Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1919-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyul,
2019-47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-47-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-bandning ikkinchi xatboshisidan va 20-banddan “, bunda yuridik shaxs vakolatli vakilining imzosi u ifodalayotgan yuridik shaxsning asosiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 11-bandning birinchi xatboshisidan “roʻyxatga oluvchining asosiy muhri yoki roʻyxatga oluvchi filialining muhri bilan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 21-banddan “transfer-agentning asosiy muhri bilan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 34-banddan “va muhrlarining (yuridik shaxslar uchun)” va “va muhrlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 35-banddan “va muhrlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1919-8/3525-son)