30.04.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstraditsiya toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro huquq normalariga tayangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka barham berishda yanada samaraliroq hamkorlikni taʼminlash va shu maqsadda ekstraditsiya toʻgʻrisida bitim tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ushlab berish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon mazkur Bitim qoidalariga muvofiq va boshqa Tomonning soʻroviga binoan oʻz hududida aniqlangan va boshqa Tomon tarafidan qidirilayotgan shaxslarni bunday shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritish yoki chiqarilgan hukmni ijro etish uchun bir-birlariga ushlab berish (ekstraditsiya qilish) majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Markaziy organlar va aloqa vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga muvofiq ushlab berish boʻyicha barcha masalalar yuzasidan quyidagilar Markaziy organlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomoni uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiya tomoni uchun: Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan markaziy organlar toʻgʻrisidagi har qanday oʻzgarishlar haqida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim maqsadlari uchun Tomonlarning markaziy organlari bir-birlari bilan diplomatik kanallar yoki Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (INTERPOL) orqali aloqa qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik kanallardan foydalanish, zarurat tugʻilganda, markaziy organlar soʻrovlarni zudlik bilan bajarish uchun faks, elektron pochta yoki boshqa tezkor aloqa vositalari orqali bevosita aloqa qilishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlarida, ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar har ikkala Tomon qonunchiligiga muvofiq, sodir etilgani uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki yanada ogʻirroq jazo qoʻllanilishi nazarda tutilgan jinoyatlardir. Agar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov shu turdagi jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish boʻyicha hukmni ijro etish maqsadida qidirilayotgan shaxsga doir boʻlsa, ushlab berish tayinlangan jazoning tugashiga kamida olti (6) oy muddat qolgan hollardagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq harakat yoki harakatsizlikni har ikkala Tomon qonunchiligi boʻyicha jinoiy jazolanadigan qilmish deb topishda Tomonlar qonunchiligiga muvofiq qilmishning ayni turdagi jinoyatlar toifasiga mansubligi yoki bir xil atama bilan nomlanganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar jinoyat soʻrayotgan Tomonning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa va soʻralayotgan Tomonning qonunchiligi uning hududidan tashqarida xuddi shunday holatlarda sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutsa, ushlab berish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov har ikkala Tomon qonunchiligiga binoan jazolanadigan bir nechta alohida jinoyatlarga doir boʻlib, bunday jinoyatlarning baʼzilari mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan boshqa shartlarga javob bermasa, shaxsni ushlab berish uchun asos boʻladigan kamida bir jinoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻralayotgan Tomon ushbu boshqa jinoyatlar uchun ushlab berishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rad qilish uchun majburiy asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻralayotgan Tomon ushlab berilishiga sabab boʻlayotgan qilmishni siyosiy xususiyatga ega deb topsa. Biroq quyidagilar siyosiy jinoyatlar sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat rahbari, hukumat rahbari yoki ularning oila aʼzolarining hayotiga tajovuz qilish yoki tajovuz qilishga suiqasd qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikkala Tomon ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq siyosiy jinoyat deb eʼtirof etilmaydigan qilmishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov shaxsning irqi, jinsi, dini, millati yoki siyosiy qarashlari uchun taʼqib qilish yoki jazolash maqsadida yuborilgan deb yoxud ushbu sabablarning birortasi boʻyicha uning holati sud muhokamasida yomonlashishiga olib kelishi mumkin deb hisoblashi uchun yetarli asoslarga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan qilmish faqat harbiy jinoyat hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qidirilayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻralayotgan shaxs, Tomonlardan birining qonunchiligiga muvofiq, javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi, afv etish yoki amnistiya munosabati bilan jinoiy taʼqib yoxud jazodan ozod etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) qidirilayotgan shaxsga nisbatan ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlgan jinoyati uchun soʻralayotgan Tomonda yakuniy sud hukmi chiqarilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Rad qilish uchun ixtiyoriy asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq uning yurisdiksiyasiga oid boʻlib, qidirilayotgan shaxsga nisbatan ushbu jinoyat uchun jinoyat ishi olib borilayotgan boʻlsa yoki jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyati uchun qidirilayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Tomon jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish