01.01.1997 yildagi 3.01.09-97-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish meʼyorlari va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari hamda inshootlarni ishlatishga qabul qilish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoidalar kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolarini hamda inshootlarni (kelgusida obyektlar deb ataluvchi) ishlatishga qabul qilishning umumiy tartibini Oʻrnatadi hamda davlat boshqaruvi va nazorati mahkamalari, buyurtmachilar, mablagʻ ajratuvchilar, quruvchilar, korxonalar, tashkilotlar, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar qurilishga jamgʻarma ajratish jarayoni qatnashchilari foydalanishlari uchun mOʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY HOLATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarni buyurtmachi, investor yoki quruvchi (kelgusida buyurtmachi deb ataluvchi) tomonidan qabul uchun davlat hayʼatiga kOʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Agar kapital taʼmirlash loyihasi obyektni kengaytirish, qayta qurish va zamonaviylashtirish unsurlari koʻzda tutilgan boʻlsa, u holda ishlatishga qabulda hayʼatga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiat qoʻmitasi bilan kelishilgan atrof muhitga taʼsirini baholash materiallari topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Taʼmirlangan obyektlarni davlat hayʼatiga koʻrsatish oldindan topshiruv va qabulni buyurtmachi tayinlagan ishchi hayʼat amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar loyiha binoning ayrim unsurlarini(tom yopmasi, fasad, tashqi kommunikatsiyalar, muhandisiy uskunalarning ayrim turlari, tashqiy obodonlashtirish) taʼmirlash koʻzda tutilgan boʻlsa, ularning ishga qabulini buyurtmachi tayinlagan hayʼatlar amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Kapital taʼmirlanish tugallangan obyektlarning ishga qabuli loyiha-smeta hujjatlarida tasdiqlangan barcha taʼmir qurish ishlari bajarilganidan, hamda ishchi hayʼat oshkor qilgan barcha nuqsonlar va chala ishlar bartaraf qilinganidan soʻnggina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Boshqa xizmatli qoʻshilgan (moslangan) xonalarga ega boʻlgan obyektlarni, taʼmirlash qurilish ishlari, jumladan qoʻshilgan (moslangan) xonalar boʻyicha, agar shartnomada boshqa hol koʻzda tutilgan bOʻlmasa, tugallangandan keyingina qabulga toshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan (moslangan) xonalarda joylashgan obyektlarning ishga qabulini tegishli hayʼat tomonidan alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Obyektning qabul vaqti sifatida davlat qabul hayʼatining dalolatnomasi imzolangan muddat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv mahkamalari ushbu qoidalarni takomillashtira borib, mahalliy sharoitlarga bogʻliq ravishda oʻz qarorlari bilan ishchi va davlat hayʼatlari tarkibini hamda shu hayʼatlarga kOʻrsatiluvchi hujjatlar roʻyxatini aniqlashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BUYURTMACHINING, LOYIHA, TAʼMIR-QURILISH TASHKILOTLARINING, ISHCHI VA DAVLAT HAYʼATLARINING MASʼULIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Buyurtmachilar kapital taʼmiri tugallangan obyektlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va ishga topshirishga masʼuldirlar, mutaxassislashgan tashkilotlar tomonidan, hayʼat ishlatishga qabul tayyorgarligini boshlaguncha, ishga tushirish sozlash ishlarini oʻtkazishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Loyiha tashkilotlari kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarning taʼmirlanishi va ishga qabuli jarayonida yuzaga keluvchi loyihalash bilan bogʻlangan barcha masalalarni yechishga masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati haqidagi mavjud qoidalarga mos tarzda masʼuliyatlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Pudratchi qurilish tashkilotlari loyihada tasdiqlangan va mavjud meʼyoriy hujjatlarga mos shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda taʼmirlash-qurilish ishlarini sifatli bajarishga, shuningdek, ishlarni bajarishda ekologik xavfsiz usullarga rioya qilishga hamda davlat (ishchi) qabul hayʼati oshkor qilgan nuqsonlarni va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilishga masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Ushbu qoidalarni buzgan holda obyektlarni ishlatishga qabulga majbur qiluvchi hayʼat aʼzolari va shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining mavjud qonunchiligiga mos tarzda maʼmuriy va boshqa javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. ISHCHI HAYʼATLAR, ULARNING HUQUQLARI, VAZIFALARI VA ISHLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ishchi hayʼatlar buyurtmachining qarori (buyrugʻi) asosida tuziladi. Ishchi hayʼatlarning ish tartibi va davomati bosh pudratchi bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ishchi hayʼatlar tarkibiga buyurtmachining vakillari (hayʼat raisi), bosh pudratchining, subpudratchi tashkilotlarning, muallifiy nazoratni amalga oshiruvchi loyiha tashkilotining, davlat sanitariya, ekologiya va yongʻin nazorati mahkamalarining, mahalla qoʻmitasining vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilishga mutaxassislashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriluvchi liftlarni, issiqlik-, energiya, gaz taʼminoti va sh.oʻ. ishlatishga qabul qilishda ishchi hayʼatlar tarkibiga qoʻshimcha ravishda shu tashkilotlar vakillari ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Ishchi hayʼatlar bosh pudratchining obyektning topshirishga tayyorligi haqidagi yozma xabarini olingandan soʻng koʻpi bilan besh kun ichida tuzilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Ishchi hayʼatlari obyektlarni ishlatishga davlat qabuli hayʼatiga taqdimigacha quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlarining tarkibi va toʻliqligini, bajarilgan taʼmir-qurish ishlari sifatining loyiha-smeta hujjatlariga, standartlarga, ishlarni bajarish