Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2020 28.09.2017 yildagi 688-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xizmatini koʻrsatish boʻyicha yangi tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Namangan viloyati hokimining 2019-yil 24-maydagi 387-sonli “Viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xizmatini koʻrsatish boʻyicha yangi tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli va “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017-yil 18-iyuldagi YOT/15-04-34-11/115-1466-sonli koʻsatmasi hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2017-yil 19-avgustdagi 01-07/116-sonli xatlarini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6 va 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyatida qattiq maishiy chiiqndilarni tashib chiqarish boʻyicha sanitar-tozalov xizmatini cheklangan tariflari aholi uchun bir kishiga bir oyga 2 000 (ikki ming) soʻm hamda yuridik isteʼmolchilarga 30 000 (oʻttiz ming) soʻm etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (T. Yusupov) va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi (Z. Ikramov)ga yuqorida belgilangan tariflarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Namangan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (M. Apaqov), viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi (F. Ibragimov)larga shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hududidagi uy-joy va xonadonlarda roʻyxatda turib haqiqatda yashamayotgan yoki roʻyxatdan oʻtmasdan yashayotgan shaxslarga hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar roʻyxatiga aniqlik kiritib, ular soniga mutanosib ravishda shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan berilgan maʼlumotnomalari asosida toʻlovlar undirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-oktabrdan boshlab, bir oy muddatda xizmat koʻrsatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi jismoniy shaxslarni qayta xatlovdan oʻtkazish va abonentlar bazasini shakllantirish, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan kelishilgan holda aholi xonadonlaridan qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish boʻyicha “Signal” tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Statistika boshqarmasining viloyatda faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi asosida shahar va tumanlar kesimida ularning roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi tashishi transportlarini harakatlanishi boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan transportlarning harakatlanishi ustidan “onlayn” rejimi asosida masofaviy nazorat (GPS) tizimini joriy etish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror “namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Sulaymonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi X. BOZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan v.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
688-son