Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
qarori
Avtomobil yoʻlida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli yoʻl belgisini oʻrnatishga ruxsat berish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 270-modda) 169-sonli qaroriga asosan, avtomobil yoʻlida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Bogʻot tumani IIBning 2019-yil 7-fevralda tuman hokimligida XO-4-607-son bilan roʻyxatga olingan 10/-1697-sonli xatini koʻrib chiqib, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan Bogʻot tumanidan kesib oʻtuvchi 4R156 “Urganch — Hazorasp” avtomobil yoʻlining 27 kilometridan 40 kilometrigacha boʻlgan oraligʻiga soatiga 50 kilometr 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgisini oʻrnatish maqsadida, qaror qilaman:
1. Bogʻot tumani IIBning 2019-yil 7-fevralda tuman hokimligida XO-4-607-son bilan roʻyxatga olingan 10/-243-sonli xati qanoatlantirilsin.
2. Bogʻot tumanidan kesib oʻtuvchi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan 4R156 “Urganch — Hazorasp” avtomobil yoʻlining 27 kilometridan 40 kilometrigacha oraligʻiga soatiga 50 kilometr 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgisini oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Ushbu qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Matyaqubov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. XOLBOYEV
Bogʻot t.,
2019-yil 9-mart,
1095k-son