meʼyorlari va qoidalariga mosligini tekshirishi va uni baholashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning ishlatishga tayyorligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni davlat qabul hayʼatiga taqdim qilish haqida qaror qabul qilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Ishchi hayʼatlari zarur boʻlgan xollarda, bajarilgan yashirin ishlarni nazorat qilish uchun ayrim konstruksiya yoki ularning tugunlarini ochish, shuningdek, ayrim konstruksiyalarni va muhandisiy uskunalar tizimini (suvoʻtkazgichlar, kanalizatsiya, isitish va sh.oʻ.) sinashni tayinlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Konstruksiyalarni va (yoki) ularning tugunlarini ochish va keyin tuzatib qoʻyish, konstruksiyalar va tizimlarning ishchi hayʼatlar koʻzda tutgan sinovlari bOʻyicha ishlar, lozim boʻlganda, subpudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda, bosh pudratchi tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Ishchi hayʼatning oʻtkazgan tekshiruvlari asosida obyektning kapital taʼmiri tugallanganligi haqida davlat qabul hayʼatiga taqdim qilish uchun 1-ilovada keltirilgan shaklda dalolatnoma tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Bosh pudratchi ishchi hayʼatlarga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash-qurish ishlarini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlarning, ular bajargan ishlarining turlarini, hamda bularning bajarilishiga masʼul muhandis-texnik xodimlarning familiyalarini koʻrsatgan holda, roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabulga taqdim qilinayotgan obyektning loyiha tashkiloti ishlab chiqqan kapital taʼmiriga oid loyiha-smeta hujjatlari majmuasi, amalda bajarilgan ishlarning hujjatlarida koʻrsatilganlarga yoki taʼmirlash-qurish ishlarini bajarishga masʼul shaxslar tomonidan unga kiritilgan oʻzgarishlarga mosligi haqidagi yozuvlar bilan birga (koʻrsatilgan hujjatlar ijroiya hujjatlari hisoblanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahodatnomalar, texnikaviy pasportlar yoki taʼmirlash-qurish ishlarini bajarishda qoʻllanilgan materiallarning va qismlarning sifatini kafolatlovchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ishlarni shahodatlovchi dalolatnomalar hamda ayrim masʼul konstruksiyalarning (qayta qurilgan yoki kuchaytirilgan koʻtaruvchi devorlarning, gʻisht ravoqlar va gumbazlarning metall yoki temirbeton koʻtaruvchi konstruksiyalarning va b.) oraliq qabuli dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti, isitish, shuningdek, shamollatish va zovur qurilmalari ichki tarmoqlarining sinovlari dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining sinovlari dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefonlashtirish, radiolashtirish, televideniye, xabarlagich, avtomatlashtirish qurilmalarining sinash dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash va yongʻin xavfsizligini, yashindan himoya qurilmalarining sinash dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tosh binolarning qaytadan qurilgan koʻtaruvchi devorlari (yoki ularning qismlarining) taxlamidagi tutinish mustahkamligini sinashlarning dalolatnomalari, ishlarni olib borish va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati qayd daftari, taʼmirlash jarayonida davlat nazorati mahkamalari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tekshirishlar materiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu bandda sanalgan sinash dalolatnomalari, koʻrsatilgan tegishli tizimlarning (tuzilmalar, qurilmalar, tarmoqlar va hakozo) taʼmiri yoki sinovlari loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan hollargina taqdim qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Band 3.8. da sanalgan barcha hujjatlar ishchi hayʼatining ishi tugallangandan soʻng buyurtmachiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyekt qismi yoki navbatini 1.3. bandga (2-abzats) mos tarzda ishlatishga qabulida ishchi hayʼatini shakllantirish va ishlashi tartibi ushbu qoidalarning 4.2, 4.4, 4.5 (3 — 5 abzatslar), 4.7, 4.9, 4.11 va 4.13-bandlari talablariga oʻxshashdir. Qabul 3-ilovada keltirilgan shaklda tuziladigan hamda ishchi hayʼat oshkor qilgan barcha nuqsonlar va chala joylar tuzatilganidan keyingina tasdiqlanuvchi dalolatnomalar tarzida rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Obyektning 1.3-bandga (2-abzats) mos tarzda ayrim unsurlarini ishlatishga yoki tashqi obodonlashtirish va fasadlarini taʼmiri boʻyicha ishlarning qabulini amalga oshiruvchi hayʼat qabulini 3-ilovada keltirilgan shaklda dalolatnomalarini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Obyektning qismlarining, navbatlarining va unsurlarining qabuli boʻyicha ishchi hayʼat dalolatnomalari hamda bu hayʼatlarga beriladigan boshqa hujjatlar buyurtmachida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. Obyektlarning kapital taʼmirlanishi bajarilgani haqidagi hisobotga, obyektning ishlatishga qabuli haqidagi dalolatnomalari ishchi hayʼat tomonidan imzolangan hamda ushbu qoidalar talablariga mos tarzda tasdiqlangan qismlari, navbatlari va unsurlarigina kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DAVLAT QABULI HAYʼATLARI, ULARNING HUQUQLARI, VAZIFALARI VA ISHLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarning ishga qabul qilinishi, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv ijroiya tashkilotlari tomonidan tayinlangan davlat qabul hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Davlat qabul hayʼati tarkibiga buyurtmachilar ishlatish tashkiloti, bosh pudratchi, kichik pudratchi tashkilotlarining, mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyiha tashkilotining, davlat sanitariya, ekologiya, davshahtex va yongʻin nazoratlari mahkamalarining, mahalla qoʻmitasining vakillari kiritilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarni ishga qabuli davlat qabul hayʼatlarining raisi vazifasiga mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv ijroiya tashkilotining yoki ishlatish tashkilotining rahbar xodimlaridan birini tayinlash tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Obyektning tiynati va murakkabligiga qarab, davlat qabul hayʼati barvaqt, lekin kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektni ishga topshirilishi tayinlangan muddatdan kamida oʻn kun oldin tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qabul hayʼati doimiy aʼzolarini, odatga koʻra, uni tayinlagan tashkilot tomonidan hayʼat ishi boshlanguncha, jalb qilingan tashkilotlar vakillari esa, tegishli tashkilotlar rahbariyati buyrugʻi bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Buyurtmachi davlat qabul hayʼatiga 3.8-bandda sanalgan, shuningdek, yana quyidagilarni toshirishi shartdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi hayʼatlar dalolatnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi hayʼatlar oshkor qilgan nuqsonlar va chala ishlarni bartaraf qilinganligi haqidagi maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy texnikaviy inventarlash tashkilotining ishlatishga qabul qilinayotgan obyektning qayta rejalash yoki qayta qurish bilan bogʻliq kapital taʼmirlashni bajarish oldindan umumiy va yashash sathi haqidagi maʼlumotnomasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan taʼmirlash obyektini loyihalashda ishtirok qilgan loyiha tashkilotlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar ishlatish tashkilotlarining sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, aloqa, issiqlik, gaz va elektr taʼminoti tashqi kommunikatsiyalari obyektni meʼyoriy ishlashini taʼminlashlari hamda taʼmirlashdan soʻng, uni xizmat koʻrsatish uchun qabul qilganliklari haqida maʼlumotnoma (tegishli kommunikatsiyalarni taʼmirlash loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan holdagina maʼlumotnomalar beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nazoratining vakillari davlat qabul hayʼatiga kirmagan tegishli mahkamalari nazoratidagi obyektlarni va uskunalarni ishlatishga ruxsat berilganligi haqidagi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Obyektni ishlatishga qabul qilinganidan soʻng 4.5 bandda sanalgan hujjatlar buyurtmachida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Davlat qabul hayʼatlari quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi hayʼatlar tomonidan oshkor qilingan kamchiliklarining bartaraf qilinganligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning ishlatish uchun qabulga tayyorligini tekshirishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Davlat qabul hayʼatlari, lozim boʻlganda, 3.5-bandda koʻrsatilgan qoʻshimcha tarzda sinash va tekshirishni tayin qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Agar davlat qabul hayʼati fikriga koʻra, obyekt ishlatishga qabul qilinishi mumkin emas, deb hisoblansa, u holda hayʼat oʻzini tayinlagan tashkilotga asoslangan xulosani, buyurtmachi va bosh pudratchiga esa, nusxalarini topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hollarda davlat qabul hayʼati loyihalashda va taʼmirlash-qurish ishlarini sifatsiz bajargan buyurtmachi, pudratchi va obyektni loyihalashni va taʼmirlashni bajargan boshqa huquqiy shaxslarni mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli materiallarni yuqori tashkilotlarga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarning ishlatishga qabulini davlat qabul hayʼatlari majburiy 4-ilovada keltirilgan shaklda tuzilgan dalolatnoma tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Obyektlarni ishlatishga qabuli haqidagi dalolatnomalar rais va barcha aʼzolar tomonidan imzolanishi lozim. Ayrim hayʼat aʼzolarining eʼtirozlari, hayʼat aʼzolari vakili boʻlgan tashkilotlar ishtirokida, qabul haqidagi dalolatnoma tasdiqlanguncha, qaralishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.12. Obyektni ishlatishga qabuli haqidagi dalolatnomani davlat qabul hayʼati raisi shu hayʼatni tayinlagan tashkilotga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni pudrat usulida bajarilgan holda koʻrsatilgan dalolatnoma kamida besh nusxada tuziladi, ular ikkitasi davlat hayʼatini tayinlagan tashkilotga, ikkitasi buyurtmachiga va bir nusxasi bosh pudratchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.13. Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarni ishlatishga qabuli haqidagi dalolatnomalarning, hayʼat ayrim aʼzolarining eʼtirozlarini qarash natijalari boʻyicha qarorlar qabulining qaralishi hamda dalolatnomaning tasdiqlanishi ushbu hayʼatni tayinlagan tashkilot tomonidan, dalolatnomalarga imzolar qoʻyilganidan keyin koʻpi bilan yetti kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.14. Obyektlarning kapital taʼmirlanishi bajarilganligi haqidagi hisobotga ishlatishga qabul haqidagi dalolatnomalari hayʼatni tayinlagan tashkilot tomonidan tasdiqlangan obyektlargina kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KAPITAL-QURISH ISHLARI SIFATINI BAHOLASH.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektlarning qabuli jarayonida hayʼatlar tomonidan taʼmirlash-qurish ishlari sifatiga quyidagi baholar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qanoatlanurli”, agarda qurilish-taʼmirlash ishlari sifati qurilish ishlarini bajarishga tuzilgan shartnoma (kontrakt) shartlarini, loyihaviy yechimlarni, meʼyoriy va qonunchilik aktlari talablarini, tegishli huquqiy xususiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlarni meʼyoriy qanoatlantirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qanoatlanursiz”, agarda qurilish-taʼmirlash ishlari sifati yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni qanoatlantirmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
(tavsiya qilinadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishchi hayʼatning kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektni davlat qabul hayʼatiga topshirishga tayyorligi haqida

