshlab);
qovoq kasalliklari — ptoz, ektropion, entropion (qayta jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun);
qovoqlarning chandiqlanishi natijasida rivojlangan kasalliklar — ektropion, entropion, ptoz;
hamkor va paralitik gʻilayliklarning barcha turlari (atipik turlari, DVD sindrom, Duyena sindromi, A va V pattern);
nistagm kasalligi (jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun);
simblefaron kasalligi (jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun ikki yoshdan boshlab);
koʻz olmasi subatrofiyasi va anoftalm (protez qoʻyish uchun);
toʻr pardaning periferik distrofiyalari (ikki yoshdan boshlab periferik toʻr pardaning aniqlangan yirtilishlari — toʻr pardaning chegaralangan va periferik lazer koagulyatsiyasi);
eksimer lazer korreksiyaga yoki refraksion fakoemulsifikatsiyaga koʻrsatma boʻlgan holatlarda refratsiya anomaliyalari: anizometropiya, yuqori darajali astigmatizm;
preproliferativ, proliferativ toʻr parda lazer koagulyatsiyasiga koʻrsatma boʻlgan holatlarda diabetik retinopatiya;
gemoftalm;
endoftalmit.
22. Teri kasalliklari: tugʻma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
2-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida patologiyali homilador ayollar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
23. Yurak qon tomir kasalliklari:
tugʻma va orttirilgan yurak nuqsoni;
barcha turdagi kardiomiopatiyalar;
yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar;
yurak rekonstruktiv jarrohlikdan keyingi holatlar.
24. Nafas sistemasi kasalliklari:
nafas yetishmovchiligini 2-3 darajasi bilan asoratlangan oʻpka kasalliklari;
bronxial astmaning ogʻir shakllari.
25. Jigar kasalliklari:
jigar sirrozi;
surunkali gepatitningfaol davri (S, D, V turlari).
26. Qandli diabet kasalligi.
27. Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoqning 3-darajasi.
28. Buyrak kasalliklari:
yagona buyrak;
ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi;
glomerulonefrit;
surunkali buyrak yetishmovchiligi;
nefrostoma.
29. Oʻta ogʻir akusherlik kasalliklari:
uchtadan koʻp boʻlgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
ikkitadan koʻp boʻlgan 22 haftadan katta erta tugʻish holatlari (perinatal yoʻqotishlar bilan) anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
anamnezida ikkita va undan koʻp kasal yoki nogiron tugʻilgan chaqaloqlari bor homilador ayollar.
30. Qon va qon yaratuvchi aʼzolar kasalliklari:
kamqonlikning ogʻir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam);
tugʻma va ortirilgan trombotsitopatiyalar.
31. Biriktiruvchi toʻqimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz):
tizimli qizil yugurik, poliarterit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit;
Bexterev kasalligi.
32. Koʻkrak qafasida, qorin boʻshligʻida, kichik chanoq boʻshligʻida (oʻpka, buyrak, jigar, siydik pufagi, siydik yoʻllari, qora taloq, ingichka va toʻgʻri ichak, chanok suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan homilador ayollar.
33. Koʻz kasalliklari: glaukoma.
34. 18 yoshgacha boʻlgan patologiyali homilador ayollar.
35. Turli yomon sifatli va chegaradosh oʻsma kasalliklari.
36. Tuberkulyoz (sil) kasalligi.
37. Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar.
38. Nevrologik kasalliklar:
miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi;
bosh miya va orqa miyada jarrohlik davolanishdan keyingi holat;
tutqanoqning (epilepsiya) ogʻir turlari;
miasteniya;
Giyen-Barre sindromi;
tromboz va tromboembolik asoratlar.
3-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
39. Homilador ayollarda 1-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
40. Homilador ayollarda 2-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
41. Qandli diabetda “Sharko toʻpigʻi”ning surunkali asoratlangan bosqichi. Toʻpiq trofik yaralari.
42. Qandli diabetda “Diabet toʻpiq” sindromi, boldir, son amputatsiyasidan keyingi holat, asoratlangan flegmona choʻltogʻi.