yoki uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) soʻralayotgan Tomon, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va soʻrayotgan Tomon manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, shaxsning yoshi, sogʻligʻi yoki boshqa shaxsiy holatiga koʻra ushlab berish insonparvarlik nuqtai nazaridan muvofiq emas deb topsa; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushlab berish uchun soʻrov soʻrayotgan Tomon tarafidan sirtdan chiqarilgan sud hukmiga muvofiq qilingan boʻlsa hamda ushbu Tomon qidirilayotgan shaxs ushlab berilganidan keyin uning ishtirokida ishni qayta koʻrish imkoniyatini kafolatlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Oʻlim jazosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat uchun soʻrayotgan Tomon qonunchiligida oʻlim jazosi belgilangan boʻlib, soʻralayotgan Tomon qonunchiligida bunday jazo nazarda tutilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon ushlab berishni rad qilishi mumkin, basharti soʻrayotgan Tomon oʻlim jazosi tayinlangan taqdirda, uning ijro etilmasligini kafolatlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Soʻralayotgan Tomonning jinoyat ishini qoʻzgʻatish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushlab berish mazkur Bitimning 4-moddasi (d) kichik bandi, 5-moddasi (s) kichik bandi va 6-moddasida belgilangan asoslarga koʻra rad etilgan taqdirda, soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonning soʻrovi asosida mazkur shaxsga nisbatan oʻz qonunchiligiga muvofiq tegishli chora koʻrish uchun jinoyat ishini oʻz vakolatli idoralariga yuboradi. Ushbu maqsadda, soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonga jinoyat ishiga doir hujjatlar va dalillarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan Tomon oʻz soʻrovining natijalari haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Soʻrov va zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yozma ravishda tuzilib, quyidagilarni oʻz ichiga olishi yoki ular bilan birga taqdim qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yoshi, jinsi, fuqaroligi, faoliyat turi, yashash yoki turar joyi va uning shaxsini aniqlashda yordam beruvchi har qanday boshqa maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning koʻrinishi tavsifi va agar mavjud boʻlsa, uning fotosurati va barmoq izlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jinoyat ishining nomi, sodir etilgan jinoyat holatlari bayoni, shu jumladan, qilmishning sodir etilgan vaqti, joyi va oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, moddiy zarar miqdori, basharti u ushbu harakat natijasida yetkazilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) jinoiy qilmish va u uchun tayinlanadigan jazoni hamda javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarini belgilovchi qonunchilikning tegishli qoidalari matni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga qoʻshimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida yuborilgan ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻroviga qamoqqa olish toʻgʻrisidagi orderning nusxasi ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hukmni ijro etish maqsadida yuborilgan ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻroviga yakuniy sud hukmi nusxasi, qamoqqa olish toʻgʻrisidagi orderning nusxasi hamda oʻtalishi lozim boʻlgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻrsatilgan maʼlumot ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar imzolangan yoki muhr bilan tasdiqlangan holda soʻralayotgan Tomon tili yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Qoʻshimcha maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda keltirilgan maʼlumot mazkur Bitimning talablarini bajarish uchun yetarli emas deb hisoblasa, ushbu Tomon qoʻshimcha maʼlumotning 30 kun ichida taqdim etilishini talab qilishi mumkin. Uzrli sabablar mavjud boʻlganda, mazkur muddat soʻrayotgan Tomonning oʻrnatilgan tartibdagi soʻroviga binoan oʻn besh (15) kunga uzaytirilishi mumkin. Soʻrayotgan Tomon koʻrsatilgan muddatda qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilmagan taqdirda, soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov bekor qilingan deb hisoblaydi. Biroq soʻrayotgan Tomon ayni shu jinoyat uchun ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov yuborish huquqidan mahrum boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan boʻlsa hamda taqdim etilgan qoʻshimcha maʼlumot mazkur Bitimga muvofiq yetarli boʻlmasa yoki ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan muddatda qabul qilinmagan boʻlsa, bunday shaxs koʻmakdan ozod qilinishi mumkin. Ushbu shaxsning ozod qilinishi soʻrayotgan Tomonni uni ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov yuborishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandiga asosan shaxsning ozod etilishi haqida soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dastlabki qamoq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shoshilinch holatlarda, soʻrayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni soʻralayotgan Tomonga yuborishdan oldin qidirilayotgan shaxsga nisbatan dastlabki qamoq chorasini qoʻllash yuzasidan iltimos qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma yozma shaklda diplomatik kanallar, Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (INTERPOL) yoki