DALOLATNOMASI

______________ sh.

“____” _______________200__ y

“____” _____________ 200___ y. qarori (buyrugʻi) bilan tayinlangan ishchi hayʼat

_________________________________________________________________________________________

(ishchi hayʼatni tayinlangan buyurtmachi-tashkilot nomi)

Ushbu tarkibda:

Rais — buyurtmachi vakili

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Hayʼat aʼzolari — vakillar:

Bosh pudratchi

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

kichik pudratchi tashkilotlar

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

loyiha tashkiloti

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

ishlatuvchi tashkilot

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat sanitariya nazorati tashkilotlari

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat ekologiya nazorati tashkilotlari

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat yongʻin nazorati tashkilotlari

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mahalla qoʻmitasi

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mutaxassislashgan ishlatuvchi tashkilotlar (korxonalar)

________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

“Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy hamda jamoat binolari va inshootlari ishlatishga qabuli qoidalari”ga rioya qilgan holda quyidagilarni ANIQLADI:

1. Bosh pudratchi ___________________________________________________________________________

(kichik pudratchilar nomi ham koʻrsatilsin)

________________________________________________________________________ tomonidan kapital

taʼmirlanishi tugallangan obyektni _________________________________________________________

(obyekt nomi va joylashgan manzili)

ishlatishga qabulini tavsiya qildi.

2. Kapital taʼmirlash ishlari bosh pudratchi tomonidan ________________________________________

(bajarilgan ish nomlari koʻrsatilsin)

va uning kichik pudratchi tashkilotlari _______________________________________________________

(tashkilotlar nomlari, ularning egalari koʻrsatilsin)

_________________________________________________________________________________________

quyidagi ishlarni bajardi _________________________________________________________________

(bajarilgan ishlar nomlari koʻrsatilsin)

3. Kapital taʼmirlashga loyihaviy-smeta hujjatlari ishlab chiqildi ____________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyiha tashkiloti va uning egasi koʻrsatilsin)

va tasdiqlandi ____________________________________________________________________________

(loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlagan mahkama nomi koʻrsatilsin)

_________________________________________________________________________________________

“____” _____________ 200___ y

4. Taʼmirlash-qurish ishlari ushbu muddatlarda amalga oshirildi:

ishlarning boshlanishi _______________________ ishlarning tugallanishi _______________________

5. Ishchi hayʼatga, ushbu dalolatnomaga ilova № ___________da sanab oʻtilgan, kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari va inshootlarni ishlatishga qabuli qoidalarida koʻzda tutilgan hajmda hujjatlar topshirildi.

6. Taqdim qilingan obyekt quyidagi kOʻrsatkichlarga ega:

_________________________________________________________________________________________

(umumiy maydonini yoki loyihada va rejada koʻzda tutilgan boshqa koʻrsatkichlar keltirilsin)

_________________________________________________________________________________________

7. Taqdim qilingan obyekt boʻyicha meʼmoriy qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi:

_________________________________________________________________________________________

(qisqacha rejalash, qavatlar, asosiy materiallar va konstruksiyalar boʻyicha texnik

_________________________________________________________________________________________

tavsifnomalar, kapital taʼmirlash oldindan va undan keyin — muhandisiy uskunalar

_________________________________________________________________________________________

boʻyicha taʼmirlashni bajarayotganda konstruksiyalarni almashtirish qayta

_________________________________________________________________________________________

rejalash, muxandisiy obodonlashtirish saviyasini koʻtarish)

8. Mavjud nuqsonlar va chala qoldirilgan ishlar ushbu dalolatnomaga № ________ ilovada koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf qilinishlari lozim .

9. Tasdiqlangan loyihasida hujjatlar boʻyicha kapital taʼmirlanishi smeta bahosi ________________

_________________________________________________________________________________________

(amalda bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha aniqlashtirilgan smeta boʻyicha

_________________________________________________________________________________________

smetaviy baho koʻrsatilsin)

ming soʻm., jumladan qurilish-yigʻuv ishlari _____________________ ming soʻm

10. Taqdim qilingan obyektni aslida koʻzdan oʻtkazish va tegishli hujjatlar bilan tanishish natijasida taʼmirlash-qurilish ishlarining sifati bahosi aniqlanadi.

_________________________________________________________________________________________

(qanoatlanurli, qanoatlanursiz)

Ishchi hayʼatning qarori

Obyekt __________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi va joylashgan manzili)

Bosh pudratchidan qabul qilingan va davlat qabul hayʼatiga taqdim qilishga tayyor, deb hisoblansin.

Dalolatnomaga ilova:

1. _______________________________________________________________________________________

2. _______________________________________________________________________________________

3. _______________________________________________________________________________________

4. _______________________________________________________________________________________

va hokazo.

Ishchi hayʼat raisi

___________________________________

(imzo, familiya, i.sh.)

Hayʼat aʼzolari

___________________________________

(imzolar, familiya, i.sh.)

Topshirdilar

Qabul qildilar

Bosh pudratchi va kichik pudratchi

tashkilotlar vakillari

Buyurtmachi vakillari

_____________________

_____________________

(imzolar, familiya, i.sh.)

(imzolar, familiya, i.sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
(tavsiya qilinadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN:

____________________________________________________

(sana, dalolatnomani tasdiqlovchi shaxsning

____________________________________________________

familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Obyektning kapital taʼmirlanishi tugallangan qismi (navbati)ni ishchi Hayʼat tomonidan ishlatishga qabuli haqida

DALOLATNOMA

_____________ sh.

“____” _______________ 200__ y

“____” _____________ 200___ y. qarori (buyrugʻi) bilan tayinlangan ishchi hayʼat

_________________________________________________________________________________________

(ishchi hayʼatini tayinlangan buyurtmachi-tashkilot nomi)

Ushbu tarkibda:

Rais — buyurtmachi vakili

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Hayʼat aʼzolari — vakillar:

Bosh pudratchi

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

kichik pudratchi tashkilotlar

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

loyiha tashkiloti

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

ishlatuvchi tashkilot

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat sanitariya nazorati tashkilotlari

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat ekologiya nazorati tashkilotlari

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat yongʻin nazorati tashkilotlari

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mahalla qoʻmitasi

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mutaxassislashgan ishlatuvchi tashkilotlar (korxonalari)

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

“Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy hamda jamoat binolari va inshootlari ishlatishga qabuli qoidalari”ga rioya qilgan holda quyidagilarni ANIQLADI:

1. Bosh pudratchi ___________________________________________________________________________

(nomi va mahkamaviy oidlik koʻrsatilsin)

kapital taʼmiri tugallangan obyektni ishlatishga qabul uchun taqdim qildi _______________________

_________________________________________________________________________________________

(bir qismi (navbati) ishlatishga topshirilayotgan obyektini nomi va uning manzili)

2. Kapital taʼmirlash ishlari bosh pudratchi tomonidan ________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(bajarilgan ishlar nomi koʻrsatilsin)

hamda kichik pudratchi tashkilotlar __________________________________________________________

(tashkilotlar nomlari, ularning oidligi koʻrsatilsin)

_________________________________________________________________________________________

quyidagilarni bajardilar _________________________________________________________________

(ish turlari koʻrsatilsin)

3. Kapital taʼmirlashga loyihaviy-smeta hujjatlari ishlab chiqildi ____________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyiha tashkiloti va u oid tashkilot)

va tasdiqlandi ____________________________________________________________________________

(butun obyektga yaxlit tarzda loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlagan

_________________________________________________________________________________________

mahkamaning nomi koʻrsatilsin).

