OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
“Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2222-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
87-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
62-son
Mudofaa vaziri B. QURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
24-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
21-qq-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
15-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
01-02/5-49-son
Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 183-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 2012-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 472-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2222-2, 2014-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 7-son, 75-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 13-martdagi 27, 7, 8, 2, 37, 01-02/5-13-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2222-3, 2017-yil 3-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 234-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 9-avgustdagi 120, 3/1-6-1199, 24, 7, 95, 01-02/5-33-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2222-4, 2017-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 869-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 10/19/2222-5/3530-son)