17.10.2016 yildagi -son
b) mazkur moddaning a) bandida qayd etilgan muddatdan ortiq bo‘lmagan jazo nazarda tutilgan jinoyat sodir etgan shaxsning ushlab berilishi so‘ralayotgan bo‘lsa va chiqarilgan hukm 6 (olti) oydan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa yanada og‘irroq jazo qo‘llanilishi nazarda tutilsa.
Ushlab berish to‘g‘risida so‘rovnoma olingandan so‘ng, mazkur Bitimning 3-moddasida ko‘zda tutilgan hujjatlardan tashqari, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z ichki qonunchiligiga muvofiq so‘ralayotgan shaxsni hibsga olish va ushlab turish uchun zarur choralarni ko‘radi.
4. Shaxsning mazkur modda 3-bandiga muvofiq ozod qilinishi ushlab berish to‘g‘risida so‘rovnoma va zarur hujjatlar olinganda uning ushlab berish maqsadida qayta ushlanishi va hibsga olinishiga to‘sqinlik qilmaydi.
1. Agar mazkur Bitimning 3-moddasi 1 bandining a) kichik bandiga muvofiq ushlab berish rad etilgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘roviga asosan ayblanuvchiga nisbatan jinoiy ta’qibni amalga oshirishi va o‘zining vakolatli organlarida unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin. Bunday holatlarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyatga doir materiallar va dalillarni taqdim etadi.
3. Mazkur moddaning 4-bandi qoidalariga muvofiq agar ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxs kelishilgan muddatlarda topshirilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uni 15 (o‘n besh) kun ichida ozod qilishi shart, har qanday holatda ham shaxsni ushlab turish muddati topshirish kelishilgan muddatdan 30 (o‘ttiz) kundan oshmasligi lozim. Bunday holatlarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘zining oldingi qarori bilan chegaralanmaydi va aynan shu jinoyat uchun ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovnomani qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
1. Mazkur Bitimning 2-moddasiga muvofiq so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy dalillar deb topilgan yoki jinoyat quroli yoxud jinoyat natijasida egallangan barcha ashyolar va buyumlarni so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga topshirishi lozim. Ko‘rsatilgan ashyolar, buyumlar va hujjatlar ushlab berish so‘ralgan shaxsning o‘limi yoki qochishi natijasida yoki boshqa sabablarga asosan ushlab berish amalga oshirilmaydigan holatda ham topshirilishi lozim.
2. Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan ashyo va buyumlarni topshirishni boshqa jinoyat ishi bo‘yicha tergovni olib borish uchun vaqtinchalik kechiktirishi yoki qaytarib berish sharti bilan topshirishi mumkin.