43. Homilador ayollarda tireotoksikozning ogʻir, labil kechishi (asoratlangan mersal aritmiya).
44. Tireotoksikoz, tireostatiklarga allergiyasi boʻlgan bemorlarga radioyodterapiya.
45. Tireotoksik yurak va jigar bilan ogʻrigan bemorlarga radioyodterapiya.
46. Radioyodterapiya, til ildizi buqoqi (qalqonsimon bez ektopiyasi).
47. Struma magna, strangulyar sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
48. Akromegaliya (jarrohlik davolanish uchun).
49. Akromegaliya asoratlarining mavjudligi (ikkilamchi osteoporoz, simptomatik arterial gipertenziya, glukoza tolerantlikning buzilishi, ikkilamchi gipoterioz, ikkilamchi gipokortitsizm, ikkilamchi gipogonadizm).
50. Adrenokortikotrop garmoniga bogʻliq boʻlgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
51. Adrenokortikotrop garmoniga bogʻliq boʻlmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
52. Adrenokortikotrop garmoniga bogʻliq boʻlgan Itsenko-Kushing sindromi pangipopituitarizm bilan.
53. Feoxromotsitoma (jarrohlik davolanish uchun).
54. Birlamchi giperparatireoz koʻplab sinishlar bilan (jarrohlik davolanish uchun).
2-§ 18 yoshgacha boʻlgan endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
55. Ikkilamchi va uchlamchi gipotireoz oʻsmalari (kraniofaringioma), granulomatoz jarayonlar, kraniotserebral travmalar, nur terapiyasi, ximioterapiya).
56. Tireotoksikozning 3-darajasi asoratlari, tireotoksik yurak, endokrin ensefalopatiyasi, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
57. Tugunli, koʻp tugunli toksik buqoq (diffuz toksik buqoq dekompensatsiyasi, tireotoksik yurak, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
58. Tugunli buqoq, koʻp tugunli buqoq, toksik adenoma, aralash toksik buqoq, tireotoksikoz kasalliklarining yomon sifatli oʻsish belgilari (jarrohlik davolanish uchun).
59. Til ildizidagi buqoq (qalqonsimon bezning ektopiyasi).
60. 1 va 2-darajali giperparatireoz (davolash usullarini aniqlash va jarrohlik davolanish uchun).
61. Idiopatik, psevdogipoparatireoz gipoparatireoz (tashxis qoʻyish uchun).
62. Yangi aniqlangan 1-tur qandli diabet (insulinoterapiya korreksiyasi uchun), 1-tur qandli diabetning labil kechishi.
63. Neonatal qandli diabet.
64. 1-tur qandli diabet, qandli diabetning surunkali asoratlarini davolash, diabet nefropatiyasi (surunkali buyrak yetishmovchiligining 5-dializi).
65. Pastboʻylik. Pastboʻylikning tugʻma va pubertat shakllari (tashxis qoʻyish uchun).
66. Buyrak usti bezi poʻstloq kismining tugʻma buzilishi, 21-gidroksilaza yetishmovchiligi 11ᵝ-gidroksilaza viril shakli (tashxis qoʻyish uchun).
67. Jins shaklanishining buzilishi (tashxis qoʻyish uchun).
68. Erta jinsiy yetuklik (tashxis qoʻyish uchun).
69. Bolalardagi feoxromatsitoma.
70. Gigantizm (tashxis qoʻyish uchun).
71. Adrenokortikotrop garmoniga bogʻliq boʻlgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
72. Adrenokortikotrop garmoniga bogʻlik boʻlmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
73. Pangipopituitarizm (tashxis qoʻyish uchun).
74. Gipoganadotrop gipoganodizmning tugʻma shakllari: Kalman, Pradera-Villi, Laurens-Munu-Barde-Bildya sindromlari (tashxis qoʻyish uchun).
75. Gipogonadotrop gipergonadizmning tugʻma shakllari: Shershevskiy-Terner, Klaynfelter, Nunan, Androgenlarga sezuvchanlikning susayishi sindromlari (tashxis qoʻyish uchun).
4-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
76. Xavfli oʻsmalar: Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
77. Biriktiruvchi toʻqimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
78. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi.
79. Bullyoz oʻzgarishlar: poʻrsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
80. Tugʻma nuqsonlar: tugʻma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
81. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, Keratodermiyalar.
82. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
83. Surunkali yarali piodermiya.
84. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
85. Pellagroid dermatit.
86. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
87. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq oʻchoqlar mavjud boʻlsa.
88. Alopetsiya.
89. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
90. Zambrugʻ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz, L35,37, B40-48).
91. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
92. Virusli kasalliklar: oʻrab oluvchi temiratki.
93. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari (O26), oʻtkir uchli kondilomalar.
94. Neyrodermit.
95. Jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
soʻzakning hamma turlari.
2-§ 18 yoshgacha boʻlgan jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
96. Xavfli oʻsmalar:Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
97. Biriktiruvchi toʻqimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
98. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi).
99. Bullyoz oʻzgarishlar: poʻrsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
100. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, keratodermiyalar.
101. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
102. Surunkali yarali piodermiya.
103. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
104. Pellagroid dermatit.
105. Enteropatik akrodermatit.
106. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
107. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq oʻchoqlar mavjud boʻlsa.
108. Alopetsiya.
109. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
110. Zambrugʻ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz).
111. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
112. Virusli kasalliklar: oʻrab oluvchi temiratki.
113. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari, oʻtkir uchli kondilomalar.
114. Neyrodermit.
115. Jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
soʻzakning hamma turlari.
5-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
116. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
disseminatsiyali sil;
milliar sil;
kazeoz zotiljam;
kavernali sil;
fibroz kavernali sil;
sirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining ogʻir shakli (SHLU);
silning rezistent turining “muvaffaqiyatsiz davolash” natijalari;
sil plevriti (plevra empiyemasi);
koniosil;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichlarining limfa tugunlari sili;
suyak va boʻgʻinlar sili;
siydik tanosil aʼzolari sili;
teri va teri osti yogʻ qatlami sili;
koʻz sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotorakslar, plevra empiyemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yoʻldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur boʻlgan silning barcha turlari.
117. Pulmonologiya kasalliklari:
surunkali obstruktiv oʻpka kasalligining (SOOʻK) 4-darajasi, ogʻir xuruj davri (JNCHH1<30%), oʻtkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali oʻpka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va oʻpka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari;
bronxial astmaning 4-bosqichi, ogʻir xuruj davrining keskin ifodalangan obstruktiv oʻzgarishlarida (JNCHH1<50%), oʻtkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3darajalari, surunkali oʻpka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va oʻpka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, kasallikning garmonga bogʻliqlik yoki garmonga turgʻunlik holatlar;
bronxoektatik kasallik, ogʻir shakli, oʻpka ventilyatsiyasining keskin buzulishi holatlari (JNCHH1 50% kam va OʻTS 30% kam boʻlgan), oʻtkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali oʻpka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va oʻpka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, qon tupurish, miokardiodistrofiya, bronxogen sepsis, septikopiyemiya bilan asoratlangan holatlar;
shifoxonadan tashqari zotiljam, ogʻir kechishi, immunodefetsit holatlar va yondosh kasalliklar boʻlgan holda, oʻpkani koʻp boʻlakli zararlanishi, plevral boʻshliqlarga suyuqlik yigʻilishi, qon tupurish, oʻpkadan tashqari infeksiya oʻchoqlari: miokardit, poliserozit, arterit, meningit kasalliklari bilan asoratlanishlar;
yaqqol ifodalangan restriktiv buzlishlar (JOʻTS 50% kam boʻlgan), oʻpkaning interstitsial va granulematoz kasalliklari, oʻtkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari bilan asoratlanishi yoki surunkali oʻpka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi yoki oʻpka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari boʻlgan kasalliklar.