Tomonlarning markaziy organlari tarafidan kelishilgan boshqa kanallar orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastlabki qamoq chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Bitimning 8-moddasi 1-bandi (e) kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar, mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi haqida bayonot hamda ushlab berish toʻgʻrisidagi rasmiy soʻrov taqdim etilishi toʻgʻrisidagi bayonotni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan Tomon bunday iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari haqida soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar qidirilayotgan shaxs qamoqqa olingan kundan eʼtiboran qirq (40) kun ichida soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi ushlab berish toʻgʻrisidagi rasmiy soʻrovni olmasa, dastlabki qamoq chorasi bekor qilinadi. Soʻrayotgan Tomonning iltimosnomasiga koʻra ushbu muddat yigirma (20) kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq dastlabki qamoq chorasining bekor qilinishi qidirilayotgan shaxsni ushlab berishga toʻsqinlik qilmaydi, basharti soʻralayotgan Tomon rasmiy soʻrovni keyinchalik qabul qilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha milliy qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va oʻz qarori haqida soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni toʻliq yoki qisman rad qilsa, soʻrayotgan Tomon rad qilish sabablari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ushlab berishni tezlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qidirilayotgan shaxs ochiqdan-ochiq va oʻz ixtiyoriga koʻra soʻrayotgan Tomonga ushlab berilishiga rozilik bersa, soʻralayotgan Tomon ushlab berishni tezlashtirish uchun oʻz milliy qonunchiligida ruxsat berilgan barcha choralarni koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon ushlab berishni qanoatlantirgan taqdirda, Tomonlar qidirilayotgan shaxsni topshirish joyi, vaqti va u bilan bogʻliq boshqa holatlarni kelishib oladilar. Shu bilan birga, soʻralayotgan Tomon ushlab berilayotgan shaxs topshirilguniga qadar qamoqda saqlangan muddat toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrayotgan Tomon ushlab berilayotgan shaxsni bunday topshirish uchun belgilangan sanadan eʼtiboran oʻttiz (30) kun ichida qabul qilib olmasa, soʻralayotgan Tomon mazkur shaxsni darhol ozod qiladi hamda soʻrayotgan Tomonning ayni shu jinoyat uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi yangi soʻrovini rad qilishi mumkin, basharti mazkur moddaning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar bir Tomon oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra, ushlab berilayotgan shaxsni kelishilgan muddatda topshirish yoki qabul qilish imkoniga ega boʻlmasa, boshqa Tomon bu haqida darhol xabardor qilinishi lozim. Tomonlar qidirilayotgan shaxsni topshirish boʻyicha tegishli masalalarni yana bir bor kelishib oladilar va shundan soʻng mazkur moddaning 2-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Kechiktirilgan yoki shartli topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar qidirilayotgan shaxs soʻralayotgan Tomonda ushlab berilishiga sabab boʻlayotgan qilmishdan boshqa jinoyati uchun javobgarlikka tortilayotgan boʻlsa yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon, ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng, topshirishni jinoiy ish yurituvi yoki jazoni oʻtash tugaguniga qadar kechiktirishi mumkin. Soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni topshirish kechiktirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan topshirishni kechiktirish ushlab berish soʻralgan jinoyat uchun soʻrayotgan Tomonda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlsa yoki tergovga toʻsqinlik qilsa, soʻralayotgan Tomon oʻz qonunchiligi doirasida qidirilayotgan shaxsni Tomonlar oʻrtasida kelishilgan shartlarga muvofiq soʻrayotgan Tomonga vaqtincha topshirishi mumkin. Soʻrayotgan Tomon mazkur shaxsni tegishli ish yurituvi yakunlanganidan soʻng, darhol soʻralayotgan Tomonga qaytarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Mol-mulkni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxsni ushlab berish qanoatlantirilsa, soʻralayotgan Tomon hududida topilgan va jinoyat natijasida egallangan yoki ashyoviy dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan barcha mol-mulk soʻrayotgan Tomon iltimosiga koʻra, soʻralayotgan Tomon qonunchiligi yoʻl qoʻygan darajada va uchinchi tomonlar huquqlarini inobatga olgan holda unga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar qayd qilingan mol-mulk soʻralayotgan Tomonda olib qoʻyilishi yoki musodara qilinishi lozim boʻlsa, soʻralayotgan Tomon bunday mol-mulkni oʻzida qoldirishi yoki vaqtinchalik soʻrayotgan Tomonga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Topshirilgan har qanday mol-mulk, basharti soʻralayotgan Tomon qonunchiligi yoki uchinchi shaxslar huquqlari buni talab qilsa, soʻralayotgan Tomonga uning iltimosiga koʻra bepul qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalariga muvofiq ushlab berilgan shaxs buning uchun asos boʻlgan jinoyatidan boshqa u ushlab berilguniga qadar sodir etgan har qanday jinoyati uchun, soʻrayotgan Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki jazolanishi, shuningdek, uchinchi davlatga ushlab berilishi mumkin