“____” _____________ 200___ y

4. Taʼmirlash-qurish ishlari ushbu muddatlarda amalga oshirildi:

ishlarning boshlanishi ______________________ ishlarning tugallanishi ________________________

Kapital taʼmirlash davomati (oylar yoki kunlar) meʼyor yoki loyiha boʻyicha __________________________________________, amalda ________________________________________

5. Ishchi hayʼatga, ushbu dalolatnomaga ilova № _____________da sanab oʻtilgan, “Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari va inshootlarini ishlatishga qabuli qoidalari”da koʻzda tutilgan hajmda hujjatlar topshirildi.

6. Qabulga taqdim qilingan, kapital taʼmirlanishi tugallangan obyekt ___________________________

_________________________________________________________________________________________

(obyektning ishlatishga topshirilayotgan qismi yoki navbati nomi)

quyidagi koʻrsatkichlarga ega: _______________________________________________________________

(umumiy maydonini yoki loyihada va rejada

_________________________________________________________________________________________

koʻzda tutilgan boshqa koʻrsatkichlar keltirilsin)

7. Kapital taʼmiri tugallangan, ishlatishga qabulga taqdim qilingan

_________________________________________________________________________________________

(obyektning ishlatishga topshirilayotgan qismi yoki navbati nomi)

boʻyicha meʼmoriy, qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi:

________________________________________________________________________________________

(qisqacha rejalash, qavatlar, asosiy materiallar va konstruksiyalar boʻyicha texnik

_________________________________________________________________________________________

tavsifnomalar, kapital taʼmirlash oldindan va undan keyin muhandisiy uskunalar

_________________________________________________________________________________________

boʻyicha taʼmirlashni bajarayotganda konstruksiyalarni almashtirish qayta rejalash,

_________________________________________________________________________________________

muhandisiy obodonlashtirish saviyasini koʻtarish)

8. Sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiyaning, issiqlik taʼminotining, gaz taʼminotining, energiya taʼminotining tashqi kommunikatsiyalari topshirilayotgan meʼyoriy ishlashini taʼminlaydi.

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ishlatishga topshirilayotgan obyekt qismi yoki navbatining nomi)

Ularni ishlatish shahar tashkilotlari (muassasalari) tomonidan ruxsat qilingan. Shahar ishlatish tashkilotlarining ruxsatnomalari roʻyxati ushbu dalolatnomaga № _______ ilovada keltirilgan.

9. Loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan ishlar boʻyicha chala ishlar va nuqsonlar bartaraf qilingan.

10. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha kapital taʼmirlanishi smeta bahosi: jami ________________________________________ ming soʻm.

jumladan qurilish-yigʻuv ishlari _____________________________ ming soʻm.

11. Kapital taʼmiri tugallanib ishlatish uchun qabulga taqdim qilingan

_________________________________________________________________________________________

(ishlatishga taqdim qilinayotgan obyektning qismi yoki navbati nomi)

butunlayin koʻzdan oʻtkazish va tegishli hujjatlar bilan tanishish asosida taʼmirlash-qurilish ishlarining sifati bahosi aniqlanadi.

_________________________________________________________________________________________

(qanoatlanurli, qanoatlanursiz)

Ishchi hayʼatining qarori

Kapital taʼmirdan soʻng qabulga taqdim qilingan

_________________________________________________________________________________________

(ishlatishga topshirilayotgan obyektning qismi yoki nomi va uning manzili)

_________________________________________________________________ ishlatishga qabul qilinsin.

Dalolatnomaga ilova:

1. _______________________________________________________________________________________

2. _______________________________________________________________________________________

3. _______________________________________________________________________________________

4. _______________________________________________________________________________________

va hokazo.

Ishchi hayʼat raisi

_______________________________

(imzo, familiya, i.sh.)

Hayʼat aʼzolari

_______________________________

(imzolar, familiya, i.sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
(tavsiya qilinadigan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishchi hayʼatning kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektni unsurlarini ishlatishga qabuli haqida

DALOLATNOMASI

______________ sh.

“____” _______________ 200__ y.