2-§ 18 yoshgacha boʻlgan sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
118. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
bolalarning sildan zaharlanishi;
birlamchi sil majmuasi;
koʻkrak ichi limfa tugunlari sili;
milliar sil;
tarqalgan sil;
oʻchoqli sil;
yalligʻlangan sil;
kazeoz zotiljam (irigan zotiljam);
tuberkuloma;
kavakli sil;
fibroz-kavakli sil;
sirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining ogʻir shakli (SHLU);
sil plevriti (jumladan, plevra empiyemasi);
bronx, traxeya, yuqori nafas yoʻllari sili;
nafas aʼzolari silining oʻpkaning changli kasb kasalliklari bilan birga kechishi;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichi limfa tugunlari sili;
siydik va jinsiy aʼzolar sili;
teri va teri osti yogʻ qavati sili;
periferik limfa tugunlari sili;
koʻz sili;
boshqa aʼzolar sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotoraksslar, plevra empiyemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yoʻldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur boʻlgan silning barcha turlari.
6-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
119. Tayanch-harakat tizimi oʻsmalari:
a) xavfli oʻsmalar:
suyak xavfli oʻsmalari;
yumshoq toʻqima xavfli oʻsmalari;
teri melanomasi;
teri xavfli oʻsmalari;
periferik nerv xavfli oʻsmalari;
birlamchi oʻchogʻi nomaʼlum oʻsmalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
oʻtuvchi oʻsmalar (in situ);
teri melanomasi;
teri karsinomasi;
suyak xavfsiz oʻsmalar;
yumshoq toʻqima xavfsiz oʻsmalari;
terining xavfsiz oʻsmalari;
orqa miya pardalari oʻsmalari (KXT 10: D 32.1);
120. Torakal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
qiziloʻngach xavfli oʻsmalari;
oshqozon xavfli oʻsmalari;
traxeya xavfli oʻsmalari;
bronxlar va oʻpkalar xavfli oʻsmalari;
ayrisimon bez xavfli oʻsmalari;
yurak, koʻks oraligʻi va plevra xavfli oʻsmalari;
nafas organlari va koʻkrak ichi organlari boshqa noaniq belgilangan xavfli oʻsmalari;
b) chegaradosh oʻsmalar:
qiziloʻngach in situ karsinomasi;
traxeya in situ karsinomasi;
bronx va oʻpka in situ karsinomasi;
nafas organlari boshqa qismlari in situ karsinomasi;
nafas organlarining aniqlanmagan qismlari in situ karsinomasi;
v) xavfsiz oʻsmalar:
qiziloʻngach xavfsiz oʻsmalari;
traxeya xavfsiz oʻsmalari;
bronx va oʻpka xavfsiz oʻsmalari;
nafas organlarining boshqa aniqlanmagan lokalizatsiyali xavfsiz oʻsmalari;
koʻkrak qafasi organlari boshqa va noaniq xavfsiz oʻsmalari;
ayrisimon bez (timus) xavfsiz oʻsmalari;
yurak xavfsiz oʻsmalari;
koʻks oraligʻi xavfsiz oʻsmalari;
koʻkrak qafasi boshqa aniq organlari xavfsiz oʻsmalari;
koʻkrak qafasi organlari noaniq xavfsiz oʻsmalari;
plevra mezotelial toʻqimasi xavfsiz oʻsmalari;
oʻrta quloq, nafas organlari va koʻkrak qafasi organlari aniqlanmagan va nomaʼlum xarakterli xavfsiz oʻsmalari;
hiqildoq xavfsiz oʻsmalari;
traxeya bronx va oʻpkalar xavfsiz oʻsmalari;
plevra xavfsiz oʻsmalari;
koʻks oraligʻi xavfsiz oʻsmalari;
ayrisimon bez xavfsiz oʻsmalari;
nafas organlarining boshqa xavfsiz oʻsmalari;
nafas organlarining aniqlanmagan xavfsiz oʻsmalari;
boshqa va aniqlanmagan lokalizatsiyadagi noʼmalum xavfsiz oʻsmalar.
