19.07.2019 yildagi 606-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash (keyingi oʻrinlarda maqsadli doktorantura deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli doktorantura — bir oliy taʼlim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilot — oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga ehtiyoji mavjud boʻlgan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi, shuningdek, vazirlik, idora yoki tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo maqsadli doktorantura — Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan boshqa mamlakatning oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi uchun kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idora ichidagi maqsadli doktorantura — oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa tomonidan oʻzi idoraviy mansub vazirlik yoki idora tasarrufidagi boshqa tashkilot, oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa uchun kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo maqsadli doktorantura — oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar uchun kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo hamda davlatlararo shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doktorantlarni idora ichida va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi va buyurtmachi tashkilot hamda doktorant oʻrtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlatlararo maqsadli doktorantura xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idora ichida va idoralararo maqsadli doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi hamda taʼtil beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maqsadli doktoranturaga qabul qilingan doktorant dissertatsiya ishini himoya qilib, davlat namunasidagi tegishli diplomni olganda yoxud uning dissertatsiya ishi doktorantura davrida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganda doktorantura muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maqsadli doktorantura mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maqsadli doktorantura faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi. Bunda, bir oʻringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi tashkilot tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega professor-oʻqituvchilari mavjud hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega boʻlgan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga maʼlum bir ixtisoslik boʻyicha maqsadli doktoranturaga kvota ajratish yuzasidan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatga buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli ixtisoslik boʻyicha maqsadli doktoranturani amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligi toʻgʻrisida buyurtmachi tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda yozma javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1-mayga qadar oʻzlari tizimiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasarrufida oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 15-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar, amaldagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi, taʼlim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan, bir nafar ilmiy rahbar hamda bir nafar ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjet mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotasi boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar boʻyicha qabul kvotasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 1-iyundan kechikmasdan tegishli ravishda tasarrufida oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tegishli ixtisoslik boʻyicha tasdiqlangan qabul kvotasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasarrufida boʻlgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga har yili 15-iyunga qadar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maqsadli doktoranturaga oʻqish uchun talabgorlardan hujjatlar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi qabul komissiyasi tomonidan har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda buyurtmachi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish va hisobot materiallarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi asosida ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantlarni doktoranturadan chetlatish va bu haqda buyurtmachi tashkilotga xabar berish. Mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli doktoranturaga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlgan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlarning malakaviy imtihonlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorant bilan ilmiy rahbar yoki konsultant oʻrtasida ilmiy izlanishlar boʻyicha jiddiy kelishmovchiliklar yuz berganda doktorantning ilmiy rahbarini yoki konsultantini almashtirish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. Bunda mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili doktorantning shaxsiy rejasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotini tinglash va hisobot natijalari boʻyicha xulosa tayyorlash hamda uning bir nusxasini buyurtmachiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya ishini oʻz muddatida himoya qila olmagan doktorantlar bilan mehnat munosabatlarini ular bilan kelishgan holda belgilangan tartibda hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi tashkilot maqsadli doktoranturaga yuborilayotgan nomzodlarning tegishli ixtisoslik boʻyicha tavsiya etilishini, bunda, bir oʻringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar boʻlishini taʼminlash majburiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan shaxs uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotda kamida uch yil ishlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ishi himoya qilinmaganda mehnat munosabatlari buyurtmachi tashkilot tomonidan doktorant bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maqsadli doktoranturaga kirish imtihonlarini tashkil etish, nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar, oʻqish muddati, doktoranturadan chetlatish, ilmiy rahbar va konsultantlarni tayinlash, chetlatish, hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tayanch doktorantura va doktoranturaga qoʻyilgan talablar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablariga rioya qilmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli doktoranturani amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1-bosqich

Buyurtmachi

tashkilot

1. Tegishli mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilotga maqsadli doktoranturaga kvota ajratish yuzasidan xat yuborish.

2. Xatga buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanomalarni ilova qilish.

Har yili
10-aprelga qadar

2-bosqich

Manfaatdor taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot

Tegishli ixtisoslik boʻyicha ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, maqsadli doktoranturani amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligi toʻgʻrisida buyurtmachi tashkilotga yozma javob yuborish.

Har yili
25-aprelga qadar

Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot

Tasarrufiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish boʻyicha murojaat qilish.

Har yili
1-mayga
qadar

3-bosqich

Tasarrufida taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot mavjud boʻlgan vazirlik, idora
va tashkilotlar

Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagilar boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qilish:

oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar;

amaldagi oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarining samaradorligi;

taʼlim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari;

bitta ilmiy rahbar hamda bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotasi.

Har yili
15-mayga

qadar

4-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Vazirlik, idora
va tashkilotlar

1. Doktorantura qabul kvotasini tasdiqlash hamda tegishli ravishda tasarrufida taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborish.

2. Tegishli ixtisoslik boʻyicha tasdiqlangan qabul kvotasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasarrufida boʻlgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yetkazish.

Har yili
1-iyunga
qadar

Har yili

15-iyunga

qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi qabul komissiyasi

Maqsadli doktoranturaga oʻqish uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish.

Har yili
15-sentabrdan 15-oktabrgacha

6-bosqich

Taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilot

Maqsadli doktoranturaga kirish imtihonlarini tashkil etish, nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar, oʻqish muddati, doktoranturadan chetlatish, ilmiy rahbar va konsultantlarni tayinlash, chetlatish,hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot taqdim etish.

Byelgilangan muddatlarda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno) oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlariga oʻqishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarga OTM yoki ITIning kollegial organi xulosasi asosida beshtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 14-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OTM va ITM vazirlik va idora tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj boʻlgan yoʻnalishlariga izlanuvchining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. Toʻlov-kontrakt summasi OTM va ITM tegishli boʻysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha eʼlon qilinadigan buyrugʻi bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant boʻlgan taqdirda) belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2019-y., 09/19/606/3457-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)