30.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2014-16
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “O‘zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
O‘zgartirishlarning 2-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1. 42-banddagi “ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 90-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.