121. Abdominal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
oshqozon xavfli oʻsma kasalligi;
oʻn ikki barmoq ichak xavfli oʻsma kasalligi;
ingichka ichak xavfli oʻsma kasalligi;
jigar va jigar ichi oʻt yoʻli xavfli oʻsma kasalligi;
oʻt pufagi (qopchasi) xavfli oʻsma kasalligi;
oʻt yoʻllarining boshqa va aniqlanmagan qismlari xavfli oʻsma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfli oʻsma kasalligi;
boshqa va aniq koʻrsatilmagan hazm organlarining xavfli oʻsma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfli oʻsma kasalligi;
nexodjkin limfomasi;
buyrak usti bezi xavfli oʻsma kasalligi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
oshqozon xavfsiz oʻsma kasalligi;
ingichka ichak xavfsiz oʻsma kasalligi;
jigar va jigar ichi oʻt yoʻli xavfsiz oʻsma kasalligi;
oʻt pufagi (qopchasi) xavfsiz oʻsma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfsiz oʻsma kasalligi;
boshqa va aniq koʻrsatilmagan hazm organlarining xavfsiz oʻsma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfsiz oʻsma kasalligi;
buyrak usti bezi xavfsiz oʻsma kasalligi.
122. Onkoginekologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
tashqi jinsiy aʼzolar oʻsmalari;
qin xavfli oʻsmalari;
bachadon boʻyni xavfli oʻsmasi;
bachadon tanasi xavfli oʻsmalari;
tuxumdonlar xavfli oʻsmalari;
ikkilamchi tuxumdonlar xavfli oʻsmalari;
bachadon naylari xavfli oʻsmalari;
bachadon keng bogʻlami xavfli oʻsmasi;
bachadon yumaloq bogʻlami xavfli oʻsmasi;
parametriy xavfli oʻsmalari;
ayollar jinsiy aʼzolari boshqa xavfli oʻsmalari;
platsenta xavfli oʻsmalari;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
tashqi jinsiy aʼzolar intraepitelial oʻsmalari;
qin intraepitelial oʻsmalari;
bachadon boʻyni intraeptelial oʻsmasi (sancer in situ);
bachadon tanasi intraepitelial oʻsmalari (sancer in situ);
tuxumdonlar chegaradosh oʻsmalari;
tashqi jinsiy aʼzolarning saratondan oldingi (fon) kasalliklar;
qin xavfsiz oʻsmalari;
1 — 3 darajali bachadon boʻyni displaziyasi;
bachadon boʻyni leykoplakiyasi;
bachadon naychalari xavfsiz oʻsmalari;
endometriy atipik giperplaziyasi;
bachadon tanasi xavfsiz oʻsmalari;
tuxumdonlar xavfsiz oʻsmalari;
aniqlanmagan yoki nomaʼmalum xarakteridagi oʻsmalar.
123. Onkokoloproktologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
chambar ichakning yomon sifatli oʻsmalari;
koʻr ichak saratoni;
chuvalchangsimon oʻsimta saratoni;
koʻtariluvchi chambar ichak saratoni;
yoʻgʻon ichak oʻng burchagi saratoni;
koʻndalang chambar ichak saratoni;
yoʻgʻon ichakning chap burchagi saratoni;
pastga tushuvchi chambar ichak saratoni;
sigmasimon ichak saratoni;
yoʻgʻon ichakning total zararlanishi;
rektosigmoid soha saratoni;
toʻgʻri ichak saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni;
orqa chiqaruv teshigi saratoni;
anal kanali saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni bilan total shikastlanishi;
kichik tos oʻsmasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
anal kanali polipi;
toʻgʻri ichak polipi;
yoʻgʻon ichak diffuz polipozi;
yoʻgʻon ichak diffuz polipozining total jarohatlanishi;
yoʻgʻon ichak diffuz polipozining oʻng tomonlama jarohatlanish
yoʻgʻon ichak diffuz polipozining chap tomonlama jarohatlanishi;
diffuz polipozining distal jaroxatlanishi;
kron kasalligi (malignizatsiya);
nospetsefik yaralli kolit (malignizatsiya);
yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak xavfsiz oʻsmalari.
