19.07.2019 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajriba joriy etilishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida eng yangi metodikalarni moslashtirish va ulardan samarali foydalanish, sog‘lom va har tomonlama kamol topgan bolani voyaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublikada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’limni tashkil etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish sohasida innovatsion usullar va samarali pedagogik amaliyotlarni o‘rganish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga jalb etish va joriy etish bo‘yicha ishlarni doimiy asosda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganishlar va eksperimentlar yakunlari bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida ijobiy amaliy yutuqlarni mamlakatning boshqa mintaqalariga yoyishni — maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini, yangilangan o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishni, ilg‘or pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etishni, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun takomillashtirilgan o‘quv-metodik, didaktik materiallarni nashr etishga tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi kompleks loyihani (keyingi o‘rinlarda kompleks loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahrida quyidagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti negizida kompleks loyihani amalda ro‘yobga chiqarish uchun doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kompleks loyihani amalga oshirish doirasida doimiy bazaviy eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish yo‘li bilan respublikada maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxona fondini shakllantirish va maktabgacha ta’limning mavzuli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan, shuningdek, maktabgacha ta’limning xorijiy modellariga moslashtirish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bilan muntazam ravishda to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida nazariy ishlanmalarni va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun tajriba-eksperimental baza sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish orqali respublika maktabgacha ta’lim tizimining yosh istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlari malakasini oshirishni tashkil etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilg‘or xorijiy metodikalarini keng qo‘llash asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirish, maxsus treninglar va mavzuli seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va metodistlarini faol jalb etgan holda ta’lim berish va tajriba almashishni tizimli asosda tashkil etish va amalga oshirish uchun tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga idoraviy mansub muassasalar hisoblanadi;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilanadi.
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tuzilmasiga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida amalga oshiriladigan, qonunchilikda taqiqlanmagan qo‘shimcha pulli ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ustavlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Ish yurituvchi

O‘quv-tarbiyaviy qism:

Tibbiyot qismi:

Xo‘jalik qismi:

direktor o‘rinbosari — 1 birlik

Vrach-diyetolog — 0,5 birlik

Xo‘jalik qismi
mudiri — 1 birlik

Tarbiyachi — 6 birlik

Hamshira — 1 birlik

Qorovul — 3 birlik

Tarbiyachining
yordamchisi — 5 birlik

Kir yuvuvchi — 1,25 birlik

Defektolog — 1 birlik


Chet tili
o‘qituvchisi — 0,5 birlik

Farrosh — 1 birlik


Jismoniy tarbiya bo‘yicha
instruktor — 0,5 birlik

Psixolog — 1 birlik

Bog‘bon — 0,5 birlik

Musiqa xodimi — 1 birlik

Hovli tozaligiga
qarovchi xodim — 1 birlik

Oshpaz — 2 birlik

Xoreograf — 0,5 birlik

Tasviriy san’at
o‘qituvchisi — 0,5 birlik

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 30,25 birlik.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Ish yurituvchi

O‘quv-tarbiyaviy qism:

Hamshira — 1 birlik

Xo‘jalik qismi:

direktor o‘rinbosari — 1 birlik

Xo‘jalik qismi mudiri — 1 birlik

Defektolog — 1,75 birlik

Tarbiyachi
(shu jumladan,
bolalarni maktabga
tayyorlash bo‘yicha
guruhlar
tarbiyachilari) — 10,5 birlik

Qorovul — 3 birlik

Psixolog — 1,75 birlik

Kir yuvuvchi — 1,5 birlik


Tarbiyachining
yordamchisi — 8 birlik

Farrosh — 2 birlik

Bolalar bog‘chasi markazi:


Chet tili
o‘qituvchisi — 1,25 birlik

Bog‘bon — 1 birlik

Rahbar — 1 birlik


Jismoniy tarbiya
bo‘yicha
instruktor — 1,25 birlik

Hovli tozaligiga qarovchi xodim — 1 birlik

IT bo‘yicha
mutaxassis — 2 birlik


Musiqa
xodimi — 1,75 birlik

Xoreograf — 1,25 birlik

Oshpaz — 2 birlik

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 46,00 birlik.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2019-y., 09/19/605/3456-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)