25.03.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik Protokoli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash istagidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik pasport egalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolarining sayohat sharoitlarini soddalashtirishga intilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan biri davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boshqa Tomon davlati hududiga kirgan sanadan boshlab, olti (6) oy ichida toʻqson (90) kundan oshmagan muddatda vizalar rasmiylashtirmagan holda, ushbu Tomon davlati hududiga kirish, undan chiqish, tranzit oʻtish hamda unda vaqtinchalik boʻlish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan muddatdan uzoqroq muddatga boshqa Tomon davlatining hududiga kirishni istagan bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari ushbu Tomon davlatining hududiga kirish uchun viza olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Basharti Tomonlardan biri amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlgan oʻzining har qanday fuqarosini boshqa Tomon davlati hududidagi oʻzining diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga yoki xalqaro tashkilotlarga tayinlagan taqdirda, u tayinlangan shaxs boshqa Tomon davlatining hududiga yetib kelganidan soʻng, boshqa Tomonni bunday tayinlov haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Tomon davlatining hududiga yetib kelganidan soʻng, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar tegishli diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlarning soʻroviga binoan va qabul qiluvchi Tomon davlatining qonunlariga muvofiq oʻttiz (30) kun ichida akkreditatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday Tomon davlatining boshqa Tomon davlati hududida joylashgan ushbu Tomonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida yoki xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiya qilingan amaldagi diplomatik pasport egalari oʻz akkreditatsiya muddati davomida boshqa Tomon davlatining hududiga viza talablarisiz kirishi, undan chiqishi, tranzit oʻtishi yoki unda boʻlib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shartlar bir Tomon davlati hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxona, konsullik muassasasi yoki xalqaro tashkilot xodimining turmush oʻrtogʻi, voyaga yetmagan farzandlari va qaramogʻida boʻlgan ota- onalariga ham tatbiq qilinadi, basharti ular boshqa Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasporti egalari hisoblansalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan biri davlatining amaldagi diplomatik pasporti egalari boshqa Tomon davlati hududida pasportlar yoʻqolgan yoki shikastlangan taqdirda, oʻz davlatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasini zudlik bilan xabardor qiladilar, ular esa qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralarini tegishli choralar koʻrish uchun xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻqolgan yoki shikastlangan hujjat oʻrniga tegishli Tomon davlatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yangi pasport yoki yoʻqolgan yoxud shikastlangan pasportning oʻrnini vaqtinchalik bosuvchi boshqa yoʻl hujjatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boshqa Tomon davlati chegarasini faqat ushbu Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq xalqaro yoʻlovchi tashish uchun ochiq boʻlgan chegara punktlari orqali kesib oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri davlatining vakolatli organlari boshqa Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalarining, basharti ularning hududda boʻlib turishlari nomaqbul deb topilsa, ushbu davlat hududiga kirishlarini rad etish yoki unda boʻlib turishlarini qisqartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boshqa Tomon davlati hududida boʻlish vaqtida ushbu davlatning qonunchiligini hurmat qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon, jamoat tartibini taʼminlash, davlat xavfsizligini yoki jamoat sogʻligʻini himoya qilish zarurati paydo boʻlganda, mazkur Protokolni qoʻllashni toʻliq yoki qisman toʻxtatishi mumkin. Bunday holda, boshqa Tomon ushbu qaror haqida zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan chora- tadbirlarni qoʻllashga qaror qilgan Tomon ushbu chora-tadbirlarni bekor qilish va mazkur Protokolni qoʻllashni qayta tiklash toʻgʻrisida zudlik bilan boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari mazkur Protokol kuchga kirgan kundan boshlab oʻttiz (30) kundan kechiktirmasdan diplomatik pasport namunalarini almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari diplomatik pasportga kiritiladigan oʻzgartirishlar haqida ushbu oʻzgartirishlar kuchga kirishidan oldin oʻttiz (30) kundan kechiktirmasdan bir-birlarini xabardor qiladilar va bir vaqtning oʻzida boshqa Tomon davlatining vakolatli organlariga namunalarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolni talqin qilish yoki koʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Tomonlar oʻrtasidagi har qanday nizolar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolga kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar ikkala Tomon oʻrtasida oʻzaro kelishib olinadi hamda diplomatik kanallar orqali rasmiy notalar almashinuvi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol nomuayyan muddatga tuziladi va uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisidagi oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali mazkur Protokolning amal qilishini tugatishi mumkin. Bunday holda, mazkur Protokolning amal qilishi boshqa Tomon tugatish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan sanadan boshlab oʻttiz (30) kundan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu-Dabi shahrida 2019-yil 25-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolni talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)