“____” _____________ 200__ y. qarori (buyrugʻi) bilan

_________________________________________________________________________________________

(ishchi hayʼatni tayinlangan buyurtmachi-tashkilotning nomi)

tomonidan tayinlangan ushbu tarkibdagi ishchi hayʼat:

Rais — buyurtmachi vakili

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Hayʼat aʼzolari — vakillar:

pudratchi tashkilotniki

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mutaxassislashgan tashkilotniki

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

ishlatuvchi tashkilotniki

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mahalla qoʻmitasiniki

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mutaxassislashgan ishlatuvchi tashkilotlar (korxonalar)niki

_____________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

“Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy hamda jamoat binolari va inshootlari ishlatishga qabuli qoidalari”ga amal qilgan quyidagilarni ANIQLADI:

1. Kapital taʼmirlashdan soʻng qabulga _______________________________________________________

(obyekt unsurlari nomi va uning manzili)

__________________________________________________________________________ taqdim qilindi.

2. Kapital taʼmirlashni ___________________________________________________________________

___________________________________________________________________________ amalda oshirdi.

(tashkilotlar nomlari, koʻrsatilsin)

3. Kapital taʼmirlash loyihaviy-smeta hujjatlarini _________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyiha tashkiloti va uning egasi koʻrsatilsin)

tomonidan tayyorlandi va ___________________________________________________________________

(loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlagan tashkilot nomi koʻrsatilsin)

tomonidan “____” _____________ 200___ y. tasdiqlandi.

4. Taʼmirlash-qurish ishlari ushbu muddatlarda amalga oshirildi:

ishlarning boshlanishi ____________________________________________,

ishlarning tugallanishi ___________________________________________

Kapital taʼmirlash davomati (oylar yoki kunlar) meʼyor yoki loyiha boʻyicha _______________________________________, amalda __________________________________________

5. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bOʻyicha kapital taʼmirlashning smetaviy bahosi: jami __________________________________________ ming soʻm.

jumladan qurilish-yigʻuv ishlari __________________________________ ming soʻm.

6. Kapital taʼmiri tugallanib ishlatish uchun qabulga taqdim qilingan ___________________________

______________________________________________________________________ yaxlit koʻzdan oʻtkazish

(obyekt unsurlari nomi)

va tegishli hujjatlar bilan tanishish asosida taʼmirlash-qurish ishlarining sifati bahosi aniqlanadi.

_________________________________________________________________________________________

(qanoatlanurli, qanoatlanursiz)

Ishchi hayʼatning qarori

Kapital taʼmirdan soʻng qabulga taqdim qilingan

_________________________________________________________________________________________

(obyektning unsurlari nomlari va uning manzili)

_________________________________________________________________________________________

ishlatishga qabul qilinsin.

Dalolatnomaga ilova:

1. _______________________________________________________________________________________

2. _______________________________________________________________________________________

3. _______________________________________________________________________________________

4. _______________________________________________________________________________________

va hokazo.

Ishchi hayʼat raisi

___________________________________

(imzo, familiya, i.sh.)

Hayʼat aʼzolari

___________________________________

(imzolar, familiya, i.sh.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
(majburiy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN:

___________________________________________________

(qaror № va sanasi, qarorga imzo qoʻygan

___________________________________________________

shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Davlat qabul hayʼatining kapital taʼmirlanishi

tugallangan obyektni ishlatishga qabuli boʻyicha

DALOLATNOMASI

“____” ___________ 200___ y.

___________________________________________

(obyektning manzili)

“____” ___________ 200___ y. qarori bilan _________________________________

_________________________________________________________________________________________

(hayʼati tayinlagan tashkilot nomi)

tomonidan tayinlangan Davlat qabul hayʼati:

ushbu tarkibda:

Rais

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

Hayʼat aʼzolari — vakillar:

buyurtmachiniki

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

bosh pudratchiniki

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

kichik pudratchi tashkilotlardan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

loyiha tashkilotidan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

ishlatuvchi tashkilotdan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat sanitariya nazorati tashkilotlaridan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat ekologiya nazorati tashkilotlaridan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat shahar texnika nazorati tashkilotlaridan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

davlat yongʻin nazorati tashkilotlaridan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mahalla qoʻmitasidan

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

mutaxassislashgan ishlatuvchi tashkilotlardan (korxonalardan)

_______________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi)

“Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy hamda jamoat binolari va inshootlari ishlatishga qabuli qoidalari”ga rioya qilgan holda quyidagilarni ANIQLADI:

1. Buyurtmachi _____________________________________________________________________________

(nomi va egasi koʻrsatilsin)

tomonidan ishlatishga qabul uchun taʼmirlanishi tugallangan obyekt

_________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________ taqdim qilingan.

(obyektning nomi va manzili)

2. Kapital taʼmirlash bosh pudratchi _________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(nomi va uning egasi koʻrsatilsin)

tomonidan _______________________________________________________________________________

(ish turlari koʻrsatilsin)

hamda kichik pudratchi tashkilotlar tomonidan ________________________________________________

(barcha tashkilotlar nomlari,

_______________________________________________________________________________ bajarilgan

(ularning egalari hamda har bir tashkilot bajargan ish turlar koʻrsatilsin)

3. Kapital taʼmirlash loyiha-smeta hujjatlari ______________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyiha tashkiloti nomi va uning egasi nomi koʻrsatilsin)

tomonidan ishlab chiqildi va _______________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlagan mahkama nomi koʻrsatilsin)

tomonidan tasdiqlandi.

