Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy XavfsizliK xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy XavfsizliK xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2222-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli “Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (roʻyxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning I bobi quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:
“23. 2017-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari hamda “Kommunxizmat” agentligining boshqaruv xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlari boʻlgan pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Pensiyalarni toʻlash toʻliq miqdorda, agar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
120-son
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
3/1-6-1199-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
24-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
7-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
95-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust
01-02/5-33-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 869-modda)