emas, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻralayotgan Tomon oldindan rozilik bergan boʻlsa. Bunday rozilik berish uchun soʻralayotgan Tomon Bitimning 8-moddasida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlarni, shuningdek, ushlab berilgan shaxsning tegishli jinoyat boʻyicha bayonoti taqdim qilinishini talab qilishi mumkin. Soʻrayotgan Tomonda jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etishda rozilik mazkur Bitim qoidalariga muvofiq ushlab berishni nazarda tutadigan jinoyat uchun berilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu shaxs toʻliq ozod qilinganidan soʻng, qirq besh (45) kun ichida soʻrayotgan Tomon hududini tark etmagan boʻlsa. Ushbu muddatga shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra soʻrayotgan Tomon hududini tark eta olmagan vaqt kirmaydi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mazkur shaxs soʻrayotgan Tomon hududini tark etganidan soʻng, ixtiyoriy ravishda unga qaytib kelgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning biriga uchinchi davlatdan boshqa Tomon hududi orqali shaxs ushlab berilayotgan boʻlsa, birinchi Tomon ikkinchi Tomonga bunday tranzit olib oʻtishga ruxsat berish yuzasidan iltimos qilishi lozim. Havo transporti orqali ikkinchi Tomon hududiga qoʻnmasdan oʻtish holatlarida bunday ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon, basharti soʻrayotgan Tomonning tranzit oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi oʻz qonunchiligiga zid boʻlmasa, uni qanoatlantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit olib oʻtish haqidagi iltimosnoma oʻzida quyidagi maʼlumotlarni aks ettirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushlab berilayotgan shaxs toʻgʻrisida, shu jumladan, uning fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qamoqqa olish toʻgʻrisida order yoki yakuniy sud hukmi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) jinoyat haqidagi holatlarni oʻz ichiga olgan bayonot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qilmishning jinoiyligi va uning jazosi bilan bogʻliq qonunchilikning qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Natijalar haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonga ushlab berilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan hukmni ijro etishga doir yoki ushbu shaxsning uchinchi davlatga ushlab berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eng koʻpi bilan olti oy muddat ichida taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ushlab berish haqidagi bir xil soʻrovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir Tomon boshqa Tomondan va uchinchi davlatdan aynan bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni olsa, soʻralayotgan Tomon barcha holatlarni, xususan, jinoyat yoki jinoyatlarning ogʻirlik darajasi, jinoyatni sodir etish joyi, soʻrovlarning tegishli sanalari, jabrlanuvchi va ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning fuqaroligi va kelgusida boshqa davlatga ushlab berish mumkinligini inobatga olgan holda, shaxsni ushbu davlatlardan qaysi biriga ushlab berishni hal qiladi va oʻz qarori haqida soʻrayotgan davlatlarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ushlab berish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan Tomon hududida ushlab berish bilan bogʻliq protseduralardan yuzaga keladigan xarajatlar ushbu Tomon tarafidan qoplanadi. Ushlab berilayotgan shaxsni topshirish yoki qabul qilish bilan bogʻliq transport va tranzit xarajatlari soʻrayotgan Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Bitimning boshqa xalqaro shartnomalar bilan munosabati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday nizo, basharti Tomonlarning markaziy organlari u boʻyicha yechimga erishmasalar, diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Kuchga kirishi, oʻzgartirish va denonsatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim ratifikatsiya qilinishi lozim. Har bir Tomon boshqa Tomonni diplomatik nota orqali mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun oʻz qonunchiligiga muvofiq barcha zaruriy choralar koʻrilganligi haqida xabardor qiladi. Mazkur Bitim oxirgi diplomatik nota olingan sanadan soʻng oʻttizinchi kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning yozma kelishuviga muvofiq mazkur Bitimga istalgan vaqtda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradi va mazkur Bitimning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali mazkur Bitimni denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya bunday xabarnoma berilgan sanadan bir yuz sakson kun oʻtgach, kuchga kiradi. Bitimning denonsatsiya qilinishi denonsatsiyaga qadar boshlangan ushlab berish bilan bogʻliq protsessual harakatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim kuchga kirganidan soʻng, taqdim etilgan barcha soʻrovlar uchun, garchi tegishli jinoyatlar Bitim kuchga kirguniga qadar sodir etilgan boʻlsa ham, amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab, 1994-yil 23-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasida fuqarolik, savdo va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi Shartnomaning ushlab berishga oid qismi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda oʻz Hukumatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 30-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzo)