23.07.2019 yildagi PQ-4400-son
ONLINE TRANSLATE
bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi to‘g‘risida har oy Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)

T/r

Qaror bandlari

Ijro muddati
va amalga oshirish mexanizmlari

Nazorat uchun mas’ullar

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni, moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qil�shni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik ko‘magi jalb etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

2.

2. Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

mas’ul vazirlik va idoralarning Milliy strategiya ijrosining borishi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan hamkorligini ta’minlash, zarur bo‘lganda, belgilangan tadbirlarning bajarilishiga oid tezkor choralarni ko‘rish;

Milliy strategiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ushbu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

3.

3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (J.A. Qo‘chqorov):

bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi to‘g‘risida har oy Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kirit�in;

2020-yil 1-yanvarga qadar “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

4.

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2020-yil 1-yanvarga qadar sohaga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar ko‘magida aholining moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ommaboplik darajasini xolisona baholash maqsadida tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazsin;

moliyaviy ommaboplikni takomillashtirish uchun Moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirsin.


2020-yil 1-yanvarga qadar



doimiy ravishda


moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

5.

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin, unga muvofiq:

mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mgacha, mikrokredit miqdori — 300 million so‘mgacha va mikrolizing miqdori — 600 million so‘mgacha oshiriladi;

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqar�iriladi;

mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi;

aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtirish huquqi taqdim etiladi;

xorijiy mikrokredit tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

2019-yil 25-sentabrga qadar


qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish


qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

6.

6. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:

a) mikrokredit tashkilotlariga:

banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda ko‘rsatish va agentlik bitimining mavjudligi to‘g‘risida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashishga;

makroprudensial nazorat doirasida belgilangan normalarga rioya qilinishini ta’minlaydigan hajmlarda kreditlarni (qarzlarni) jalb qilishga va korporativ obligatsiyalarni chiqarishga;

mikrokredit tashkilotlari boshqaruvining oliy organlari qarori bilan chakana xizmatlar, shu jumladan naqdsiz shaklda ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar markazlarini ular ochilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilgan holda ochishga ruxsat beriladi;

b) banklar va boshqa kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, ma’lumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni ta’minlash sharti bilan onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega.

2019-yil 25-sentabrga qadar


qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

7.

7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar taqiqlanadi:

jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta’minotiga ko‘chmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;

ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.

2019-yil 25-sentabrga qadar

qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish


qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

8.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2019-yil 1-sentabrga qadar mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa xonalarining texnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, xalqaro tajriba va mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirsin;

2019-yil 1-oktabrga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) bo‘yicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruxsat etiladigan ko‘rsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yukining, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari bo‘yicha o‘sishini cheklab turishga oid me’yorlarni tasdiqlasin;

2019-yil 1-noyabrga qadar kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit ma’lumotlarini majburiy olish, faoliyatning xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlashni nazarda tutuvchi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin;

2019-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmini joriy etsin.


2019-yil
1-sentabr

2019-yil
1-oktabr


2019-yil
1-noyabr


2019-yil
1-dekabr

M. Nurmuratov
P. Bobojonov

J. Qo‘chqorov

9.

9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabrga qadar:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” DUK ma’lumotlar bazasini Adliya vazirligi va Ichki ish�ar vazirligining ma’lumotlar bazasi bilan mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha garovga qabul qilingan ko‘char mulkka taqiq qo‘yish, yechish va maqomini tekshirishga oid kredit tashkilotlarining foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutuvchi integratsiyasini ta’minlasin;

qonunchilikka mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish va kredit tashkilotlari tomonidan garov reyestrining ma’lumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bir vaqtda ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining ma’lumotlar bazalarida aks ettirish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 1-dekabrga qadar


ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish bilan bog‘liq barcha texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhini tuzish

M. Nurmuratov
Sh. Sodiqov
R. Davletov
P. Bobojonov

A. Aripov

10.

10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 1-noyabrga qadar mazkur qaror bilan belgi�angan normalar ta’sirining tahlili, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ekspert xulosalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash;

mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va ularning iste’molchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibi.

2019-yil
1-noyabrga qadar

M. Nurmuratov
R. Davletov
S. Umurzoqov
T. Ishmetov
A. Nazirov
XMI/XHMT

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi Mikromoliyaviy institutlar milliy assotsiatsiyasi mazkur sohadagi boshqa nodavlat tashkilotlar

A.Aripov

11.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

2019-yil 25-sentabrga adar

mazkur band talablarini hisobga olgan holda Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish

M. Nurmuratov

J. Qo‘chqorov

12.

13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda:

Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

2019-yil 25-sentabrga qadar

M. Nurmuratov
T. Ishmetov

G. Saidova
J. Qo‘chqorov

13.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Mazkur qaror ijrosining borishini har oy ko‘rib chiqish

M. Nurmuratov

A. Aripov
J. Qo‘chqorov