124. Bosh va boʻyin onkologiyasi kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
pastki va yuqori lab xavfli oʻsmalari (lab terisi istisno);
ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati xavfli oʻsmalari;
soʻlak bezlari xavfli oʻsmalari;
halqum xavfli oʻsmalari (burun, ogʻiz, hiqildoq);
burun va yondosh boʻshliqlari xavfli oʻsmalari;
hiqildoq xavfli oʻsmalari;
suyak xavfli oʻsmalari;
teri xavfli oʻsmalari va melanoma;
yumshoq toʻqima xavfli oʻsmalari;
qalqonsimon bez xavfli oʻsmalari;
boshqa, ikkkilamchi va noaniq koʻrsatilgan xavfli oʻsmalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
karsinoma in situ;
ogʻiz boʻshligʻi va halqum xavfsiz oʻsmalari;
katta soʻlak bezlari xavfsiz oʻsmalari;
oʻrta quloq va nafas yoʻllari xavfsiz oʻsmalari;
suyak, togʻay va yogʻ toʻqimasi xavfsiz oʻsmalari;
gemangioma va limfangiomalar;
biriktiruvchi toʻqima va boshqa yumshoq toʻqimalar xavfsiz oʻsmalari;
pigmentli nevuslar;
terini boshqa xavfsiz oʻsmalari;
qalqonsimon bez xavfsiz oʻsmalari.
125. Onkourologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
jinsiy olat xavfli oʻsmalari;
prostata bezi xavfli oʻsmasi;
moyak xavfli oʻsmasi;
aniklanmagan erkak jinsiy aʼzolari va boshka xavfli oʻsmalari;
buyrak xavfli oʻsmasi;
yuqori siydik yoʻllari xavfli oʻsmasi;
qovuq xavfli oʻsmasi;
uretra xavfli oʻsmasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
jinsiy olat xavfsiz oʻsmasi;
prostata bezi xavfsiz oʻsmasi;
aniqlanmagan erkak jinsiy aʼzolari va boshka xavfli oʻsmalari;
qovuq oʻsmasi;
moyak xavfsiz oʻsmalari;
buyrak xavfsiz oʻsmalari;
yuqori siydik yoʻli xavfsiz oʻsmalari;
qovuq xavfsiz oʻsmalari;
uretra xavfsiz oʻsmalari.
126. Onkooftalmologiya kasalliklari:
a) xavfsiz oʻsmalar:
qovoqlar terisi xavfli pigmentli oʻsmalari;
qovoqlar terisi xavfli oʻsmalari;
qovoq yumshoq toʻqimasi va biriktiruvchi toʻqima xavfli oʻsmalari;
konyunktiva xavfli oʻsmalari;
shox parda xavfli oʻsmalari;
toʻr parda xavfli oʻsmalari;
tomirli parda xavfli oʻsmalari;
siliar tana xavfli oʻsmalari;
yosh bezi va yoʻli xavfli oʻsmalari;
koʻz kosasi yumshoq toʻqimalari xavfli oʻsmalari;
koʻz kosasi suyak devorining xavfli oʻsmalari;
koʻruv nervining oʻsmalari;
diffuz noxodjkin limfomasi, alohida koʻruv aʼzolari zararlanishi bilan;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
qovoq terisi, yumshoq toʻqimasi, koʻz olmasi va kosasi gemangiomalari va limfomalar;
qovoq terisi xavfsiz oʻsmasi;
qovoq biriktiruvchi toʻqimasi xavfsiz oʻsmasi;
qovoq yumshoq toʻqimasi, konyunktiva, koʻz kosasi dermoidi;
qovoq terisi, konyunktiva, koʻz olmasi pigment nevuslari;
teri bezlari va koʻz yosh bezi adenomalari;
koʻz kosasi miks oʻsmalari, fibromalar;
konyunktiva epitelial oʻsmalari;
koʻz kosasi suyakli devori oʻsmalari.
127. Onkomammologiya kasalliklari:
a) xavfli oʻsmalar:
sut bezi saratoni;
sut bezi pedjet saratoni;
filloid oʻsmalarning sarkamatoz turi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
karsinoma in situ;
sut bezining nomaʼlum xarakterdagi oʻsmalar;
fibroadenoma;
filloid oʻsmalar;
filloid oʻsmalarning xavfsiz turi;
filloid oʻsmalarning psevdosarkamatoz turi;
yuvenil fibroadenoma;
sistadenoma.