“____” _____________ 200__ y.

4. Taʼmirlash-qurish ishlari quyidagi muddatlarda amalga oshirildi:

ishlarning boshlanishi ____________________________________________________________________,

ishlarning tugallanishi ___________________________________________________________________

Kapital taʼmirlash (oy yoki kun) davom etdi:

meʼyor yoki loyiha boʻyicha ___________________________________________________________________

amalda ___________________________________________________________________________________

5. Davlat qabul hayʼatiga, ushbu dalolatnomaga №1 ilovada sanab oʻtilgan, “Kapital taʼmirlanishi tugallangan turar joy hamda jamoat binolari va inshootlarini ishlatishga qabul qoidalari” da koʻzda tutilgan hajmda hujjatlar taqdim etilgan.

6. Ishlatishga qabul uchun taqdim qilingan kapital taʼmirlanishi tugallangan obyekt quyidagi koʻrsatkichlarga ega:

_________________________________________________________________________________________

(umumiy maydoni yoki loyihada va rejada koʻzda tutilgan

_________________________________________________________________________________________

boshqa koʻrsatkichlar keltirilsin)

7. Taqdim qilinayotgan obyekt boʻyicha meʼmoriy-qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar boʻyicha tavsiflanadi:

_________________________________________________________________________________________

(qisqacha rejalar, qavatlar, asosiy materiallar va konstruksiyalar boʻyicha texnik

_________________________________________________________________________________________

tavsifnomalar, kapital taʼmirlash oldidan va undan keyin — muhandisiy

_________________________________________________________________________________________

uskunalar boʻyicha — taʼmirlashni bajarayotganda konstruksiyalarni almashtirish,

_________________________________________________________________________________________

qayta rejalash, muhandisiy obodonlashtirish saviyasini koʻtarish).

8. Sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiyaning, issiqlik taʼminotining, gaz taʼminotining, energiya taʼminotining tashqi kommunikatsiyalari binoning meʼyoriy ishlatilishini taʼminlaydilar, hamda shahar ishlatish tashkilotlari tomonidan qabul qilingan. Shahar ishlatish tashkilotlarining maʼlumotnomalari roʻyxati ushbu dalolatnomaning №2 ilovasida keltirilgan.

9. Ishchi hayʼat oshkor qilgan, loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan ishlar bOʻyicha chala joylar va nuqsonlar bartaraf qilingan.

10. Tashqi obodonlashtirish va fasadlarni taʼmirlash boʻyicha ishlarni quyidagi muddatlarda bajarishga ruxsat beriladi:

Ishlarning nomi

Sathi

Smeta bahosi

Ijrochi

Bajarish muddati

11. Kapital taʼmirlashning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlar boʻyicha smeta bahosi: jami ______________________________________ ming soʻm.

jumladan qurilish-yigʻuv ishlari __________________________ ming soʻm.

Jumladan ishchi hayʼatlar qabul dalolatnomalari boʻyicha oldin toʻlangani _______________________________________________ ming soʻm.

12. Kapital taʼmiri tugallanib ishlatish uchun qabulga taqdim qilingan obyekt yaxlit koʻzdan Oʻtkazish va tegishli hujjatlar bilan tanishish asosida taʼmirlash-qurilish ishlarining sifati bahosi aniqlanadi

_________________________________________________________________________________________

(qanoatlanurli, qanoatlanursiz)

Davlat qabul hayʼati qarori

Qabulga taqdim qilingan kapital taʼmirlanishi tugallangan obyektni

_________________________________________________________________________________________

(obyektning nomi va manzili)

____________________________________________ ishlatishga qabul qilinsin.

Bosh pudratchi ikki yillik muddat ichida (qurilish ishlarini bajarish shartnomasida boshqa shart koʻrsatilgan boʻlmasa), loyiha-smeta hujjatlariga mos tarzda bajarilgan taʼmirlash-qurilish ishlari sifatini kafolatlaydi hamda oʻzi taʼmirlagan obyektda ishlatish jarayonida oshkor boʻlgan, uning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni bartaraf qiladi.

Dalolatnomaga ilovalar:

1. Davlat qabul hayʼatiga taqdim qilingan hujjatlar roʻyxati.

2. Shahar ishlatish tashkilotlarining (korxonalarning) maʼlumotnomalari roʻyxati.

Davlat hayʼat raisi

________________________________

(imzo, familiya, i.sh.)

Davlat hayʼati aʼzolari

________________________________

(imzolar, familiya, i.sh.)