128. Radioterapiya (nur terapiyasi) qoʻllaniluvchi kasalliklar:
bosh miya glial oʻsmalari;
bosh miya noglial oʻsmalari;
bachadon tanasi oʻsmasi;
bachadon boʻyni oʻsmasi;
sut bezi oʻsmalari;
limfomalar;
toʻgʻri ichak oʻsmalari;
anal kanali oʻsmasi;
orqa miya oʻsmalari;
bosh-boʻyin oʻsmalari;
qin xavfli oʻsmalari;
Vulva oʻsmasi.
129. Ximioterapiya qoʻllaniluvchi kasalliklar:
trofoblast kasalligi;
xavfli limfomalar;
mayda hujayrali oʻpka saratoni;
mezatelioma.
2-§ 18 yoshgacha boʻlgan onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar
130. Xavfli oʻsmalar:
yumshoq toʻqima sarkomalari (fibrosarkoma, rabdomiosarkoma, sinovial sarkoma, liposarkoma, angiosarkoma, desmoid oʻsmalar);
qorin boʻshligʻi va qorin parda orti sohalari noorgan xavfli oʻsmalari (neyroblastoma, ganglioneyroblastoma, teratoblastoma);
koʻks oraligʻi xavfli oʻsmalari (neyroblastoma, teratoblastoma, xavfli timoma, rabdomiosarkoma);
buyrak usti bezi xavfli oʻsmalari (feoxromotsitoma, neyroblastoma);
buyrak xavfli oʻsmalari (nefroblastoma, buyrak saratoni);
jigar xavfli oʻsmalari (gepatoblastoma, gepatotselyulyar saratoni);
qin va bachadon xavfli oʻsmalari;
tuxumdonlar xavfli oʻsmasi (disgerminoma, embrional karsinoma, teratoblastoma, adenokarsinoma);
moyaklar xavfli oʻsmasi (teratoblastoma, embrional karsinoma, seminoma);
siydik qopi xavfli oʻsmalari (rabdomiosarkoma, neyroblastoma);
uzun va kalta naysimon suyaklari xavfli oʻsmalari (osteogen sarkoma, xondrosarkoma, Yuing sarkomasi, xavfli gigant-hujayrali oʻsma);
qalqonsimon bez xavfli oʻsmalari;
terida uchraydigan xavfli oʻsmalar (melanoma, dermatofibrosarkoma);
noxodjkin limfomalari;
Xodjkin limfomalari;
xavfli gistotsitoz;
bosh miya xavfli oʻsmalari;
bosh miya xavfsiz oʻsmalari;
orqa miya kanalida xavfli oʻsmalar.
131. Saratondan oldingi holat, xavfsiz oʻsmalar:
teri va yumshoq toʻqima xavfsiz oʻsmalari (gemangioma, limfangioma, fibrolipoma, fibroma);
burun-halqum sohasi xavfsiz oʻsmalari (angiofibroma, tarqalgan adenomatoz polip);
qorin boʻshligʻi va qorin parda orti xavfsiz oʻsmalari (ganglionevrinoma, nevrinoma, teratoma, dermoid kista);
jagʻ suyaklari osteodisplaziyalari (fibroz displaziya, osteoma, osteoxondroma);
soʻlak bezlarning aralash oʻsmalari;
qalqonsimon bez oʻsmalari;
sut bezlari fibroadenomalari;
uzun va kalta naysimon suyaklar xavfsiz oʻsmalari (osteoma, osteoxondroma, ekzostoz, fibroz displaziya);
teri xavfsiz oʻsmalari (pigmentli nevus, dermatofibroma, angiopapiloma);
tuxumdonlar xavfsiz oʻsmalari (teratoma, dermoid kista);
moyaklarning xavfsiz oʻsmalari (teratoma).
Izoh: mazkur Roʻyxatda belgilangan kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan koʻrsatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 10/19/3176/3562-son)